Bu sohaning asosiy tarmoqlari – dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham o’z navbatida bir qator kichikroq tarmoqlarga bo’linadi: Dehqonchilik – dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik, o’rmon xo’jaligi va boshqalar. Chorvachilik – qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik, cho’chqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar. II BOB. Jahon qishloq xo’jaligi. 2.1.Mamlakatlarda qishloq xo’jaligi. Yer shari iqtisodiy faol aholisining 60%dan ortig’i qishloq xo’jaligida band, agar qishloq xo’jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 2/3 qismi qishloq xo’jaligi sohalariga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |