Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy va harbiy masalalarining yoritilishiga bag’ishlangan maqolalar tahlili



Download 138,5 Kb.
bet8/16
Sana30.12.2021
Hajmi138,5 Kb.
#192717
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Imom al – buxoriy saboqlari” jurnali sahifalarida o’zbekiston tarixi masalalarining yoritilishi

2.2. Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy va harbiy masalalarining yoritilishiga bag’ishlangan maqolalar tahlili

Buxoro qadimdan savdo-sotiq, hunarmandchilik markazi bo’lgan. Buxoro o’z tarixida XIII asrda Mo’g’ullar tomonidan, XV asrda esa Shayboniylar tomonidan istilo qilinadi. XIX asrda esa Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilindi. Bularning barchasi Buxoroning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jihatdan taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chor Rossiyasi o’z hududini sharqqa tomon kengaytirish jarayonini XIX asrning ikkinchi yarmida ham keng miqiyosida olib boradi. Jumladan, 1847-1885-yillar oralig’ida bo’lgan davrda mustaqil davlat bo’lib kelgan Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo’qon xonligi, Turkmanlar mustaqilligi tugatiladi va Chor Rossiyasi tarkibiga qo’shib olinadi.

Bosib olingan hududlarda o’z nazoratini o’rnatish vositalaridan biri sifatida Chor Rossiyasi diplomatik konsulliklar tuzishga katta e’tibor qaratadi. Jumladan bunday siyosiy agentlik Buxoroda ham tashkil etildi. Ushbu masala xususida jurnal sahifalarida O.Klichev tomonidan “Buxoro amirligida rus elchixonalarining qurilishitarixiga doir yozishmalar” nomli maqolasi chop etilgan. Muallif agentlikning Buxorodagi faoliyati haqida quyidagicha ma’lumot beradi. “Buxorodagi rus siyosiy agentligi o’z faoliyatini 1886-1891-yillarda amir tomonidan eski Buxoroda ajratilganuyda boshlagan. Amir tomonidan mazkur uy xarajatlari uchun yiliga 2200 rubl miqdorida mablag’ ajratib borilgan. Keyinchalik amirlik uchun Buxorodan 12 vers uzoqlikda joylashgan “Buxoro” temir yo’liga yaqin joyda maxsus bino qurilgan. Bu binoning qurilishi siyosiy agentlikning tashkil etilmasdan oldin chor mustamlaka vakillari tomonidan ko’rib chiqilgan edi”85.

Tadqiqotchi amirlik va chor Rossiyasi o’rtasidagi kelishuv haqida quyidagicha ma’lumot beriladi. “1873-yilda Buxoro amirligi va Chor Rossiyasi o’rtasida imzolangan shartnomaga binoan chor hukumati Buxoroda amir esa Toshkentda o’zining doimiy vakillik muassasasiga ega bo’lishni nazarda tutar edi. Unda har ikkala tomonning bu masalalarni o’z hisobidan ta’mirlab turishi ham belgilab o’tilgan edi. Chor Rossiyasi harbiy vazirining 1885-yilning 31-iyulida Turkiston general gubernatoriga yo’llagan maktubida Toshkentdagi elchilik uyini Buxorodagi Rus siyosiy agentlik binosini qurib, ishga tushgandan so’nggina Buxoro amirligi mulkiga aylantirishni ko’zda tutgan”.

Maqolada amirlikning doimiy vakillik organi haqida fikr bildirib, quydagilarni bayon qiladi. “Chor hukumati Toshkentdagi Romanov ko’chasida joylashgan eski stat ko’chasida uyi evaziga yangi Buxoroda amir mablag’i asosida yangi qurilgan elchixona binosiga ega bo’lishi kerak edi”. Bu binolarning bunyod qilinishi haqida maqolada shunday ma’lumot beriladi. “Siyosiy agentlik binosini qurish taklifi va bu yo’nalishdagi dastlabki harakatlar siyosiy agent N.V.Cherikovning nomi bilan bog’liq bo’lsa binoni to’liq qurib uni qabul qilishga oid masalalar esa siyosiy agent P.M. Lesserning faoliyati bilan bog’iq”86. Siyosiy agentlik uchun ajratilgan binoning bir qismining qurilishi 1891-yilning 10-sentabrida qurib bitkazilib, Buxorodagi rus siyosiy agentligi ixtiyoriga topshiriladi. Maqolada muallif siyosiy agent bilan amir o’rtasidagi munosabatlar haqida hamto’xtalib, “P.M. Lesser agentlik bilan amir hukumati o’rtasidagi diplomatik munosabatlarni yengillashtirish maqsadida agentlikda Buxoro amirining yaqin shaxslaridan birini vakil sifatida yuborishni taklif qiladi. Amir bu taklifni qabul qilib rus tartiblaridan xabardor va general-gubernator huzurida bir necha bor amirning elchisi sifatida tashrif buyurgan Rajab Ali Miroxurni o’zining siyosiy agentlikdagi ishonchli vakili etib tayinlaydi”.

Bundan tashqari amir chor hukumati bilan munosabatlarni yengillashtirish maqsadida amalga oshirgan harakati haqida quydagicha ma’lumot berilgan. “Buxoro amiri chor hukumati bilan olib borilgan munosabatlarni yengillashtirish maqsadida Toshkentda o’zining doimiy vakillik lavozimini ta’sis etgan. Bu lavozimga dastlab Mirza Salinbek miroxur tayinlangan. U bevosita amirning Toshkentdagi ishonchli vakili etib tayinlanadi va doimiy vakil sifatida olib borgan Mirza Salimbekning bu lavozimga tayinlanishi xususida 1884-yili 12-avgustda Turkiston general-gubernatori N.O. Rozenbax nomiga xat yo’llagan”.Muallif amirning Toshkentdagi elchilik uyi xususida quyidagicha ma’lumot beradi. “Buxoro amirining Toshkentdagi elchixonasi uchun ajratilgan bino eski va ta’mirtalab bo’lgan. Mazkur bino bir necha marotaba ta’mirlangan siyosiy agent va general-gubernator yozishmalarida elchilik uyini ta’mirlash uchun Sirdaryo viloyati gubernatori 1890-yilda 2972 rubl miqdorida mablag’ sarflagani qayd etilgan. 1892-yilga kelib, elchilik uyida ta’mirlash ishlari bir necha bor olib boriladi. Siyosiy agent Lesser o’zining K.A. Nestarovskiyga yo’llagan xatida bu elchilik uyini amir hukumatiga topshirish va bu uydan davlat g’aznasi uchun soliq olinmaslik alohida ta’kidlangan”87.

Maqolada Buxorodagi siyosiy agentlik uchun ajratilgan bino haqida Buxoro amirligi qushbegisining siyosiy agent nomiga yo’llagan maktubi haqida to’xtalib quydagilarni keltirib o’tadi. “Buxoro amirligi qushbegisi 1894-yilning 6-dekabr kuni yangi Buxoroda rus siyosiy agentligi uchun amir hukumati mablag’iga qurilgan bino va u joylashgan hududni Chor hukumatiga tegishli mulk sifatida ajratilgani xususida siyosiy agentlik nomiga xat yo’llab siyosiy agentlik joylashgan 7225 kv sarjin hajmidagi yer maydoninig chor hukumati ixtiyoriga berilishini qayd etgan”. Bundan tashqari muallif Toshkentdagi elchilik uyiga amirning munosabati haqida fikr bildirib “Amir hukumati Toshkentdagi elchilik hukumati uyini o’zining ixtiyoriga olmaslikni bir necha bor bildirgan. Bu uning amir hukumati uchun muhim emasligini va amirlik elchilik korpusi bir yilda bor yog’i bir necha bora elchilik uyushtirishini qayd etib amir buni o’z navbatida elchilik uyi uchun qo’shimcha xodimlar berkitish hamda ularning ta’minoti uchun mablag’ ajratish kerakligi bilan izohlab bu uyni qabul qilish haqidagi taklifni maqullamaslikni ta’kidlagan”.

Har bir davlat o’zining mavqeyini mustahkamlash ichki va tashqi dushmanlardan himoyalanish uchun qo’shinga tayangan. XIX asrga kelib O’rta Osiyo xonliklari barcha jabhalarda Yevropa davlatlaridan ortda qoladi. Shunday bo’lishiga qaramay hukumdorlar o’z davri uchun ma’lum darajada islohatlar yo’li bilan davlatni rivojlantirishga harakat qilgan. Bundan harbiy soha ham mustasno bo’lmagan. Mang’it amirlari harbiy sohada doimiy ravishda islohot o’tkazib borganlar. Bu haqida biz tahlil qilayotgan jurnal sahifalarida ham bir qancha maqolalar joy olgan.

Buxoro amirligida Mang’itlar sulolasi hokimiyatga kelgach, dastlabki yillarda amirlik o’zining muntazam qo’shiniga ega emas edi. “Amirlikda mavjud bo’lgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va uning ayonlarini qo’riqlash hamda shahar osoyishtaligini taminlashdan iborat edi. Amir Shohmurod hukumronligida qo’shin ikki qanotdan iborat bo’lgan. So’l qanotni mang’it, kenagas, keroit, do’rman, qo’ng’irot, qiyot, qirg’iz, xitoy, qipchoq, o’taji, turkman, arlot, qalmoq, uyg’ur, mo’ng’ur, qori, hofiz o’g’lonlaridan tuzilgan dastalar tashkil qilgan. Chap qanotda qatag’on, saroy, yabg’u, bahrin, jaloir, qang’li, yuz, ming, naymon, qarluq, berkut, qo’rchi, arg’un, og’lon, qalliq, fulodchi, qirq, olchin, mojar, chinboy, bedoyil, as, jibirg’in, qilgay, timoy, masid, tar, bolg’on, iloji, tugut va shogirdpesha guruhlaridan iborat bo’lgan”88. Sarbozlikka yangi qabul qilinayotgan har bir askar o’ziga mansub urug’-aymog’lardan qaysi biriga tegishli bo’lsa o’sha guruhga qabul qilingan ya’ni ular adashtirib yuborilmagan. Urug’larga qarab qo’shin tuzilishini bo’linishi Xiva va Qo’qon xonliklarida ham mavjud bo’lganligini ko’rishimiz mumkin XIX asr boshlariga qadar xonliklarda qo’shin tuzishda urug’-qabilachilik an’analari yetakchilik qilib kelgan.

Qo’shinda zobit va harbiy qo’shinlar sarkarda maqomiga ega bo’lib davlat xazinasidan maosh olganlar. Maoshning bir qismi pul bir qismi natura shaklida to’lab borilgan. Maqolada amirlikning harbiy unvon va mansablari haqida ham ma’lumot keltirilib shunday mansablardan biri Pansadboshi haqida quydagicha ma’lumot keltiriladi. “Panjsadboshi o’zining belgisiga-bayrog’iga ega bo’lgan Mingboshining yonida doimo bundan kattaroq bayroq bo’lar edi va bu “tug’” deb atalar edi”89. Bunday bayroqqa ming kishili guruh haqli bo’lib uning boshlig’i hurmatli sanalar ark darvzasidan otda o’tishga haqli boshqa zobitlar esa piyoda kirar edi”90.

Muallif amirlikda qo’shin qanday qismlardan tarkib topganligi va bu guruhlarning qanday vazifani bajarganligi haqida ma’lumotlar keltirib shunday guruhlardan biri g’ulomchilar haqida quyidagicha ma’lumot beradi. “G’ulomchilar. Buxoroda hukum surgan barcha sulolalar davrida mavjud bo’lib ularning asosiy vazifasi arkni qo’riqlashdan iborat bo’lgan. Amir Nasrullo davriga kelib dastlab 100 nafardan iborat “g’ulombachalar” guruhi tashkil etilgan. Ular sotib olingan qullardan tashkil topgani uchunushbu guruh “g’ulombachchalar” (ya’ni qullar) deb atalgan”.

Amirlik qo’shini tarkibida faoliyat yuritgan guruhlar haqida ma’lumotlar muallif tomonidan keltirilib shunday guruhlardan biri bo’lgan Elnavkarlar guruhi haqida quyidagicha ma’lumot beradi. “Elnavkarlar nizomiy guruhi buxoro amirligidagi 28 ta beklikning har birida mavjud bo’lib ularning asosiy vazifasi o’z bekligida tinchlikni saqlash choralarini ko’rishdan iborat bo’lgan. Elnavkarlar 1920-yilga qadar faoliyat ko’rsatgan”.

Amirlikda nisbatan keyinroq tashkil etilgan guruhlardan biri bu to’pchilar bo’linmasi bo’lib bu guruh amirlik qulaguniga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida ahvoli qanday bo’lganligi va amirlikdagi to’p va to’pchilarning soni haqida quyidagicha ma’lumot beriladi. “To’pchilar. Nasrullaxon hukumronligi davrida asos solingan Nasrullaxon davridan boshlab to 1920-yilga qadar to’pchilar soni to’plar soniga nisbatan qisqarib borgan amirlikdagi zambaraklar asosan Rossiya va Avg’oniston davlati hududi orqali olib kelingan ingliz va turk to’plaridan iborat bo’lgan”91. Buxoroda to’pchilar soni 100-250 nafardan iborat bo’lganligi haqida manbalarda ma’lumotlar uchraydi. “To’pchilar haftaning har shanba kunida harbiy dala mashqlari o’tashgan Buxoro bekligida bunday joy shaharning Samarqand darvozasi tashqarisidagi keng maydon hisoblanib bunday mashqlar “paxta-parron” mashqi chog’ida to’plar zararsizlantirilgan o’qlardan ya’ni ichida sochma porox o’rniga arpa qipig’i solinib foydalanishgan”92. To’pchilar xizmat o’tash joyiga qarab ham ma’lum bir guruhlarga ajratilgaligini muallif ishonchli dalillar orqali keltirib o’tib bu haqida maqolada quydagicha ma’lumot beradi. “To’pchilar xizmat vazifasini o’tash joyiga qarab guruhini 2 ta guruhga bo’lish mumkin

1)Qal’a to’pchilari;

2)Dala to’pchilariga bo’lingan.

Qal’a to’pchilariga asosan o’ta og’ir to’p egalariga nisbatan aytilgan.

Dala to’pchilari esa nisbatan yengil to’plar egalariga nisbatan aytilgan”. Amirlikda bu bo’linmalardan tashqari Shogirdpeshalar guruhi ham mavju bo’lib bu guruhning asosiy vazifasi haqida quyidagicha ma’lumot beriladi. Shogirdpeshalarning asosiy vazifasi garnizon va qo’rg’on ichidagi yumushlarni bajarishdan iborat bo’lgan. Harbiy bo’linmalardan yana biri bu Qoracheriklar bo’linmasi bo’lgan. “Qoracheriklarning asosiy vazifasi urush qilish bo’lgan.

Qo’qon xonligida ham harbiy harakatlar vaqtida qo’shinga jalb qiluvchi yordamchi bo’linmalar-“qopraqazon” va “qoracherik” tarkibiga safarbar qilish Sheralixon hukumronligi davrida ma’lum bir qolibga keltiriladi yani doimiy bo’lmagan “qilqo’yruq”qa asos solinadi”93. Buxoro amirligi qo’shinidagi dastlabki askarlarning soni bir xilda bo’lmagan har qaysi urug’ va hudud mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qo’shinlarining soni belgilangan. Amir Nasrullo (1826-60-yillarda) hukumronligi davrida qo’shin tuzilishi haqida muallif quyidagi ma’limotni keltirib o’tadi. Harbiy asirlardan iborat 80-kishilik guruh, 700 kishilik harbiy bo’linma, ular 7 ta dastaga bo’linib boshida ellikboshi, bu guruh ham bo’lingan. O’nliklarni Dahboshi boshqargan. Nasrullaxon mang’it hukumdorlari orasida ilk bor piyoda sarbozlar tarkibidagi to’pchilardan iborat doimiy harbiy bo’linmaga asos solgan. “Amirlikda to’plar bundan ham oldin bo’lishiga qaramasdan ulardan alohida-alohida guruh O’g’lon va Tallipoch darvozalari oldida to’pchilarning kazarmalari barpo etilgan”. To’plar amirlikning o’zida quyilgan bunday to’p quyiladigan joylar haqida maqolada quyidagicha ma’lumot beriladi. “Buxoro amirligida to’p quyadigan joy “qo’zxona” deb atalgan. Bunday qo’zxonalar Buxoro, Karmanava Samarqandda 1868-yilgacha faoliyat ko’rsatgan”94. Buxorolik qurolsozlar asosan shaharning To’pxona guzarida istiqomat qilgan. Maqolada harbiy islohot o’tkazgan amirlar haqida ma’lumotlarni keltirib o’tib Amir Muzaffar davrida o’tkazilgan islohot haqida shunday ma’lumot beriladi. “Amir Muzaffar davridan boshlab sarbozlar ikki guruhga bo’lingan

1 Shanbegi sarbozlari-bu guruh sarbozlari haftaning shanba, yakshanba va dushanba kunlari o’tkazilgan harbiy mashg’ulotlarda ishtirok etganlar.

2 Seshanbegi sarbozlari-bu guruh sarbozlari seshanba, chorshanba, payshanba kunlari o’tkaziladigan mashg’ulotlarda ishtirok etganlar12 ming kishilik sarbozning 6 mingi “Seshanbegi”, yana 6 mingi esa “shanbegi” deb nomlangan. Harbiy guruhlarning o’zi ham bir qancha mayda guruhlarga bo’lingan. Ular haqida ham maqolada ma’lumotlar bor, jumladan: “Har ming kishilik sarbozlar guruhi dastalarga bo’linib ularni sarkardalar boshqargan. Har bir dasta ham o’z navbatida 5 ta “Baydoqda” bo’linib, har bir baydoqda 200 nafar sarboz xizmatda bo’lishgan. Baydoqlar ikkita yuzaga (yuz/yuzboshi boshqargan) to’rtta 50 kishilik guruhga (panjohboshi boshqargan), bu guruh esa Dahboshi boshqaruvida bo’lgan 5 tadan harbiy bo’linmalarga bo’lingan. Amirlik qo’shinlari tarkibida hatto 1920-yilgacha harbiy xizmatchilar orasida qullar bo’lgan”95. Buxoroda sarbozlar dastasi dastlab zarxarid qullardan tuzilgan bo’lib ular umrlarining oxirigacha harbiy xizmatlarini o’tashga majbur bo’lganlar. Sarbozlikka qabul qilingan qullarning keyingi taqdiri haqida muallif shunday ma’lumot beradi. “Nihoyat 1886-yilda amir Abdulahad farmoniga muvofiq boshqa qullar singari bular ham ozodlik vasiqalarini olish huquqiga ega bo’lganlar. Arxiv hujjatlaridan ayon bo’lishicha sarbozlarning ko’pchiligi o’z ozodlik vasiqalarini qo’lga kirita olmay amirga bu masalada qayta-qayta murojaat qilishni davom ettirganlar qullardan alohida o’nlik bo’linmalari tashkil etilgan”96.

XIX asrning oxri-XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan amirlik davri tarixi bo’yicha bir qator olimlar ma’lumot berganlar va tadqiqot olib borganlar jumladan: Ahmad Donish, Sadriddin Ayniy, Sadri Ziyo, Amirzoda Hashmat, M.S Andireyev, O.A.Chexovich, V.V.Bartold, A.Vanberi, A.B.Vildanova, D.N.Logafet, L.I.Rempel, A.A.Semyonov, O.A.Suxareva kabi bir qator xorijiy va mahalliy tarixchilar tomonidan tadqiq qilingan edi.

Amirlik nihoyatda katta hududni tashkil etib uning hududi 270 ming km kvadratni tashkil etgan. Bu ulkan hududni yagona markazdan turib boshqarishni osonlashtirish maqsadida amirlik bekliklarga bo’linib idora etilgan. Amirlik 27-ta beklikka bo’lib boshqarilgan va bu bekliklardan eng kattasi Shahrsabz bekligi hisoblanadi. Biz tahlil qilayotgan jurnal sahifalarida Kamolova.H. “Shahrisabz bekligi aholisi va uning milliy tarkibi” nomli maqolasida ushbu beklik aholisining etnik tarkibi va tuzilishi haqida bir qancha qiziqarli fikrlar keltirib o’tilgan. Jumladan, Bu beklik to’g’risida XIX asrning ikkinchi yarmiga oid bo’lgan manbalarda bir qator ma’lumotlar uchraydi. Amerikalik diplomat E Skayler 1873-yil martidan noyabrigacha Turkiston viloyatlari Buxoro amirligi va Qo’qon xonligiga qilgan sayohatlari natijasida 1876-yilda Londonda ingliz tilida nashr etilgan “Turkiston rus Turkistoni Qo’qon, Buxoro Go’ljiga sayohat” nomli ikki jilddan iborat kitobida Shahrisabz bekligi to’g’risida quyidagi ma’lumotni keltirib o’tadi. “Shahrisabzda 90 ta machit, 3 ta madrasa, bo’lib aholisi 20 ming atrofida ekanligini, Kitobda esa 15 ming aholi yashashi haqida ma’lumot berib o’tadi”97.

Muallif maqolada sayyoh, olim va savdogarlarning o’lka to’g’risida bildirib o’tgan ma’lumotlardan maqolani yozish jarayonida keng foydalangan. Shunday sayyoh olimlardan Chor Rossiyasi zobiti V.V Gregorevning beklik to’g’risidagi fikrlarini keltirib o’tadi. “Shahar kulolchilik, Xoja Hovuz Mardon, Saraosiyo, Kunchiqar, Tagi Oqsaroy, Kitob kabi 14 ta guzarga bo’lingan. Bu guzarlarda 4 minggacha uy bor har bir uyda o’rtacha besh kishidan yashashini hisobga olsak aholi soni 20 ming nafarga yetadi. Guzarlarda 64 ta oddiy madrasalar va bir nechta jome machitlari mavjud” degan fikrlarni bildirib o’tadi. Ba’zi yevropalik tadqiqotchilar beklik aholisini guzarlar va oilalarda yashagan kishilar soniga qarab hisoblaganlar.” O A.Suxareva o’z tadqiqotlarida Shahrisabzdagi uy-joylarni sonini 2789-ta deb ko’rsatadi. O’rtacha har bir uyda 6 kishi istiqomat qiladigan bo’lsa u holda shahardagi umumiy aholi soni 18 ming kishini tashkil qiladi deb aytib o’tgan”98. XX asrda Shahrisabz bekligida bo’lgan A.L.Kun, A.Venyukov, Knopka, M.Gelkin, V.Masxalxiskiy, Turusov kabi yevropalik tadqiqotchilar o’z asarlarida Shahrisabz bekligi aholisining sonini 20 mingdan 50 minggacha deb ko’rsatadilar. Muallif beklik aholisining etnik tarkibi haqida V.V Gregorevning fikrini keltirib o’tadi. “Shahrisabz bekligida aholining asosiy qismi o’zbek va tojiklardan iborat bo’lgan. Bundan tashqari shaharda doimiy ravishda yahudiylar va vaqtincha hindlar ham yashagan (Kitobda yahudiylar 30 ta xonadonda, Shahrisabzda esa 100 ta xonadondan iborat bo’lgan). Hindlar asosan sudxo’rlik bilan shug’ullanganlar shuningdek shaharda qisman Afg’onlar ham yashaganlar”99. Maqolani yozishda nafaqat xorijlik olimlarning beklik to’g’risida bergan ma’lumotlarini balki mahalliy olimlarimizning ham beklik to’g’risida bildirgan fikrlarini keltirib o’tadi. Bir qator mahalliy olimlarimizdan O.Bo’riyev, F.Raxmonov, T.Choriyev kabi tadqiqotchilar bergan ma’lumotlarga qaraganda Shahrisabz bekligining aholisining etnik tarkibini asosan Kenagas urug’i tashkil qilgan, shuningdek Kenagaslarning bir qismi qo’shni Kitob bekligida, juda oz qismi esa O’zbekistonning boshqa hududlarida yashagan. Kenagaslarning Shahrisabz vohasiga qachon va qayerdan kelganligi bilan bog’liq bo’lgan mavzu hali uzil-kesil tadqiq qilinmagan. Mahalliy tadqiqotchi olim A. Malikov tarixiy manbalarda Kenagaslar haqida qayd etilgan ma’lumotlarni birlashtirib shunday ma’lumot berib o’tadi.

“Kenagaslarning umumiy soni 1924-yilda taxminan 35 ming kishini tashkil etgan ular asosan Zarafshon cho’qqilarining janubiy qirg’oqlarida, Xorazm va Farg’onada joylashgan ularning asosiy qismi 18 ming nafari Shahrisabz hududida yashagan unchalik katta bo’lmagan guruhlar Buxoro vohasida va Langardaryo havzasida, qolgan uncha katta bo’lmagan guruhlar asosan Chugot bo’linmalariga qarashli Samarqand viloyatining janubida Urgut tumanida yashagan. Urgutda Kenagas nomli qishloq ham bo’lib unga 1856-yilda Amir Nasrulloning yurishlaridan qochgan Kenagaslar asos slogan”100.

Amirlikda XIX asrga kelib madaniy hayot darajasi o’zining oldingi mavqeyini ancha yoqotgan bo’lishiga qaramay lekin boshqa xonliklarga nisbatan ancha yaxshi bo’lgan deyishimiz mumkim. Ushbu masalahaqida Xolnazarova.L. tomonidan jurnal sahifalarida e’lon qilingan “Buxoro kitob bozori” nomli maqolasi e’lon qilingan. Maqolada Buxorodagi XIX asrning oxri-XX asrdagi madaniy hayot darajasi haqida quyidagicha ma’lumot berib o’tilgan. “XIX asr oxri-XX asr boshlarida Buxorodagi Abdullaxon timi yaqinidagi karvonsaroylarda Hindiston, Turkiya, Eron va Qozondan olib kelingan qo’lyozma kitoblar sotiladigan do’kon bo’lgan”101. Qimatbaho kitoblar asosan “ipak”, “kanabi”, “xon balig’i” nomli oliy navli qog’ozlarga yozilgan. Bu davrda amirlikda kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi savdogarlarga imtiyozlar berilgan bu haqida muallif shunday ma’lumot beradi. “Buxoro amirligida kitob savdosidan boj va soliq olinmagan kitob savdosi juma kunlari Jome machitlari oldida tashkil etilgan. Buxorodagi Toqi Zargaron va boshqa timlarda ham kitob sotishga ruxsat etilgan”102.

Amirlik tashqi savdo faoliyatida ham kitob bilab savdo qilish nihoyatda taraqqiy qilgan Yevropa davlatlariga kitob etilib u yerdan noyob kitoblar olib kelingan. Bu haqida muallif quyidagicha ma’lumot beradi. “Bu davrda O’rta Osiyoga xususan, Buxoro amirligiga Misr, Turkiya, Eron, Rossiya, Volgabo’yi va Qirim yarimoroli Yevropaning Parij, London shaharlari Germaniyadan kitoblar olib kelingan. Yevropa va Rossiyadan olib kelingan kitoblarning aksariyati Turkiston general-gubernatorligi kutubxonasida saqlangan”103.

Ushbu bo’limdan joy olgan Buxoro amirligida ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy, madaniy hayot qanday bo’lganligi haqida ma’lumot berishga harakat qildik. Jurnal sahifalaridan joy olgan maqolalar yangi izlanish va tadqiqotlar natijasida to’plangan ma’lumotlarga asoslangan holda yozilgan bo’lib ushbu jihat tanlangan mavzuning naqadar muhim ekanligini teranroq his qilishga yordam beradi. Bu yangi ma’lumotlar hali darsliklarda berilmagan va o’lkamiz tarixining ushbu davrini o’tishda o’quvchilarga juda boy bo’lgan yangi ma’lumot beradi.

Xulosa

O’zbekiston hukumati istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab mustaqillikni mustahkamlash mamlakatdagi mavjud muammolarmi hal etishda ommaviy axborot vositalari xususan vaqtli matbuotga katta e’tibor qaratib kelmoqda.O’lkamiz tarixini o’rganish va uni tadqiq etishda “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalida chop etilgan maqolalar muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Shuni aytish kerakki,vatanimiz tarixini o’rganishda hozirgi ba’zi tadqiqotchilar ilk manbalarni (arab, fors, turkiy) manbalarni o’qiy olmaganlari sababli bu davrni ikkinchi, uchinchi manbalarga, asl manbaga emas, boshqalarning fikriga asoslanib yoritmoqdalar. Goho o’zimizda ilk manbalar mavjud bo’lgan holda tadqiqotchilar bu manbalardan foydalangan rus yoki boshqa chet el olimlarning fikriga suyangan hollar ko’p uchramoqda bu esa ayrim hollarda chalkashliklarga sabab bo’lmoqda. Vaholanki; tarix bilan shug’ullanuvchi olim o’zi o’rganayotgan davr voqea-hodisalarni birovning fikri asosida emas avvalombor ilk manbalar asosida o’zi xolis tadqiq etishi o’z munosabatini bildirishi ilmdagi asosiy talabdir. Ikkinchi yoki uchinchi manbalar esa yordamchi material bo’la oladi. Jurnal sahifalarida asl tarixiy manbalar o’zbek tiliga tadrijiy ravishda berib boriladi bu esa o’rganilayotgan manbaning dolzarbligini oshiradi. Ushbu tadqiqotning asosiy vazifasi shundan iboratki ushbu jurnalda yoritilayotgan maqolalarda vatanimiz tarixining xolisona yoritishda va so’nggi tadqiqotlar va manbalarga tayangan holda asl tariximizni o’rganishdir.Jurnal sahifalarida joy olgan maqolalarning tutgan o’rnini ko’rsatish va uni tahlil qilish bugun kun sayin rivojlanib o’zgarish va taraqqiyot sari olg’a intilayotgan vatanimizning shonli tarixini yoritish hamiyatlidir. Bularning barchasi tanlangan mavzuning ne chog’lig’ dolzarbligini ko’rsatib beradi.

Biz o’z tadqiqotimiz natijasida jurnalning turli yillarida chop etilgan maqolalarni o’rganib tahlil qilish natijasida ularni quydagi tartibda guruhlab sharhlashni lozim topdik.

Birinchi guruhga O’zbekiston tarixining qadimgi va ilk o’rta asrlar tarixini yoritilishni ko’rsatib berishga harakat qildik. Bu guruhdan joy olgan maqolalarning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ushbu davrga oid berilgan ma’lumotlar O’rta maxsus va Oliy ta’lim tizimi o’quv darsliklarida uchramaydi. Darsliklarda Mahmud Qoshg’ariy o’zining “Devoni lug’ati-t turk” nomli asarida dunyo xaritasining keltirib o’tadi lekin ushbu xarita va uning mazmuni haqida ma’lumot berilmaydi. Jurnalda Aytbayev.A o’zining “Devoni lug’ati-t turkdagi dunyo xaritasi” nomli maqolasida ushbu masalalar haqida to’xtalib manbalarga tayangan holda qimmatli ma’lumot beradi. Bundan tashqari bizning Turonzamin hududida yozuvlarning paydo bo’lganidan to bugungi kunga qadar bo’lgan vaqt oralig’ida bosib o’tgan shakillanish jarayoni haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi.

Ikkinchi guruhga Amir Temur va temuriylar davridagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot kabi jihatlarning jurnalda berilgan ma’lumotlarga tayangan holda tahlil qildik. Bunda asosan mamlakatning parokanda bo’lib ketishi toj-u taxt uchun shahzodalar o’rtasidagi kurash saroy fitnalari bunga mahalliy aholi va o’sha zamon muarrixlarining bildirgan munosabati kabi jihatlarni qamrab olishga va ushbu jihatlarni izohlashga harakat qildik.

Uchinch guruhga o’lkamizning xonliklarga bo’linib ketganligi va buning sabab va oqibatlari qanday bo’lganligi oddiy xalqning moddiy ahvoli qanday bo’lganligi xonliklar o’rtasidagi o’zaro ixtiloflar buning sabablari xonliklarning qo’shni davlatlar bilan olib borgan aloqalari, xonlikning harbiy ahvoli, qo’shinlardagi harbiy ta’minotning ahvoli, oddiy askarlarning ahvolining ayniqsa og’ir bo’lganligi xonliklarning qurol-yarog’i qay ahvolda bo’lanligini biz Xiva va Qo’qon xonliklari misolida yoritib berishga harakat qildik.

To’rtinchi guruhga biz Buxoro amirligi undagi harbiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot darajasi qanday bo’lganligini qo’shin tuzilishi uning etnik tarkibi kimlardan tarkib topganligini, qo’shinning qanday guruhlarga bo’linganligi va mang’it sulolasi hukumdorlaridan kimning hukumronligi davrida qanday islohot o’tkazilganligi bu davrda o’lkada hunarmandchilik va savdo madaniy hayot darajasi qanday bo’lganligi kabi jihatlarni jurnal sahifalaridan joy olgan ushbu davrga oid bo’lgan o’ndan ortiq maqolalarni tahlil qilish orqali yoritib berishga harakat qildik. Bitiruv malakaviy ishimizda mustaqillik yillarida vujudga kelgan ushbu jurnalning jamiyat va xalq ongini o’zgartirishga va ularda yangicha fikrlashini o’stirishga va vatanimiz tarixi bilan tanishtirishdagi o’rnini ko’rsatib berishga harakat qildik.

Jurnal sahifalarida Sovet davri tarixiga oid bo’lgan bir dona maqola mavjud bo’lib Muallif Botirov.F. O’zbekistonda pul siyosati tarixidan degan maqolasi joy olgan jurnalda asosiy e’tibor qaratilgan davr bu XII-XIX asrlar davri bo’lganligi uchun ushbu davr haqida deyarli maqolalar uchramaydi.

Mustaqillik davriga oid bo’lgan ikkita maqola joy olgan bo’lib bu jurnalda asosan mustaqil tadqiqotchilarning maqolalari joy olgan bo’lib ular asosan o’z tadqiqotlarini qadimgi davrdan to XX asrgacha bo’lgan davr oralig’ida ilmiy izlanish olib borayotganlari bilan izohlash mumkin.

Biz o’rgangan mavzu doirasida quydagi taklif va mulohazalarni berib o’tishni lozim topdik

Birinchidan ushbu jurnal sahifalaridan joy olgan vatanimiz tarixiga oid bo’lgan maqolalardan Oliy ta’lim tizmida dars jarayonlarini olib borishda foydalanish mumkin chunki ushbu maqolalarning barchasi ishonchli manbalarga tayangan holda ma’lumot berilgan.

Ikkinchidan Umumiy o’rta maxsus maktablarida ochiq dars jarayonini tashkil etishda ushbu manbalardan foydalanish maqsadga muofiq bo’ladi.



Uchinchidan Ushbu jurnaldan joy olgan maqolalarni boshqa jurnal va adabiyotlar bilan taqqoslab o’rganilayotgan davr haqida qo’shimcha yangi ma’lumot olish mumkin.


Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish