II Bob. “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnali sahifalarida O’rta Osiyoxonliklari tarixi bilan bog’liq izlanishlar
2.1. Diyorimizning xonliklarga bo’linishi va ularning o’ziga xos jihatlarining jurnal sahifalarida yoritilishi
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli asarlarida O’rta Osiyoni xonliklarga bo’linib ketishi haqida quydagi fikirlarni bildirib o’tadilar. “Temuriylar hukumronligidan so’ng, Turon zamini siyosiy parokandalik jaholat va qoloqlikka yuz tutdi. Uch xonlikka bo’linib ketgan mintaqa uzoq muddat o’zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urush-janjallar girdobida qolib ketgani nafaqat iqtisodiy, moliyaviy va harbiy salohiyati nuqtai nazardan, balki ijtimoiy-ma’naviy fikr rivojida ham ko’p salbiy oqibatlarni keltirib chiqargani barchamizga ma’lum”61.
Buxoro xonligidagi ichki kurashlar oqibatida zaiflanishidan foydalanib Farg’ona vodiysida (XVIII-XIX ikkinchi yarmi) asrda mustaqil Qo’qon xonligi tashkil topadi. Bu xonlikni minglar sulolasi boshqaradi. Xiva xonligi (XVI-XX asrning birinchi yarmi) mavjud bo’lgan. Xiva xonligida (shayboniylar sulolasi 1512-1770, qo’ng’irotlar 1770-1920) hukumronlik qiladi. Qo’qon xonligi Chor Rossiyasi tomonidan, Xiva xonligi esa Sovet bosqini natijasida tugatiladi.
Bugungi kunda Xiva va Qo’qon xonliklarining tarixini manbalar orqali o’rganish natijasida ushbu davr tarixining ayrim kam o’rganilgan jihatlarini yoritishga yordam beradi. “Imom al-Buxoriy” jurnali sahifalarida ushbu masalalarning ayrim jihatlari yoritib o’tilgan. Jurnal sahifalarida Sherzodxon M. Qo’qon xonligi ma’muriy boshqaruviga oid ma’lumotlar// “Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2004. -№4. –B.231-233, Olimov F. Qo’qon xonligida diniy unvon va mansablar// “Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2010. -№3. –B.41-44, Gulboyev N. Xiva xonligi qo’shinida ta’minot masalalari// “Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2012. -№3. –B.212-215,Alimov N. Xiva xonligida tashqi munosabatlarning etnomadaniy jarayonlarning ta’siri//“Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2014. -№3. –B.28-30, Sotiboldiyeva D. Toshkentdagi islom obidalari// “Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2007. -№2. –B.91-94, To’rayeva S. Xiva xonligi tarixiga oid muhim manba//“Imom al-Buxoriy saboqlari”. –T.:2012. -№1. –B.70-74, kabi bir qator mualliflar tomonidan maqolalar orqali ushbu davr tarixi yoritib berilgan.
Qo’qon tarixi masalalarida tadqiqot olib borgan A Qayumov, R Nabiyev, T Beysenbeyev, H Bobobekov, Sh Vohidov kabi olimlar o’z izlanishlarini mahalliy tarixnavislarning asarlariga murojaat qilganlar.
Tarixda hukumdorlarga atab ko’plab asarlar yaratilgan. Bundan tashqari ayrim sarkardalarning faoliyatiga bag’ishlab ham asarlar yozilgan bo’lib, ulardan biri Mullo Yusuf Amin o’g’li qalamiga mansub “Tarixi Aliquli Amirlashkar” dir. Mazkur asar Qo’qon xonlari Mallaxon (1858-1862) va Sulton Saidxon (1863-1865) hukumronligi davrida kechgan siyosiy voqealarni qamrab olgan asar hisoblanadi. Ushbu asar manbashunos Sh.Vohidov tomonidan arab yozuvidan kirill yozuviga o’girilib 1996-yilda e’lon qilingan62. Jurnalda M.Sherzodxon tomonidan ushbu asar tahlil qilib berilgan va muallif ushbu maqolasini shu asarga tayangan holda bugungi kunda Qo’qon xonligi tarixining ayrim jihatlarini yoritib bergan.
Maqolaning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, unda davlat boshqaruv tizimidan tashqari mamlakatining geografik va ma’muriy tuzilish jihatlari haqida ham qimmatli ma’lumot berib borilgan. M.Sherzodxon asarning muallifi haqida quydagi fikirni bildirib o’tadi“U Qo’qon xoni Mallaxon davrida mirzaboshi lavozimida faoliyat yuritgani va Mallaxonning vafotidan so’ng o’z vazifasidan ozod etilganligini aytib o’tadi”63. Maqolada Qo’qon xonligida davlat boshqaruvi va mavjud bo’lgan mansablar haqida batafsil ma’lumot berilgan bo’lib, xonlikdagi eng yuqori mansablardan biri Mirzaboshi mansabi haqida to’xtalib,u haqida quydagicha ma’lumot beriladi.Mirzaboshi - Qo’qon xonligida devonbegimansabidan keyingi o’rinda turuvchi oliy davlat lavozimi hisoblangan. Sulton Sayidxon Qo’qon taxtiga o’tirgach Aliquli Amirlashkar bosh vazir lavozimiga tayinlangan. U bu lavozmda 1863-1865-yillar davomida faoliyat ko’rsatib kelgan”64.
XIX asrning 60-yillariga kelganda xonlik tarixiga oid asarlarda devonbegi mansabi umuman uchramaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, Qo’qon xonligida markaziy boshqaruvi tizimida XIXasrning 40-yillariga qadar faolyat ko’rsatib turgan devonbegi vazifasini ham mirzaboshi bajargan degan xulosa kelish mumkin”65.
Maqola bilan tanishish jarayonida yana shu narsa ma’lum bo’ladiki,- yirik viloyatlar tarkibidagi ma’muriy birliklar hisoblangan bekliklarning vazifasiga ko’proq dodhoh unvonidagi kishilar taynlangan. Udaychi mansabi haqida ham ma’lumot berib o’tadi. Unga ko’ra bu mansab egasi harbiy qo’shinni safga tortish va kimning qanday o’rinda turishini aniqlash kabi vazifalarni bajargan. Muallif maqolada Aliqul Amirilashkarning ruslar bilan Chimkent uchun kurash jarayoni haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tadi.
Qo’qon xonligi va uning ma’muriy boshqaruv tizimi xususida bir guruh tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Jurnal sahifalarida ham ushbu masalaga oid bo’lgan maqola joy olgan bo’lib, muallifSh.Mahmudov tomonidan e’lon qilingan “Qo’qon xonligining ma’muriy boshqaruviga oid” nomli maqolasi xonlik hududida boshqaruv tizimi qanday tartib va tizimga asoslanganligi bag’ishlanadi
Jumladan, maqolada ma’muriy boshqaruv tizimidagi Oxund mansabi haqida quydagicha ma’lumot uchraydi. “Oxund Sharbatdor mansabi bilan mavqeyi jihatdan teng bo’lgan. U Ponsodboshiga qaragan. Sudur mansabi esa yuzboshi bilan bir qatorda turgan. Sudur mansabi mavqeyi jihatdan Oxunddan quyi mansab bo’lganligi, manbalarda berib o’tilgan”. Qo’qon xonligida viloyat va shahar qozilari Buxoro va Xiva xonliklaridan farqli ravishda “xon yorlig’iga binoan” shahar hokimlari tomonidan tayinlanar edi Buxoro amirligida esa qozilarni oliy hukumdorning o’zi mansabiga tayinlar edi. Ko’p hollarda qozilarni tayinlashda, ularning qozilar avlodidan bo’lganligiga ham e’tibor berilar edi. Maqolada qozi mansabi haqida quydagicha ma’lumot beradi. “Qozi lavozimiga tayinlangan shaxs, davlat xazinasida maosh olmagan. Ular asosan turli qozilik hukmlarining tayyorlashni, xususan, nikoh o’qish, har xil hujjatlarni rasmiylashtirish kabi ishlardan kelib tushadigan daromad hisobiga yashashgan. Qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo’lgan fuqarolar oliy hukumdor yoki hokimlarga arz qilish huquqiga ega bo’lganlar”66.
Maqolada muallif davlat bshqaruvidagi har bir mansabga to’xtadi. Muftiy mansabi shular qatoridadir. U “Muftiy mansabidagi amaldor turli xildagi munozarali vaziyatlar vujudga kelganida, bu masalarni hal qilishda Qur’oni karim va hadislar asosida fatvo berganlar va o’zlarining muhirlari bilan bergan fatvolarini tasdiqlaganlar. Qozilar biror-bir hukm chiqarishda muftiylarning fatvolarini inobatga olganlar. Qo’qon xonligida muftiylarni viloyat hokimlari ilmiy munozaralarda o’zining diniy va dunyoviy bilimlarini ko’rsatishga muvafaq bo’lgan mudarris va olimlar orasidan tanlab olib tayinlashgan”67. Bundan shu narsa ayon bo’ladiki, Qo’qon xonligida viloyat hokimlariga katta vakolatlar berilgan bo’lib, ular nafaqat dunyoviy balki shu bilan bir qatorda diniy mansabdorlarni tayinlash huquqiga ega bo’lganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bunday vakolat Buxoro va Xiva xonliklaridagi viloyat hokimlariga berilmagan.
Manbalarda Qo’qon xonligida muhim mansablarni egallagan amaldorlar ikki toifaga bo’linadi. Ular dunyoviy va diniy amaldorlarga bo’linganligi bayon qilinadi. Dunyoviy ishlarga masul amaldorlar “umaro” deb diniy vazifadagilari esa “ulamo” deb, atalgan. Jurnal sahifalarida F.Olimov tomonidan “Qo’qon xonligida diniy unvon va mansablar” degan maqolasi mavjud.
Ushbu maqolada muallif xonlikda yuqori mavqega ega bo’lgan diniy mansablar haqida batafsil ma’lumot beradi. Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ulamolarning mavqeyi baland bo’lgan. Shu sababdan hukumdorlar davlat siyosatini boshqarishda ulamolarning maslahatiga tayangan holda ish olib borganlar. F.Olimov eng yuqori bo’lgan diniy mansab shayxulislom mansabi haqida so’z yuritib, u haqida quydagi ma’lumotni keltirib o’tadi. “Umarxon bu mansabni 1818-yilda ta’sis etgan. Ushbu mansab nafaqat xonlikda, balki Markaziy Osiyo va sharq mamlakatlarida ham yuqori baholangan. Jumladan bu mansab Eronda jamoat a’zolari orasida kelib chiqqan ixtilof masalalarini shariy qonun-qoidalar asosida bartaraf etish, aholining arz-dodiga quloq solish va ularni yaxshi ishga undash yomon xatti-harakatlardan qaytarish ishlariga bosh-qosh bo’lgan”68. Ayrim hollarda mamlakatdagi yetimlar va yo’qolganlarning mol-mulklari bo’yicha hukum chiqarish ham “Shayxulislom” zimmasida bo’lgan. Shayxulislom mansabidagi kishilar boshqa vazifaga o’tkazilmagan yoki vazifasidan bo’shatilmagan. Bundan tashqari Shayxulislom mansabidagi amaldor boshqaruv tizimida muhim o'rin tutgan “Qozikalon” mansabiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga ega bo’lgan.
Har bir davlat tinchligini ichki va tashqi xavfdan himoyalanish uchun qo’shinga tayanadi. Ularga ma’lum bir miqdorda imtiyozlar hamma zamonlarda berib borilgan bunday qo’shinni oziq-ovqat, qurol-yarog’ bilan taminlash bir so’z bilan aytganda, qo’shinning ta’minoti qay tarzda olib borilganligi xususida manbalarda ma’lumotlar uchraydi N.Gulboyev tomonidan jurnalda “Xiva xonligida qo’shin ta’minoti masalalari” nomli maqolasida xonlikning qo’shin ta’minoti qanday bo’lganligi va uni qanday shakllantirganligi haqida bir qancha qimmatli ma’lumotlar uchratdik.
Muallif maqolani yozishda asosan Xivaga elchi bo’lib kelgan Rizoqulixon Hidoyatning “Safaratnoma-yi Xorazm” asaridan keng foydalangan holda ma’lumot beradi. Bundan tashqari xonlikda qo’shin ta’minoti masalasi xususida Xiva xonligi arxivini o’rgangan Yu.E.Bregel ma’lumotidan keng foydalangan69.
MaqoladaErondan Xivaga elchi bo’lib kelgan Rizoqulixon Hidoyatning ma’lumotini keltirilib:“Xon kimga bir tanob yer bergan bo’lsa urush chiqish payti o’sha odam yurishda qatnashish uchun bitta chavandoz berishi shart, kimga o’n tanob yer bergan bo’lsa o’sha odam o’ta suvoriy berishi kerak. O’sha o’nta suvoriyning har bittasi o’zi bilan oziq-ovqat, yem-xashagini olib yurish uchun bittadan tuya olib yurishi lozim bo’lgan. Mobodo shu harbiy safarda birortaning oti yoki tuyasi o’lsa xondan tovon pulini oladi. Urushdan qaytilgach esa har bir suvoriyga besh tumandan in’om qilinadi. Xon xizmat maoshi sifatida hech kimga ellik tumandan ortiq maosh to’lamaydi. Shuning uchun ham viloyat obod ham davlat xazinasi sira bo’shab qolmaydi”70.
Maqolada xonlikda xizmat qilayotgan qo’shinning tarkibi haqida quydagi ma’lumotni mavjud: “Xon ko’proq qo’shini tarkibi jangchilarining katta qismini Yovmut, Go’klan, Chovdir qabilalaridan olgan va ularga yer-mulklar in’om etgan. Ushbu urug’lardan navkarlikka olingan har bir kishiga bir tanobdan yer berilgan”71. Tadqiqotchi N Gulboyev Mulla Olim Mahmudning xonlik haqida bergan ma’lumotini keltirib o’tib, quydagilarni bayon qiladi. “Xiva xoni o’z mulozimlariga suv-u yer, safarga chiqqanda bir ot, safarda yuk uchun ikkitadan tuya beradi. Shuning uchun uning o’n lashkari (bundan bexabar) o’ttizming bo’lib ko’rinadi va buni ko’rganlar ko’ngliga vahima soladi. Safardan qaytganlarning har biriga besh tumandan pul in’om qiladi”72. Urushlar vaqtida qahramonlik ko’rsatgan navkarlar ham munosib tarzda mukofotlanib borilgan. Muallif xonlikdagi ta’minot masalalarini nafaqat o’sha davrda yozilgan mahalliy tarixnavislar va elchilar xotiralaridan foydalangan holda balki xonlikning arxivini o’rgangan olimlarning ma’lumotlarini ham keltirib o’tgan. Shulardan biri Xiva xonligi arxiv ma'lumotlarini o'rgangan P.P.Ivanovning ma'lumotlarini keltiradi. “Mukofotlarning xonlikda quyidagi turi ham mavjud bo'lgan, ya'ni birorta asir qo'lga olinsa, uni ushlab kelganga 1 tillodan 3 tillogacha miqdorida pul mukofoti berilganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Xiva xonligining janubiy-g’arbiy qismida yashovchi turkmanlar ham mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaganlar. turkmanlardan navkarlikka olinganlar harbiy xizmatni o’tagan turkmanlarning har biriga 30 tanobdan yer ajratib berilgan va bu yerlar “Otliq” deb atalgan”73.
Bundan tashqari, xonlikda xizmat qilgan boshqa qabila urug’ navkarlariga ham ma’lum o’lchov miqdorida yer ajratib berilganligi maqolani o’rganish jarayonida ko’zga tashlanadi. Undaqayd etilishicha: “xon tomonidan Go’klan urug’i navkarlarining har biriga ellik tanobdan yer berilganligi haqida ma’lumotlar arxiv manbalarida uchraydi. Bundan tashqari xonlikda chegara qo’shinlari tashkil etilgan ularning o’ziga o’sha joydan yer-mulklar ajratib berilgan ko’pincha navkarlar o’zlariga inom etilgan yerlarni dehqonlarga ijaraga berganlar”. Bundan tashqari, maqolada oliy harbiy mansab va xonlikda xizmat qilayotgan qo’shinning etnik tarkibi haqida quydagicha ma’lumot beriladi. “Xiva xonligi qo’shining asosiy qismini o’zbek, turkman, qaraqalpoq navkarlari tashkil etgan. Xonlikdagi oliy harbiy qo’mondon “yasovulboshi” bo’lib, u ayni paytda xonni qo’riqlash vazifasini ham bajargan. Yasovulboshilarning yordamchilari yasovullar deb atalgan. Ular xon nomiga kelgan arznomalarni ham tekshirganlar. Arznomani tekshirish uchun xondan farmon olib o’sha joyga borganlar tekshirish ishlari tamom bo’lgach yasovulboshi saroyidan to arzchining manziligacha bosib o’tgan har bir tosh (18 chaqirim) masofa uchun undan o’z foydasiga uch yarim tanga undirib olingan. Bundan tashqari yasovullar xonlik hududidagi kanallarni qazish ishlarini nazorat qilib turganlar. Xonning shaxsiy ayg’oqchilari “Buhri” deb atalgan va ular xazinadan 20 tillo miqdorida maosh olib turganlar. Navkarlik vazifasiga asosan soliqlarni to’lashga qurbi yetmagan kambag’allar yollanishgan. Ular tinchlik vaqtida o’z turar joylarida yashab xo’jalik ishlari bilan band bo’lganlar”.
Shunisi ahamiyatliki maqolada oddiy harbiylarning maoshi va ularga yaratib berilgan imtiyozlar haqida ham muhim ma’lumotlar joy olgan. “Harbiylarning oilalari soliqlar to’lashdan ozod etilgan oddiy askarlar har bir yurishdan keyin, 5 tillo, amaldorlar esa xizmatlariga qarab 100 tillo va undan ortiq miqdorda maosh olganlar. Xususan, yasovulboshilar 30 tillodan 50 tillogacha miqdorida maosh olganlar. Oddiy askarlarga maosh o’rniga ko’pincha xon tayin etgan miqdorda g’alla va yer-suv berilgan harbiy harakatlar vaqtidagina ularga maosh berilgan”74. Bundan tashqari, muallif o’z tadqiqotida Xiva xonligi qo’shinlarining tarkibiy qismlari haqida 1864-yil dekabrda Xivaga kelgan Vengiryalik sayyoh Arminiy Vamberiy (1812-1913) ning “O’rta Osiyoga sayohat” asarida xon navkarlari tarkibini 3 ta guruhga bo’liganligini qayd etib ularni keltirib o’tgan.
“Birinchi guruh tarkibiga kiruvchi 2, 3, 4 va 5 guruhlar(navkarlar) bevosita xon tomnida tayinlanib ular xonga sodiq kishilar bo’lgan va ular hech qachon almashtirilmagan.
Ikkinchi guruh tarkibiga kiruvchi 6, 7, 8 va 9 guruhlar belgilangan miqdorida maosh olganlar,
Uchinchi guruhga faqat urush holati vaqtida chaqirilgan hamda ularga ot va qurol berilgan, shu bilan birga soliqlardan ozod etilgan”75.
Hamid Ziyayev Xiva xonligi ta’minoti masalasi bo’yich boshqacha ma’lumotni berib o’tadi. U Xiva xonligi qo’shinini quydagicha guruhlarga bo’linganini aytib o’tadi.
“Birinchi guruhga maosh olib xizmat qilayotgan o’zbeklardan iborat bo’lgan. Navkarlar ko’pincha soliq to’lashga qurbi yetmagan kambag’allardan tashkil topgan. Navkarlikka yozilgan har bir kishining oti bo’lishi kerak edi. Mehtarning buyrug’i bilan otga tamg’a bosilgan va shu kundan boshlab, bu ot lashkarlarga qarashli bo’lgan”76. Faqat amaldorlargina pul maosh olishgan. Oddiy navkarlarga esa xon tayin qilgan bahoda g’alla berilgan. “Lashkarlikka yaxshi otlar tanlab olinsada yurishlarda yem-xashakning yetishmasligi sababli ko’p otlar o’lgan yurishlarda o’lgan ot uchun egasiga faqat 5 tilla to’langan xolos, shuning uchun ko’plar yurishlarga nochor otlar bilan chiqishga harakat qilgan. Ba’zi navkarlar o’rinlariga odam yollab yuborgan”77.
Tinchlik vaqtida navkarlar hech qanday maosh olishmaydi. Ular o’z mulklarida yashab xo’jalik ishlari bilan shug’ullanishgan. “Xon yurish qilishdan oldin odatda bir necha hafta yoki bir necha oy ilgari bozorlarda jar solingan. Bundan xabar topgan navkarlar belgilangan kunda tayyor bo’lishlari kerak. Yig’ilish joyi va vaqti belgilangan. Xon alohida o’rnak ko’rsatgan navkarlarga o’z aslahaxonalaridan miltiq, o’q va porux inom qilingan”78. Bunday navkarlar yurishlarda ham xonga yaqin joyda yurgan ularning soni 1000 nafar bo’lgan. Lashkarlarning ozchiligida miltiq bo’lib ularning asosiy quroli nayza, qilich, o’q-yoydan iborat bo’lgan. Miltiqlari og’ir buning ustiga tepkisiz bo’lib pilik bilan otilgan.
“Janglar vaqtida oldingi qismda otliqlar harakat qilgan bo’lib ularning ortidan to’plar olib yurilgan eng katta to’pning og’ziga musht arang sig’gan. Bundan tashqari kichik kalibirli 20 tacha to’p bo’lgan, ulardan 6 tasigina yurishlarda olib yurilgan”79. O’qlar odatda kigiz va latta o’ralib to’p og’ziga solib otilgan. Poruxni Xivaliklarning o’zlari tayyorlashgan, lekin ular sifatsiz bo’lgan. To’p xizmati 3 ta to’pdan iborat bo’lib, har birida 4 tadan rus asiri, 2 yoki 3 tadan Eroniy qullardan tuzilgan80.
Ikkinchi guruh-Xiva xonligi yerlarida o’rnashib qolgan Turkmanlar har 10 xonadon 1 ta askar berilgan ularga ham maosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan.
Uchinchi guruh-Ko’chmanchi Turkman va Qozoqlar hamda Qaraqalpoqlardan soliq to’lashga qodir bo’lmaganlari, yurishlarga chiqishlari majbur bo’lgan. Ular ham xondan maosh va oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan.
Bir so’z bilan aytilganda, xonlikda harbiylarga katta miqdorda etibor qaratilgan va ular xizmatlariga yarasha mukofotlanib borilgan.
Xiva xonligida tashqi siyosat masalalariga ham olohida e’tibor qaratilgan masalalardan biridir. Chegaradosh davlatlarning bir birlariga doimiy hujum qilib turishlari natijasida, asir sifatida oligan fuqarolar qul sifatida foydalanilgan natijada O’rta Osiyoda qul savdosini avj olib Xiva va Buxoro xonliklari aholisi tarkibida “Eroniy guruhlar” ning shakllanishiga olib keladi. Ushbu masala haqida to’laroq ma’lumotni NAlimova jurnal sahifalarida chop ettirgan “Xiva xonligi tashqi munosabatlarining etnomadaniy jarayonlarga ta’siri” nomli maqolasida batafsil ma’lumot beradi. “Xiva xonligi taribida bunday guruhlarning qay tariqa vujudga kelganligi haqidagi Eronlik tarixchi Muhammad Kozim(XVIII asr) ma’lumot berib o’tgan”81. Muallif Nodirshoh Xivani bosib olgandan so’ng u yerda o’tkazgan tadbir haqida quydagicha ma’lumot beradi. “Muhammad Kozimning ma’lum qilinishicha Abulg’ozixon II mamlakatda isyon ko’targan yovmut turkmanlarining chiqishlarini bostirish uchun Nodirshohga murojaat etib yordam so’raydi. Nodirshoh Ali Quli isyonini bostirgach Nodirshohning buyrug’iga binoan ilgari Xiva xonligi tomonidan asr qilib olinib Xorazmning besh shahrida yashab kelayotgan barcha Eronliklar va Xurosonliklarni aniqlash va ozod qilish vazifasini buyuradi. Bu ko’rsatma nafaqat asirlarning o’zlariga va ularning o’zaro nikohlari balki mahalliy aholi bilan bo’lgan nikohdan tug’ilgan farzandlarga ham tegishli bo’lgan. Muhammad Kozimning faol harakati bilan 40 kun ichida amalga oshirilgan ushbu tadbir natijasida Xiva xoni Sherg’ozixon(1715-1728) va boshqa xonlar davrida olib kelingan 5-6 mingga yaqin oila borligi aniqlanadi”82.
Maqolada ushbu tadbirga ro’yxatga olingan kishilarning qanday munosabat bildirganligi haqida quyidagilar bayon etilgan. “Mahalliy aholi bilan bo’lgan nikohdan tug’ulganlarni ajratib olishga qaror qilinadi, natijada otasi o’zbek bo’lgan o’z uy-joylariga ega bo’lgan 200 dan ortiq kishi aniqlanadi, lekin ular o’zlarining iltimoslariga ko’ra Xorazmda yashab qolishlariga ruxsat beradi. Qolgan asrlarning bir qismi Nodirshoh davrida asos solingan Marv yaqinidagi Xivaqobod shahriga, bir qismi esa Miro’choga joylashtirishni buyuradi”83.
Maqolada tarixchi olim A.M.Matvevning Buxoro va Xiva xonligi hududida eronlik aholi qatlamining tarkib topishini qo’shimcha omillari haqidagi fikrini ham keltirib o’tgan uning fikriga ko’ra,“eronliklar qatlamini XIX asrda Marv hududidan majburan ko’chirib olib kelingan forslarnng avlodlari turli sabablarga ko’ra bu yerda qolib ketgan Nodirshoh askarlarining avlodlari, Erondagi Qojarlar sulolasi shohlarining qochoq akar va zobitlari, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullanish uchun Buxoroga kelib joylashgan.Shimoliy-sharqiy Eronning immigrantlari shuningdek, Turkman boshliqlari Eron bilan chegaradosh hududlarga uyushtirilgan hujumlar natijasda qo’lga olingan qullarning avlodlari bo’lganliklarini qayd etadi”84.
Maqolalarni tahlil qilish jarayonida shu narsa ayon bo’ladiki, Xiva xonligida navkarlarning ahvoli nihoyat darajada og’ir bo’lgan. Jumladan navkarlar tinch vaqtda maosh bilan ta’minlangan. Bundan tashqari urushlar vaqtida navkarlar oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ular jang vaqtida o’z oziq-ovqatini o’zi ta’minlashi kerak bo’lgan. Oziq-ovqati tugagan navkar mahalliy aholi oziq-ovqatini talashdan iborat bo’lgan. Bu bevosita shusiz ham xalqning og’ir ahvolini yanada og’irlashtirgan.
Ushbu bo’limda biz asosan Xiva va Qo’qon xonligining ichki va tashqi siyosati xonlikdagi diniy unvon va mansablarni atroflicha yoritib borishga harakat qildik. Bu masalalar haqida o’quv va ilmiy adabiyotlarda batafsil ma’lumot berilmagan.Ayniqsa Nodirshohning Xiva xonligini bosib olgandan so’ng xonlikda o’tkazgan islohotlari masalasi ayniqsa, diqqatga sozovor. Xonlilardagi qo’hinlarning ahvoli naqadar og’ir bo’lganligini nima sababdan O’rta Osiyo xonliklari Yevropa davlatlaridan barcha jabhalarda ortda qolganligini ushbu maqolalarni o’qigan vaqtda teranroq tushunish mumkin.Bundan tashqari,Jurnal sahifalarida O’rta Osiyo xonliklari hududida eronliklar guruhining vujudga kelishi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bularning barchasi vatanimiz tarixini yoritishda jurnaldan joy olgan maqolalar ne chog’liq muhim ekanligidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |