Qishloq xo’jaligi – bu aholi qadimdan va hozirgi FTI (fan texnika inqilobi) rivojlanib kelayotgan ishlab chiqarish sohasidir. Bu soha nafaqat asosiy oziq-ovqat yetkazib beruvchi manba, hisoblanadi balki, ko’pchilik aholining o’ziga xos turmush tarzidir. XX-XXI asr bo’sag’asida agrar sektorda ishlayotgan aholi soni 1.3 mlrd.ga yetdi, qishloq xo’jaligi joylarida yashayotgan odamlar umumiy soni esa 2,6 mlrdni tashkil qildi (1997-yil aholining 44%i). Mazkur sohaning asosiy xususiyatlari: keng va uzun dalalar, sovuq, mo’tadil va issiq agrolandshaftni o’z ichiga oladi. Ushbu sohada yerga asosiy e’tibor qaratilgan, chunki yer asosiy foyda olish manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |