AQSH agrar tarmog’i keng ko’lam, yuqori unumdorlik, texnik jihatdan yuqori darajada ta’minlangani bilan izohlanadi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotida chorvachilik 60%ni tashkil etadi. AQSHning asosiy agrar mintaqasi shimoli va shimoli-sharqidir. Kanada yalpi ichki mahsulotining 2.1%i qudratli qishloq xo’jaligi tarmog’i tomonidan yaratiladi. Mazkur tarmoq mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlaridagi ehtiyojini to’laligicha qoplaydi. Qishloq xo’jaligidagi asosiy tarmoq – go’sht va sut olinadigan chorvachilikdir, unga yalpi mahsulotining 60%i to’g’ri keladi. Kanada bug’doy va yem-xashak yetishtiruvchi dunyodagi eng yirik mamlaktlar safiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |