Germaniya qishloq xo’jaligi yuqori darajada mexanizatsiyalashgan hisoblanadi. Iqtisodiyotning mazkur tarmog’ida mamlakat hududining 45-49% ishlatilib, unda yalpi ichki mahsulotning 1-2%i yaratiladi. Germaniya agrar tarmog’ining yetakchi bo’g’ini chorvachilik bo’lib, uning hissasiga qishloq xo’jaligida yaratiladigan mahsulotlarning 70%i to’g’ri keladi. Buyuk Britaniyaning agrar tarmog’i yuqori rentabelli hisoblanadi. Qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i chorvachilik bo’lib, unda agrar mahsulotning 60%i yaratiladi. Tarmoq sut, tuxum, tovuq, cho’chqa va mol go’shtlari kabi mahsulotlar bilan ichki talabni to’liq qondiradi. Ziroatchilik ikkinchi darajali tarmoq hisoblanib, shudgor yerlarning 1/3 qismiga don mahsulotlari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |