Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Xulosa………………………………………………………………………....56-58



Download 138,5 Kb.
bet2/16
Sana30.12.2021
Hajmi138,5 Kb.
#192717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Imom al – buxoriy saboqlari” jurnali sahifalarida o’zbekiston tarixi masalalarining yoritilishi

Xulosa………………………………………………………………………....56-58

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………59-63

Ilova

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida milliy o’zligimizni chuqur anglash barobarida ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy merosdan milliy va umuminsoniy qadriyatlardan chinakamiga bahramand bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldik. Shubhasiz, bunday ma’naviy birdamlik eng avvalo mustaqillik tufayli ommmaviy axbarot vositalariga nisbatan jamiyatda yangicha munosabatning vujudga kelganligi bilan bog’liq. Bugungi yosh avlodni yurtga sodiq farzand qilib tarbiyalashda ota-bobolar xotirasiga hurmat ruhida ulg’aytirishda vatan tarixining o’rni beqiyosdir. Mustaqillikning ilk davridan boshlab O’zbekiston tarixini o’rganish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi va haqqoniy tarixni birlamchi manbalar asosida yaratish, uni xolisona tadqiq etish, bahs va munozaralar asosida tarixiy haqiqatni tiklash vazifasi qo’yildi. Shu o’rinda xalqimizning ma’naviy merosini xolis, teran va izchil yoritishda targ’ibot-u tashvqot qilishda O’zbekistonda chop etilayotgan yetakchi jurnallar alohida jonbozlik ko’rsatayotganligini alohida ta’kidlab o’tishimiz joizdir. Jumladan “O’zbekiston tarixi”, “O’zbekiston arxeologiyasi”, “Moziydan sado”,“Sharq yulduzi”, “Fan va turmush”, “Muloqot”, “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Imom al- Buxoriy saboqlari” va bosha jurnallarda mamlakatimiz tarixi va an’analarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asos bo’lgan boy ma’naviy merosimizni o’rganishda, tahlil qilishda va uni xalq ommasiga yetkazishda juda katta ahamiyat kasb etadi.O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan erkinlashtirish va demokratlashtirish g’oyalarini ilgari surar ekan xalq an’ana va qadryatlarni ma’naviyatni mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali tizmni shakillantirish vazifasiga alohida e’tibor berib: “Bu tizim markazida ma’naviyat, odob-axloq, ma’rifat kabi o’lmas qadryatlar turmog’i kerak. Mana shu uch buyuk qadryatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e’zozlab kelgan” degan fikrni aytib o’tadi1. Istiqlol sharofati bilan diniy qadryatlarimiz qayta tiklandi. Imom al-Buxoriyning o’lmas merosi elyurti bag’riga qaytdi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligini nishonlash to`g`risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o`rganish va targ`ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubileytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.

Imom al-Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni Karim va Imom al-Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Imom al-Buxoriy nomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.

Biz o’rganayotgan jurnalda O’zbekiston tarixiga oid yuzga yaqin maqolalar joy olgan bo’lib ularda vatanimiz tarixining turli davrlari va turli mavzulardagi dolzarb va bugungi kunda kam o’rganilgan jihatlari yoritib o’tilgan. Bundan tashqari jurnalda Sharqshunoslik qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan asarlarni tarjima qilinib jurnal sonlarida berib boriladi. Ushbu maqolalarni umumlashtirish va ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi.


Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish