2.2. Jahon yer fondi. Yer fondi bu, ma’lum hududda, uning chegaralari ichidagi xo’jalik yuritish, mulkchilikka egalik qilish, foydalanish, ijara obyektlari hisoblangan barcha yerlarning yig’indisidir. Yer fondi – mamlakatning jami yer resurslari maydonidir. Dunyo yer fondining umumiy maydoni – 134 mln. km/2 (13.4 mlrd.ga) teng. Dunyo yer fondining asosiy qismini Afrika, MDH, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika egallagan (2.2.1-jadval). Aholi jon boshiga oladigan bo’lsak, aholisi nisbatan kam bo’lgan Avstraliya birinchi, aholisi eng ko’p bo’lgan Osiyoeng oxirgi o’rinni egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |