Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Amir Temur va temuriylar davrida tarixi masalalariga doir maqolalar tadqiqi



Download 138,5 Kb.
bet6/16
Sana30.12.2021
Hajmi138,5 Kb.
#192717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Imom al – buxoriy saboqlari” jurnali sahifalarida o’zbekiston tarixi masalalarining yoritilishi

1.2. Amir Temur va temuriylar davrida tarixi masalalariga doir maqolalar tadqiqi

O’zbek davlatchiligi tarixida temuriylar davri chuqur iz qoldirib tarixda ikkinchi uyg’onish davri nomi bilan kirgan. Temuriylar davrida ilm-fan, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan taraqqiy topgan davr hisoblanadi. Bu davr bo’yicha mahalliy tarixchilarimizdan tashqari xorijlik tarixchilar ham keng ko’lamdagi tadqiqot olib borganlar. Biz o’rganayotgan jurnal sahifalarida ham temuriylar davri tarixini qamrab olgan bir qator mualliflarning tadqiqotlaridan mavjud. B.Ahmedov, S.Jalolov, A.Sadriddinov, B.Mannonov, M.Muhiddinova,O’Sultonov, N.Jabborov, Kavsar Abul Futuh al-Laysiy, J.Hazratqulov kabi mualliflarning maqolalari shular jumlasidandir42.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov Amir Temur haqida to’xtalib quyidagi fikrlarni bildirib o’tganlar “davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomizning g’ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo’lib kelg’usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz”43.

Amir Temur o’zi tuzgan davlatda qonun ustuvorligini ta’minlashga va adolat boshqaruvni joriy etishga intildi va bunga erishdi ham. Masalan, u Ozarbayjon va Iroqi Ajamga hokim etib tayinlangan nabirasi Umarshayxga shunday ko’rsatma bergan: “Chiqim va kirim bir me’yorda tutilsin shunda mamlakatni boshqarish osonlashadi va zulm qilishga o’rin qolmaydi. Fahm-farosatli va shijoatli kishilar e’tibordan qolamasligi kerak. Yo’llarni muhofaza qilish eng muhim vazifa ekanligini unutmaslik lozim savdogarlar va yo’lovchilarga ozor berishga yo’l qo’yilmasin”44. Bundan tashqari Sohibqiron bilan munosabati yaxshi bo’lmagan Ibn Arabshoh ham Amir Temurning davlat bunyodkorligi yo’lida qilgan xizmatlari haqida quydagi fikrlarni bildirib o’tgan edi. “Amir Temur xalqning turmush darajasi va ma’naviyatini boyitishga ham katta ahamiyat berdi Samarqand xalqiga zeb-ziynat o’ralishga ular ustidan jabr stamni ko’tardi soliq va to’lovlardan ozod etdi xalqqa o’z yerlarida qilich yalong’ochlamaslik zulm va nohaqlik joriy qilmaslikka amir etdi”degan fikrni bildirib o’tgan edi.

Bugungi kunda temuriylar sulolasi haqida juda ko’p tadqiqotlar olib borilmoqda.Ammo bugungi kunga qadar bo’lgan davrgacha Amir Temur bilan bog’liq bo’lgan bir jihat ya’ni sohibqironning Farg’ona vodiysiga kelishi va vodiy bo’ylab uning bosib o’tgan yo’lini aniqlash masalasi bugungi kunga qadar tarixchilar tomonidan kam o’rganilgan masalalardan biridir. Tarixchi olim Sayfiddin Jalolov o’zining jurnal sahifalarida“Sohibqironning Farg’onaga tashrifi” nomi ostidagi maqolasida Sohibqironning Farg’ona vodiysiga yurish qilishi sababini yoritib o’tadi. Farg’ona o’lkasi geografik joylashish o’rni jihatdan shimol va sharq tomondan Tyan-shan tog’lari atrofida joylashgan va Mo’g’uliston davlatiga chegaradosh bo’lgan. Garchi Amir Temur buyuk davlatga asos solgan bo’lsa ham ammo Mo’g’uliston hokimlari tez-tez tog’lar osha hujum qilib turganlar. Bu voqea Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida aks etgan. “Mo’g’ul qo’shinlari Qamariddin boshchiligida Farg’onaga tez-tez hujum qilib turganlar. 1375-yil Amir Temur “cherik jam etib” Mo’g’uliston tomon Qamariddinga qarshi yurish boshlaydi. Bu voqeani Bo’riboy Ahmedov o’z tadqiqotlarida keltirib o’tganlar. Sohibqiron qo’shini Sayramda yurib, Taroz (hozirgi Jambul) shahriga yaqinlashganlaridan xabar topgan Qamariddin chekinib tog’ daralari orasiga yashiringani bois Amir Temur uni topa olmagan. Akademik Bo’riboy Ahmedov ushbu holatni quyidagicha ta’riflaydi. “Qamariddin albatta tutilishi zarur uni tutib kelishga suyukli nabirasi Jahongir boshchiligida qo’shin jo’natadi. Jahongir qo’shinlari hujumiga uchragan Qamariddin yengilib tog’ darasiga chekinadi. Sohibqironning o’zi ham o’z navbatida Dovudbek, Husaynbek, Qora Bahodir degan lashkarboshilarini dushmanni quvib yetish uchun yuboradi.Ular Sayram tomondan sharqqa yurush qilib Ili daryosi bo’yida Qamariddin qo’shinlariga ayovsiz zarba beradi”45.

Amir Temurning o’zi esa Sharafiddin Ali Yazdiyning xabar berishicha “Poytog’” mavzeyigacha keladi. Muallif o’z fikrini davom ettirib tarixiy manbalarda uchraydigan va Amir Temur kelib o’rnashgan Poytog’ bugungi kunda qaysi hudud ekanligiga to’xtalib o’tib shunday fikir bildiradi. “Qadimda Janubiy Qozog’iston tomondan Farg’ona vodiysiga tog’ oralab karvon yo’li o’tgan bu yo’l Andijonga borib “Boburnomada” tilga olingan “Bandisolar” nomli (Andijondan Axsiga boradigan) katta yo’l bilan tutashgan. Amir Temur mana shu yo’l orqali Farg’ona mulkining “Poytog’” mavzeyiga kelgan bo’lishi mumkin. Chunki bugungi kunda ham Andijon viloyati Izbosgan tumani markazi hozir ham “Poytug’” deb ataladi”.

Muallif Sohibqironning qish faslini Farg’onada o’tkazganini ishonchli manbalarga tayangan holda bayon etgan. S.Jalolov Qamariddin boshchiligidagi mo’g’ullarnining keying taqdiri haqida ham to’xtalib Shahzoda Jahongir Qamariddindan qo’lga tushirilgan boyliklar-u asr olingan ayollarni ulug’ bobosiga topshiradi. Asrlar orasida Qamariddinning akasi amir Shamsiddinning Dilshod og’acha ismli qizi ham bor edi. Davr udumiga ko’raoliy hukumdorlar dushmanni o’ziga tobe qilish uchun u bilan quda-anda tutinishgan. Shu niyatda Amir Temur Dilshod og’ani o’z nigohiga oladi. Muallif maqolanini yozish davrida tarixiy manbalarga murojaat qilgan lekin bu asarlarda uchragan tarixiy joy nomlarini muallif o’zining fikr-mulohazalari orqali bayon qilgan u bildirgan fikrlar hali o’z tasdig’ini topmagan shunday bo’lishiga qaramasdan u murojaat etgan mavzu tariximizda kam o’rganilgan mavzu bo’lib dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Temur va temuriylar davri tarixini biz asosan yozma manbalarga tayangan holda o’rganamiz.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qo’lyozmalar fondida temuriylar sulolasi davriga oid bir qancha manbalar saqlanadi.Shunday manbalardanbiri Sohibqiron muhri bosilgan tarixiy manba hisoblanadi. Bahriddin Mannonov o’zining jurnal sahifalarida chop etgan “Sohibqiron muhri bosilgan tarixiy lavha” nomli maqolasida mazkur masalaga atroflicha to’xtalgan. Maqolada dastlab yorliqning hajmiga to’xtalib o’tib “Samarqand qog’oziga turkiy tilda chiroyli nastaliq xatida yozilgan ushbu yorliqning hajmi bir varoq (11-satir) dan iborat. Vaqt o’tishi bilan qog’oz ancha uringan shu sababli uning ayrim so’zlarini o’qish mushkullashgan yorliqning birinchi va uchinchi qatorlarining o’ng tomoniga bodom shaklidagi muhr bosilgan. Muhrning o’rta qismida yirik harflar bilan “Amir Temur Tarag’ay” deb yozilgan”46.

Keyinchalik muallif bu yorliqni mazmunini bayon qilgan.Unda bu hujjat Sohibqiron tomonidan 1378-yilda Xorazmdagi Darxonota mavzeyida istiqomat qiluvchi Abu Muslim avlodlariga berilgan imtiyozlar haqidagi yorliq bo’lganini bayon qilgan. Maqolada Sayyidlar jamoasi haqida ham fikr yurutib, ularga qanday imtiyoz berilganligihaqida to’xtalib o’tadi. Jumladan,“Sayyidlar jamoasi tarqoq yashamagan ular hozirgi Jizzax tumani yaqinidagi Darxonota manzilgohida yashaganlar. Ushbu farmonda Sayyidlarning barcha mol-mulklari amaldorlar xizmat vazifasiga kirgan barcha mulkiy yig’inlardan ozod etilgan “Elchilar” va “Yo’lchilar” ga ham Sayyidlarni bezota qilish man etilgan”. Ushbu hujjatning Sharqshunoslik qo’lyozmalar fondiga kelguniga qadar bo’lgan davr oralig’idagi taqdiri xususida muallif quyidagilarni bayon etadi:“Mazkur hujjat haqida“Turkistanskiy Vedemosti” ro’znomasida dastlabki xabar bosilgan edi.Unda o’sha paytda Turkistonda ruslar tomonidan tuzilgan qadimshunoslar to’garagining navbatdagi kengashi haqida berilgan xabarda N.P.Ostromov ma’ruza qilgan edi. Maqolada bu hujjatning Ostromov qo’liga kelib qolinishi haqida ham izoh berilgan bo’lib unga ko’ra “Inoyatnoma yorliqni” Turkiston general gubernatori tomonidan Xiva xonligiga xizmat safariga yuborilgan general Kalmikovga Xiva xoni iltifot yuzasidan tortiq qilgan. General esa uni sharqshunos N.P.Ostiromovga keltirib bergan.Ushbu yorliq Osturomov qo’liga kelgunicha ma’lum vaqt davomida Xiva xonligi arxivida saqlangan”47.

Chor Rossiyasi o’lkani bosib olgach o’lkaning imkoniyatlari uning tabiiy yer osti va yer usti boyliklarini bilib olish uchun dastlab bosib olingan vaqtdan boshlab qadimiy hujjat va qo’lyozma asarlarni topish, izlash uchun maxsus agentlar turli niqoblar ostida ya’ni “xizmat safarlari” qadimshunos-qiziquvchi, tarixchi, etnograf, numizmat, sayyoh sifatida ma’lumot yiqqanlar. Shulardan biri-1910-yilda Xivaga Turkiston general-gubernatori tomonidan “xizmat safariga” jo’natilgan sharqshunos-ishqiboz general A.D.Kalmikovga ham shunday vazifa yuklatilgan edi. Unga yuklatilgan vazifa shundan iborat ediki, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) ning vafoti va Isfandiyorxonning taxtga o’tirishi munosabati bilan ham “taziya” bildirish ham “muborakbod” etgani borib xon bilan uchrashadi Suhbat davomida Isfandiyorxondan A.D. Kalminkov Amir Temur tomonidan Xiva xonligidagi Abu Muslim avlodlariga berilgan “tarxon” yorlig’ni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi. General bu nodir yorliqni qo’lga kiritgach uni Turkiston general-gubernatoriga keltirib topshiradi va bu haqida tezda Sank-Peterburgga xabar beradi markazdan tezda hujjatlarni rus tiliga tarjima qilish haqida ko’rsatma beriladi.Natijada ushbu hujjat tarjima qilish uchun sharqshunos olim N.P. Ostiromovga beriladi”48.N.P.Ostromov ushbu yorliq “Amir Temurning Xorazmga bir necha bor uyushtirgan harbiy yurishlarida unga qarshilik ko’rsatmagan aholining ma’lum qatlamiga qator imtiyozlar berish niyatida amalga oshirilgan tadbirlardan biri sifatida paydo bo’lgan” degan xato fikirni bildirib o’tadi49.

Sohibqiron Amir Temur davridaMovaraunnahr bilan jahonning ko’plab mamlakatlari o’rtasida harbiy-siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar o’rnatilgan. Bu haqida uning turli hukumdorlar bilan olib borgan yozishmalari orqali bilib olish mumkin. Jurnalda Jo’rayev Mahmudning“Amir Temur haqida haqiqat” nomli maqolasi e’lon qilindi. Bu maqola Mamluklar davrida yashab ijod etgan Misrlik mashhur olim va kotib Ahmad Qalqashandiyning (1355-1418) (Insho san’atida shabko’rga darslik) asarini tahlil qilish natijasida yozilgan bo’lib muallif Mamluk sultonlarining xorijiy davlatlar bilan olib borgan yozishmalar xususida so’z yuritar ekan sulton Barquq (hukumronlik yillari -1382-1399-yillar) va uning o’g’li –Sulton Farajning (1399-1412). Amir Temur bilan aloqalariga to’xtalib o’tadi. “Ancha katta hajmni tashkil etilgan ushbu nomalarda asosan Amir Temurning Damashqni zabt etish arafasida va undan so’ng bitilgan bo’lib barcha yagona mavzu –sulh masalasiga bag’ishlangan. Unda Amir Temurning Zohir Barquq davrida asirga olingan amir Otlamishni ozod etish va o’zaro sulh tuzish bilan bog’liq masalalar yoritilgan bo’lib Sohibqironning jahon hamjamiyatida katta obro’-e’tiborga ega bo’lganligi haqida ma’lumot berib o’tadi”50.

Sohibqiron Amir Temur va uning shaxsiyati borasida hozirga qadar ko’plab yozuvchilar va tadqiqotchi olimlar tomonidan bir guruh asarlar yaratilgan bo’lib Mustaqillikdan so’ng Amir Temurga atab yurtimizda 900 dan ortiq, xorijda esa 400 dan ortiq tarixiy, ilmiy ommabop badiy asarlar yaratildi. Ammo, bu asarlarda xilma –xil bir biriga zid bo’lgan fikrlarni uchratamiz anashunday asrlardan Sohibqironning faoliyatiga bag’ishlab yozilgan asrlardan biri bu Suriyalik olim Muhammad Amin Shayxurning (Haqiqatu Taymurlang) “Tumurlang haqida haqiqat” asarini misol qilib keltirish mumkin. Muallif bu maqolani yozishda o’ziga xos ilmiy- tahliliy yondashgan bo’lib,unda arab, fors, turkiy hamda g’arb adabiyotidan keltirilgan Amir Temur haqidagi ma’lumotlar qiyosiy ravishda tahlil qilingan.Maqolada “Haqiqat-u Taymurlang” asariga to’xtalib u ikki kitobdan iborat bo’lib. Birinchi kitob to’qqiz bob va 270 sahifa, Ikkinchi kitob esa o’n ikki bob hamda 226 sahifani o’z ichiga oladi”51.

Birinchi kitob asosan Amir Temur hayoti faoliyati va shaxsiyati haqida bo’lsa,

Ikkinchi kitobda esa Sohibqironning Suriya tarixidagi o’rni hamda Temuriy shaxzodalar haqida so’z boradi.

Ushbu tadqiqotimizda Amir Temur va u tuzgan saltanatning keying taqdiri haqida ham to’xtalib o’tishni joiz topdik. Ma’lumki Amir Temur 1404-yili Xitoy safariga otlanadi Xitoyga qarshi yurishga sabab sifatida tarixchilar bir qator sabablarni keltirib o’tadilar o’sha vaqtda Xitoyda Min sulolasi hukumron edi bu sulola Turkiston mintaqasiga davogar bo’lganini tarixchilar qayd etib o’tgan edilar.Bundan tashqari Sohibqironga “o’g’limiz” deb murojaat etgan o’sha davr diplomatiyasi qoidalariga binoan “o’g’limiz” degani sen menga tobesan degan ma’noni anglatgan edi. Bundan tashqari Imperator Sohibqirondan soliq to’lab turishni talab qilganligi sabab bo’lgan52. Amir Temur o’limi oldidan quyidagicha vasiyat qoldiradi “Shu kundan e’tiboran farzandimiz Pirmuhammad Jahongirni o’zimizga valiahd va toju-taxt vorisi etib tayinladikkim Samarqand taxti uning amri-farmonida bo’lsin. Sizlar unga bo’ysunish marosimini o’rniga qo’shinglar kerak uni birgalikda qo’llab-quvvatlang toki olam buzulmasin millatning dardiga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Adolat va ozodlik dasturingiz rahbaringiz bo’lsin men kabi uzun saltanat tutishni istasangiz qilichingizni yaxshi ushlab chekingiz unga men kabi itoat etajaksiz qo’mondonlarim menga hozir itoat izhor etingiz53. Kabi vasiyatni aytib o’tgan edi lekin hech kim Pirmuhammadning vorislik huquqini tan olmadi va o’zlaricha hokimiyat uchun kurashga kirishib ketdilar 1405-yili 19-fevralda Sohibqironning jasadi Saroymulkixonim, Takalxonim, Tumo og’o nabirasi Ulug’bek kabi kishilar kuzatuvida Samarqandga yuboriladi Amir Temurning sodiq sarkardalaridan Amir Shohmalik va Shayx Nuriddin kengash o’tkazib Sohibqiron rejalashtirgan yurishni davom ettirish haqida kelishib oladilar lekin Sohibqironning o’g’illaridan hech qanday yordam ololmaydilar. Aksincha ularning hokimiyat uchun boshlab yuborgan kurashlaridan xavotirlanib qo’shinlarini Samarqandga qaytarishga majbur bo’ladilar.

“Sohibqironning vasiyatini birinchi bo’lib Toshkentda yashayotgan Xalil Sulton buzadi. U atrofidagi kishilarga sovg’a-salom ulashib o’z atrofiga bir guruh tarafdorlarni yig’adi va Toshkentdan Samarqandga tomon yo’l oladi. Bir guruh amaldorlar esa uni hukumdor sifatida taxtga o’tkazadilar. Sohibqiron tomonidan poytaxt boshlig’ligiga tayinlangan Arg’unshoh Sohibqironning jasadini shaharga kiritib Saroymulkixonim, To’kalxonim, Tumon og’ani va boshqa malikalarni shaharga kirgazmaydi. Shuningdek Ulug’bek, Shoh Malik va Shayx Nuriddinga ham shahar darvozalarini ochmaydi natijada shaharga kirolmagan Ulug’bek va beklar Buxoroga yo’l olishga majbur bo’lganlar. Shu tariqa Sohibqironning jasadi uning farzandlarisiz, nabiralarisiz, sodiq lashkarboshilarisiz Muhammad Sulton madrasasiga ko’miladi”54.

“Samarqand taxtini egallab olgan Xalil Sulton o’zining mavqeyini mustahkamlash va xalq oldida o’zining mavqeyini ko’tarish uchun va bobosiga bo’lgan sadoqatini ko’rsatish uchun Sohibqironning jasadini Muhammad Sulton madrasasidan olib hozirgi gumbazli maqbaraga dafn etish marosimini tantanali tarzda o’tkazadi. Bu haqida tarixchi Ibn Arabshoh quyidagi fikrlarni aytib o’tadi “Jasadni tobutga solib boshliqlar boshlarida ko’tardilar uning janoza marosimida boshliqlar, qo’shinlar boshyalang qora kiyim kiygan holda bordilar ular bilan birga ayonlar ham boredi. Temurni nabirasi Muhammad Sultonning yoniga, nabirasi madrasasiga Ruhod degan joyga qo’ydilar Xalil Sulton uning jasadi ustida a’za shartlari: xatmi Qur’on, ruba poralari, duo o’qitish, sadaqa tarqatish taomlar va shirinliklar ulashni bajo keltirdi”55.

Dafn marosimini shu tariqa bo’lib o’tganligi haqida fikr bildirib o’tadi. Saltanatning keyingi taqdiri esa Xalil Sultonning to’rt yillik boshqaruvi davrida maishat bilan shug’ullanib davlat ishlariga e’tibor bermaydi. 1409-yilda esa Shohrux Xalil Sultonni mag’lubiyatga uchratib Samarqand taxtiga o’g’li Ulug’bekni o’tqazadi. Xalil sultonni esa Erondagi Ray shahri hokimi etib tayinlaydi va shu yerda 1411-yilda vafot etadi. Bularning barchasi davlatning kuch-qudrati hamda xalqaro maydondagi mavqeyini pasayishiga olib keldi va shu tariqa saltanat o’zining mavqeyini tiklay ololmadi va inqiroz bosqichiga kirdi.

Jurnal sahifalarida Temuriylar davri tarixining ziddiyatli va kurashlar davrini yoritishda Komilxon Kattayevning “Manba va talqin” nomli maqolasi chop etilgan.Maqolada asosiy e’tibor temuriylar davrida katta nufuzga ega bo’lgan Xoja Ahror Valiyning faoliyatini va uning Yunusxon bilan uchrashuv jarayonini Mirza Haydarning “Tarixi Rashidiy” asari oasosida yoritib bergan. Tarixchi Mirza Haydarning yozishicha ular ikki marta uchrashgan. “Birinchi safar 1482-yil Yunusxon Marg’ilonga tashrif buyurganda Xoja Ahror bilan uchrashishga muyassar bo’lgan. Bu paytda Marg’ilonda Umarshayx Mirzoning roziligiga binoan Yunusxon katta bo’lmagan o’rdasi bilan turar edi”56. Jomiyning “Tuxfat ul-axror”va “Silsilat uz-zaxib” asariga uchraydigan ma’lumotlarga qaraganda Xoja Ahror doimo Chingizxondan qolgan urf-odatlarni yo’qotish tarafdori bo’lgan Xoja Ahror Islom olamida katta din peshvosi bo’lganligi uchun bu ananalar islom olami qonun-qoidalariga to’g’ri kelmasligi va bu an’analardan voz kechish g’oyalarini ilgari suradi. Xoja Ahror vodiy bo’ylab safari davomida o’ziga yangi muridlar topish va islom aqidalarini kengroq yoyishni maqsad qiladi va bundan tashqari vodiyda katta sonli mo’g’ul jamoasi to’plangan edi.Safardan ko’zlangan maqsadlarning yana biri bu mo’g’ul qabilalarininjg islomga bo’lgan munosabatini bilish va ular orasida o’zlariga murid orttirishdan iborat bo’lgan edi.

Muallif Yunusxon bilan uchrashuv esa Xoja Ahrorning o’zida katta taassurot qoldirganligini ta’kidlab “Tarixi Rashidiy”da ushbu voqeani quydagicha keltirib o’tilganligini ta’kidlaydi. Xoja Ahror o’z yaqinlariga shunday degan “Men Yunusxonni soqolsiz dashtlik bir mo’g’ul deb eshitgan edim biroq u qalin soqollik tojik chexrali samimiy suhbatdosh bo’la oladigan bir musulmon ekan”57. Yunusxonning etiqodidan ko’ngli to’lgan Xoja AhrorMovaraunnahr va Xuroson hukmdorlariga “Biz Yunusxonni ko’rdik bunday etiqodli hukumdorning fuqarolarini qul qilib sotish aslo mumkin emas bundan buyon Mo’g’ullarni hech kim qul qilib sotmasin va sotib olmasin” deb noma yuboradi. Shundan so’ng Mo’g’ullarni qul sifatida sotishga chek qo’yiladi”58.

Ular o’rtasidagi ikkinchi uchrashuv haqida muallif batafsil to’xtalib “ikkinchi uchrashuv 1485-yil Toshkentda bo’lgan tarixdan ma’lumki bu paytda Temuriy shaxzodalar o’rtasida taxt uchun jang ketayotgan edi. Unda Sulton Ahmad Mirzo va Umarshayx Mirzo hamda Mahmud sultonning birlashgan qo’shini Chir daryosi bo’yida urush holatida edi. Bu vaqtda katta nufuzga ega bo’lgan Xoja Ahror Valiy Toshkentga tashrif buyurib munosabatlarga oydinlik kiritadi ya’niki Toshkentni temuriy shahzodalarga emas balki Yunusxon ixtiyoriga qoldiradi. Ijtimoiy-siyosiy sohada Xoja Ahrorning mavqeyi baland bo’lganligi uchun shaxzodalar Xoja Ahrorning rayiga qarshi chiqolmagan natijada o’z mulklariga qaytib ketganlar”. Xoja Ahror esa Toshkentga kelib Yunusxon bilan uchrashadi.Chunki bu vaqtda Yunusxon falajga chalinib jang maydoniga bora olmagan o’rniga esa sulton Mahmudxonni 30000 kishilik qo’shin bilan jo’natgan edi. Ahamiyatli jihati shundaki, Yunusxonning falaj bo’lib qolib kasalga chalinish voqiasi “Tarixi Rashidiy” asarida bayon qilinmagan muallif ushbu voqia yuzasidan ma’lumot bermagan.

Muallif Xoja Ahrorning Toshkentni Yunisxonga nima sababdan berganligi haqida ma’lumot bermaydi. Buning sababi “Tarixi Rashidiy” da ham bayon qilinmagan biroq bu savolga ikkita taxminiy javob berish mumkin birinchidan Sulton Ahmad mirzo va Umarshayx mirzo o’rtasidagi o’zaro urushlar natijasida Movarounnahrda izdan chiqib borayotgan iqtisodiy va madaniy hayotni jonlantirishga sharoit yaratuvchi siyosiy vaziyatni yuzaga keltirmoqchi bo’ldi. Ikkinchidan, Xoja Ahror Yunusxonni ham siyosiy ham ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlab Mo’g’ulistonda ham Naqishbandiylik tariqatini keng yoymoqchi bo’lgan. Xoja Ahror haqida so’z ketganda avvalo uning faoliyatini sovet davrida qoralab uning Mirzo Ulug’bekning o’lmiga aybdor shaxs sifatida noto’g’ri talqin qilib kelingan edi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng esa asl manbalarning o’rganilishi natijasida bu fikirning xato ekanligi o’z tasdig’ini topdi. Shu vaqtda haqli savol tug’iladi agar bu aqida xato bo’lsa unda asl haqiqat nimadan iborat?

Komilxon Kattayev bu voqealarga ham oydinlik kiritib o’tgan o’z maqolasida quyidagi fikr bildiradi. “Birinchidan Xoja Ahror hayoti davomida Mirzo Ulug’bek bilan mutlaqo uchrashmagan. Xoja Ahror el nazariga tushgandan keyin Samarqandga ilk bor 1450-yil ko’chib o’tgan. Bu nafaqat Mirzo Ulug’bek, balkim uning o’g’li Abdullatif shahid etilgandan keyin ya’ni hokimiyat Abdullo Mirzo qo’liga o’tgan vaqtga to’g’ri keladi. Shu dalilning o’zi Xojaning Ulug’bek fojiasiga hech qanday aloqasi yo’q ekanligini ko’rsatib turibdi. Qadimiy qo’lyozmalardan “Rashahat ayni-l-hayot” da Ulug’bekning shahid bo’lishiga Mavlono Nizomiddin xomushiyning sababchi ekanligi ochiq va qattiy tarzda ta’kidlangan”59. degan fikrini manbalarga tayangan holda asoslab bergan.

“Xoja Ahror valiy bilan Mirzo Ulug’bek orasidagi munosabatlarni-“XV asr O’rta Osiyo uchun ikki dunyoqarash zamoni bo’ldi. Bu dunyoqarashlardan biri Temurning nabirasi-Ulug’bek bo’lib o’tmishda Temurning poytaxti Samarqandda hukmronlik qildi. Ikkinchi dunyoqarashning nomoyondasi Naqshbandiylar nomoyondasi Xoja Ahror bo’lib Ulug’bek o’limidan so’ng ikki yil o’tgach o’zining diniy obro’sini ishga solib siyosiy hokimiyatni o’z qo’liga oldi va Temurning haqiqiy va soxta avlodlari orqali davlatni idora qildi”-deya ilk bor buzib talqin qilgan kishi akademik Bartol’ddir”60. Keyinchalik boshqa olimlar ham mazkur lavhadan ayni bir vaqtda va shaharda ikki shaxs bir-biriga qarshi kurash olib borgan degan yanglish xulosa chiqarganlar. Bartol’d o’zining oxirgi jumlasida “Xoja Ahror Temurning haqiqiy hamda soxta avlod vakillari orqali davlatni idora qildi” deb ta’kidlagan edi.

Birinchidan Xoja Ahrorning Samarqanddagi faoliyati davrida Mirzo (hukumronligi 1451-1459-yillar) uning o’g’li Ahmad Mirzo (hukumronligi1469-1494-yillar) hukumronlik qilishgan va ikkinchidan ushbu ikkala podshoh Mironshoh ibn Amir Temurning nabiralari bo’lib ular soxta emas, balki haqiqiy temuriylardir. Bundan ko’rinib turibdiki. Xoja Ahror bilan Ulug’bek o’rtasida hech qanday sovuq munosabat bo’lmaganligini ko’rsatib turish mumkin.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Sohibqironning vasiyatini dastlab vorislari so’ng ayrim mansabdorlar buzib o’z manfaatlarini o’ylab yo’l tutadilar natijada sal kam besh yil mobaynida behuda qon to’kildi boyliklar talandi mamlakatda parokandalik avj oldi. Otasi bir onasi boshqa farzandlarning har biri o’zini taxt vorisi hisoblardi. Sohibqiron vafotidan so’ng murakkab vaziyatni bartaraf etib saltanat jilovini mahkam ushlashga qodir shaxs topilmadi. Ayniqsa katta o’g’il Shohrux bilimdonlik va shiddat bilan harakat qilmadi.Shohrux kech bo’lsada poytaxtni qo’lga kiritdi, lekin bu ishni vaqtida amalga oshira olmadi. Shohruxni poytaxtni Hirotga ko’chirib ham katta xatoga yo’l qo’ydi. Bu bir tomondan Samarqandning obro’yiga putur yetkazdi ikkinchi tomondan esa saltanatning ikki qisimga bo’linishiga olib keldi.

Ushbu bo’limning ahamiyatli tomoni shundaki O’zbekiston tarixi o’quv darsliklarida Sohibqironning Tug’luq Temur bilan munosabatlarning yomonlashuviga sabab bo’lgan voqea bayon qilinmagan jurnal sahifalarida esa bunga sabab sifatida Sohibqironning Sayyidlarni himoya qilgani bunga sabab bo’lganligi ishonchli manbalar orqali tahlil qilib berilgan.

Ushbu bo’limga asosan Temuriylar davrining nisbatan kam o’rganilgan jihatlarini yoritishga harakat qildik. Sohibqironning Farg’ona vodiysiga yurish qilish sabablari, Farg’ona vodiysida o’tkazilgan tadbirni bundan tashqari Sayyidlarga ko’rsatgan hurmat-ehtiromi qay darajada bo’lganligi ularga yaratib berilgan imtiyozlar nimalardan iborat bo’lganligini haqida ma’lumotlarni kiritshga harakat qildik. Ushbu ma’lumotlar o’z navbatida bugungi kunda mamlakatimiz tarixining kam o’rganilgan jabhalari tadqiqotchilar tomonidan izchil va asosli holda o’rganilayotganligidan dalolat beradi.




Download 138,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish