Tabiiy sharoitining noqulayligiga qaramay, JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) agrar tarmog’i mamlakat ehtiyojlarini qoplay oladi. O’simlikchilikning asosiy yo’nalishlari bug’doy (2-2.5 mln. t) va jo’xori (8 mln. t) yetishtirish hisoblanadi. Chorvachilikda esa qo’y-qo’zichilik yo’nalishlari taraqqiy etgan bo’lib, qo’ylar soni bo’yicha JAR Afrika qit’asida birinchi, dunyo bo’ylab esa 8-o’rinni egallaydi. Yaponiya yuqori intensive agrar tarmoqqa ega. U yalpi ichki mahsulotning 1.5%ini beradi. Mamlakat agrar tarmog’i yuqori darajada subsidiyalanib, himoyalanib turilgani uchun agrar hosil hajmi bo’yicha Yaponiya Dunyoda peshqadam mamlakatlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |