Yangi davrda osiyo va afrika mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi



Download 66 Kb.
bet1/2
Sana05.12.2022
Hajmi66 Kb.
#879025
  1   2
Bog'liq
1-mavzu yangi davrda osiyo va afrika mamlakatlarining iqtisodiy


YANGI DAVRDA OSIYO VA AFRIKA
MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISHI
ASOSIY YO’NALISHLAR VA TENDENSIYALAR
Reja:
1.Osiyo va Afrika mamlakatlari yangi davr boshida. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy
yo’nalishlari. 
2. Sharq mamlakatlarining mustamlaka davrigacha bo’lgan iqtisodiy taraqqiyoti.
3. Mustamlaka va yarim mustamlaka o’lkalarning iqtisodiy evolyutsiyasi xususiyatlari.

Tarixga markscha qarash inqirozga uchragandan so‘ng o‘tgan vaqt ichida tarix va falsafadan paydo bo‘lgan adabiyotlarning aksariyatida insoniyat tarixini siklik dinamika va sotsiogenetika nazariyasi asosida, nisbatan qisqa sikllardan to ko‘p asrlik sivilizatsion sikllar va ming yillik katta sikllar asosida qurishga harakat qilinadi1. Bu esa insoniyatning o‘tmishi, buguni va kelajagini ibtidoiy jamoa tuzumi deb ataluvchi uzoq mavhumlikdan boshlangan va «kommunizm» deb ataluvchi boshqa bir adadsiz mavhumlik bilan yakunlangan beshta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga an’anaviy ajratishdan voz kechish, yangi, muqobil usullarni joriy qilish imkonini berdi.


XX asrning birinchi yarmida tarixga sivilizatsiyali yondoshuv fanda keng tarqaldi. Bunda tarix neolitdan boshlangan lokal sivilizatsiyalarning tobora katta tezlik bilan davriy almashinib turishi sifatida tasavvur qilinadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning xarakteriga qarab farqlanadigan hamda o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlardan o‘tadigan lokal sivilizatsiyalar va uning yaratuvchisi – inson o‘rganishning asosiy ob’ekti sifatida qaraladi. Bu qarash XVIII asrda shakllangan bo‘lsada (asoschisi italiyalik olim D. Viko hisoblanadi), tarixga lokal sivilizatsiyalarning almashinish jarayoni sifatida qarash XX asrda G‘arb sivilizatsiyasi mamlakatlarida keng tarqaldi va yanada takomillashdi. Bu nazariyani ishlab chiqish va takomillashtirishga N. Danilevskiy, O. SHpengler, P. Sorokin, K. YAspers, A. Toynbi, L.N. Gumilev, O. Toffler, M. Veber, F. Brodel, S. Xantington, M. Xaydegger, kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
Afsuski g‘oyaviy utilitar doktrinalar hukmron bo‘lgan sovet mustabid tuzumi davrida bu nazariyani tan olish hamda jahon va Vatan tarixini o‘qitishda qo‘llash imkoniyati yo‘q edi. CHunki ijtimoiy fanlar kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilardi. Bu tuzum va unda hukmronlik qilgan dogmalar qulashi bilan tarixiy jarayonlarning yangi paradigmalarini o‘zlashtirish uchun keng imkoniyatlar ochildi, mustaqillik tufayli haqiqatni anglash omilini shakllantirish va uning muqim amal qilishiga sharoit yaratish imkoni paydo bo‘ldi. Vatanimiz va jahon tarixini o‘rganishning yangi, ilmiy xolislikka asoslangan prinsiplari ishlab chiqilmoqda.
Fransiya, Angliya, Germaniya va Yevropaning bir qator boshqa mamlakatlarida yangi tarixning boshlanish nuqtasi qilib Buyuk geografik kashfiyotlar, Gumanizm va Reformatsiya qabul qilingan. Aynan geografik kashfiyotlar dunyoning faqat geografik emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ko‘rinishini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Geografik kashfiyotlar natijasida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida «narx-navo inqilobi»2 yuz berib, bu voqea ushbu mamlakatlarda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi uchun katta turtki bo‘ldi va keyinchalik bir qator Yevropa mamlakatlarini metropoliyaga aylantirgan mustamlakachilik tizimining shakllanish jarayonini boshlab berdi.
SHarqda aynan shu hodisaning o‘zi qarama-qarshi jarayonlarni keltirib chiqardi. Bu erda turg‘unlik, iqtisodiy va madaniy sohalarda G‘arbdan orqada qolish hollari yuz berib, oxir-oqibatda qachonlardir yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan SHarq mamlakatlarining ko‘pchiligi mustamlaka va yarim mustamlakalarga aylantirildi. SHu tariqa mustamlaka tizimi va umumjahon bozori vujudga keldi. Insoniyat tarixida birinchi marta jahon xalqlari tarixi bir butunlik kasb eta boshladi.
Osiyo va Afrika xalqlarining yangi davri an’anaviy ravishda ushbu mamlakatlarning mustamlakalarga aylantirilish jarayonini qamrab oladi. Jahon tarixining ma’lum davri sifatidagi YAngi tarixning xarakterli tomonlari Yevropa uchun ham, Osiyo va Afrika mamlakatlari uchun ham umumiydir. Ammo bu tarixiy davrning mazmuni Er sharining ushbu turli mintaqalari uchun mutlaqo turlicha: G‘arbning ilg‘or mamlakatlarida kapitalizm rivojlanib, hukmron munosabatlarga aylanayotgan edi; Osiyo va Afrika mamlakatlari aksincha, uzoq muddatli inqiroz davriga kirdilar va keyin kapitalistik davlatlarning ekspansiya manbaiga aylandilar.
Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixshunosligi sharqmarkazchilik yondoshuviga asoslangan bo‘lib, mintaqaviy xronologik chegaralarni belgilamaydi. Ko‘pincha ular o‘z mamlakatlaridagi aniq tarixiy jarayonlarni davr chegarasi qilib belgilaydilar. Masalan, ko‘pchilik Xitoy tarixchilari YAngi tarixning boshlanishi deb birinchi «afyun urushi»ni (1840 –1842), yakuni deb esa Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishini (1949) oladilar. Biz na sharqmarkazchilik, na Yevropamarkazchilik yondoshuvlarini bir tomonlama yoqlamagan holda, yuqorida ko‘rsatilgan voqealarning (Angliya burjua inqilobi bilan Fransuz burjua inqilobi ham) birortasi butun jahon miqyosida taraqqiyot vektorining keskin burilishiga olib kelgan voqealardan bo‘lmaganligini ta’kidlamoqchimiz. Faqat Xristofor Kolumb (1492) va Vasko da Gama (1498) lardan boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlargina dunyo xaritasining real o‘zgarishiga olib kelgan jarayonlarga muqaddima bo‘ldi va butun dunyo xalqlarining hayotida keskin burilish yasadi. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin tom ma’noda YAngi davr boshlandi.
«YAngi tarix» termini dastlab gumanist-tarixchilar tomonidan iste’molga kiritildi. Ular Yevropa Uyg‘onish davrida dunyoviy fan va madaniyatning rivojlanishi, insonning sha’ni, qadr-qimmati tushunchalarining keng omma orasida qaror topishi, shaxsning tashabbuskorligi va tadbirkorligi singari xususiyatlariga keng yo‘l ochilishi va bular natijasida kishilarning dunyoqarashi va hayotida keskin o‘zgarishlar yuz berganligini yangi davr boshlanishi uchun asos qilib oldilar. YAngi davr, gumanistlarning fikricha, kishilarning tabiiy tengligi g‘oyasini, shaxsning erkinligi va sha’ni kabi demokratik tushunchalarni o‘zida mujassamlashtirgan yangicha dunyoqarashning shakllanishi va hukmron dunyoqarashga aylanishi bilan o‘rta asrlardan farq qiladi. YAngi davrning eng xarakterli tomonlaridan biri, dunyoni yangicha tushunish asosida shaxsning tashabbuskorligi, tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar ochishda va shuning natijasida iqtisodiy hayotning gurkirab o‘sishida namoyon bo‘ladi.
XVI asrdan XVII asrning birinchi yarmigacha dastlab G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida asta-sekin yangicha hayot tarzi vujudga kela boshladi. YAngi davrning shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, borgan sari ko‘plab xalqlar va mamlakatlarni qamrab oldi. Jahon xalqlari tarixi yagona jarayon sifatida shakllana bordi.
Yevropaliklarning hayotida ko‘plab yangiliklar paydo bo‘lib, ularning bir qismi SHarqdan kirib keldi. Jamiyat taraqqiyotida yangi belgilar paydo bo‘ldi:
– o‘rta asrlarning buyuk ixtirolari – kompas, porox, kitob chop etish va boshqalar hayotga yanada kengroq tatbiq qilina boshlandi;
– energiyani odatdagi manbalardan (suv, shamol) olish va ularni mexanizmlar bilan uzatishga yordam beradigan ko‘plab yangi kashfyotlar qilindi;
– manufaktura ishlab chiqarishi rivojlanib, asta-sekin sexlarni siqib chiqara boshladi;
– metallarga va o‘tochar qurollarga ishlov berish jarayoni takomillashdi;
– savdo rivojlandi va pul-tovar xo‘jaligi mustahkamlandi;
– savdo markazlari bo‘lgan shaharlar jamiyat hayotida tobora kattaroq rol o‘ynay boshladi;
– aholining tarkibi o‘zgardi – shaharlarda burjuaziyaning salmog‘i oshdi, yollanma ishchilar tez ko‘paya bordi, ziyolilar soni o‘sdi;
– burjuaziya sonining oshishi, uning boylik to‘plashi, insoniy qadr-qimmat tuyg‘usining rivojlanishi bu qatlamni o‘z ozodligi va mulki uchun, jamiyatda hukmronlikni qo‘lga olish uchun kurashga boshladi;
– dehqonlarning shaxsiy ozodlikka erishishi qishloq xo‘jaligida ham yollanma mehnat va tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keldi. Ko‘plab zodagonlar ham endi tadbirkorlik faoliyatiga tortildi.
Bundan tashqari yangi davr rivojlangan shahar madaniyati, antik davr tarixiga bo‘lgan ulkan qiziqish, uni ideallashtirish, badiiy san’atning tez hayotiylashuvi kabilar bilan ham xarakterlanadi. Aslida, ko‘pchilik hollarda fojiali oqibatlarga olib kelgan urushlar, qo‘zg‘olonlar va inqiloblar emas, kishilarning yaratuvchanlik faoliyati, doimiy izlanish va intilish ma’naviyat va madaniyatda, ijtimoiy hayotda va iqtisodiy o‘sishda katta ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
SHu ma’noda gumanistik g‘oyalar ham birdaniga o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgan emas. U kishilar asriy intilishlarining, tinimsiz yaratuvchilik faoliyatlarining qonuniy mahsuli edi. Ana shu g‘oyaviy oqim – gumanizm doirasida XV asrdan boshlab gumanistik tarixshunoslik ham shakllandi. Bu yangi davrda tarixiy fikr rivojining birinchi bosqichi bo‘ldi. Gumanistlar tarix fanini diniy tasavvur va afsonalardan xolos qilib, tarixni kishilar faoliyatining mahsuli deb qaradilar, tarixiy voqealarni ratsionalistik nuqtai nazardan tushuntirdilar va shu asosda insoniyat tarixini yangicha davrlashtirishni ishlab chiqdilar.
Gumanistlargacha Yevropada tarixni to‘rtta monarxiya – Ossuriya-Bobil (Vavilon), Midiya-Eron, YUnon-Makedon va Rim monarxiyalari bo‘yicha davrlashtirish qabul qilingan edi. Gumanistlar bunday davrlashtirish o‘rniga insoniyat tarixini «qadimgi», «o‘rta» va «yangi»ga bo‘lishni taklif qildilar. Ular bunday bo‘lishga madaniyat xarakteridagi farqni asos qilib oldilar.
Hozirgi kunda ham bir qator olimlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlarga asoslangan marksistik davrlashtirishga nisbatan gumanistlarning davrlashtirishini hayotiyroq deb hisoblashadi. Albatta gumanistlardan keyin o‘tgan davr orasida tarix fani juda katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Ko‘plab yangi g‘oyalar, tarixni tushunish va tushuntirishga yangicha yondashuvlar paydo bo‘ldi, tarix falsafasi shakllandi, taraqqiyotning yangi qonuniyatlari ochildi. Zotan, gumanistlar taklif qilgan davrlashtirish ma’lum ma’noda o‘z dolzarbligini hamon yo‘qotgani yo‘q. Qolaversa, marksistik tarixshunoslikda yangi tarixni davrlashtirish o‘tgan asrning 20–30-yillarida qanday ziddiyatli bo‘lgan bo‘lsa, oxirigacha shunday davom etdi. Bu yondashuvning asosini tashkil qilgan «inqilobdan – inqilobgacha» davrlashtirish o‘ta shartli va nomukammal edi.
Kapitalistik munosabatlarning shakllanishida, qaror topishida ham inqiloblar emas, Gumanizm va Reformatsiya g‘oyalari bilan bog‘liq yangi bilimlarning shakllanishi, Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dunyoning tuzilishi haqida yangi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, yangi savdo yo‘llarining ochilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu davr G‘arbiy Yevropada millatlarning va mutlaq monarxiya ko‘rinishidagi milliy davlatlarning shakllanayotgan davri edi. YUz berayotgan har bir o‘zgarishda shakllanayotgan yangicha dunyoqarashning ta’siri sezilib turardi. Eng avvalo butun o‘rta
asrlarda hukmronlik qilib kelgan insonni aqliy, ma’naviy kamsitishga va jismoniy cheklashga asoslangan dunyoqarash o‘rniga yangi, gumanistik dunyoqarash shakllana boshladi.
Boshqa davrlarda bo‘lgani singari bu davrda ham insoniyat dahshatli vayronagarchiliklar, qirg‘inlar va ijtimoiy bo‘hronlarga olib kelgan urushlardan xalos bo‘la olmadi. Buning ustiga yangi davr Yevropa xalqlari tarixida ularning turmush tarzini, jamiyatning ma’naviy asoslarini bir necha bor o‘zgartirib yuborgan inqiloblar davri, mustamlakachilik asoratiga tushgan Amerika, Osiyo va Afrika xalqlari tarixida esa mustaqillik va ozodlik uchun to‘xtovsiz kurashlar davri ham bo‘ldi. Ammo hayotdagi, ijtimoiy munosabatlardagi, ma’naviyat va madaniyatdagi, iqtisoddagi tub o‘zgarishlarga urushlar va inqiloblar emas, odamlarning doimiy yaratuvchilik faoliyati orqali erishildi.
Buyuk geografik kashfiyotlar, tabiiy fanlardagi yangiliklar, katolik cherkoviga qarshi kurash natijasida yangicha hayot tarzi shakllanib bordi. Kapitalistik munosabatlarning ustuvor munosabatga aylanib borgani sari jamiyatning tobora ko‘plab qatlamlari ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga tortildi. Bu davr Yevropa sivilizatsiyasining tezkor taraqqiyot davri bo‘lib, keyinchalik industrial sivilizatsiya nomini oldi.
Osiyo va Afrika mamlakatlarining YAngi tarixi bu mamlakatlarning mustamlakaga aylanish davrini o‘z ichiga oladi. Jahon tarixining ma’lum bir davri sifatida yangi tarix G‘arb mamlakatlari uchun ham, Osiyo va Afrika mamlakatlari uchun ham taalluqlidir. Lekin bu tarixiy davrning mazmuni Er sharining turli mintaqalari uchun turlicha mazmunga egadir. Bu davrda G‘arbning ilg‘or mamlakatlarida rivojlanish yuz berdi va kapitalistik munosabatlar o‘rnatildi. Osiyo va Afrika mamlakatlarida esa aksincha, feodal tuzum o‘zining uzoq davom etgan inqiroz davriga kirdi, keyinchalik esa G‘arbdagi kapitalistik davlatlarning mustamlakachilik bosqini maydoniga aylanib, ular uchun engil o‘lja bo‘ldi. Lekin shunga qaramasdan YAngi davrning G‘arb mamlakatlari uchun ham, SHarq mamlakatlari uchun ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Umuman bu mustamlakachilik tizimining shakllanish davri bo‘lib, uning doirasida G‘arbning bir hovuch davlatlari (metropoliyalar) va SHarqning juda ko‘plagan qaram va mustamlaka mamlakatlari birgalikda jahon kapitalistik xo‘jaligini tashkil qilib, yagona iqtisodiy bozorni barpo qildilar. SHarq xalqlarining mustamlaka zulmiga qarshi to‘xtovsiz davom etayotgan kurashi YAngi davrdagi tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixshunosligi odatga ko‘ra SHarqmarkazchilik yondashuviga ega va mintaqalararo xronologik mezonlar berishdan chetda turadi. U ko‘proq o‘z mamlakatlaridagi aniq tarixiy jarayonlarga tayanadi. Jumladan, ko‘pchilik xitoylik tadqiqotchilar YAngi tarixning boshlanishini “birinchi afyun urushi” (1840-1842) bilan bog‘lashadi, uning tugashini esa Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topishi bilan (1949 y) belgilaydilar.
Rus tarixshunosligida (sovet davrida) o‘rta asr bilan YAngi tarix chegarasi masalasida Moskva va Leningrad SHarqshunoslik maktablari o‘rtasida diskussiya (munozara) bo‘lib o‘tgan edi. Moskvalik sharqshunoslar Angliyadagi burjua inqilobini (XU11 asr o‘rtasi) bu ikki davr o‘rtasidagi chegara deb belgilagan bo‘lsalar, leningradlik sharqshunoslar Fransuz burjua inqilobini (XU111 asr oxiri) chegara sifatida ilgari surdilar. Bu fikrlar F.M.Atsambaning “Istoriya stran Azii i Afriki v Novoe vremya” (MGU) va G.V.Efimovning “Istoriya stran zarubejnoy Azii v Srednie veka” (LGU) darsliklarida o‘z ifodasini topgan edi.
Lekin YAngi tarixning oxirgi chegarasi hech qanday shubha tug‘dirmagan edi, bu “butun dunyoda kommunizm g‘alabasini bildiruvchi” 1917 yildagi Oktyabr inqilobi edi.
XX asrning 90-yillariga kelib YAngi tarixning xronologik chegarasida ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. YAngi tarixning quyi nuqtasi (boshlanishi) turlicha talqin qilinadigan bo‘ldi, yuqori nuqtasi esa 1918 yil deb, Birinchi jahon urushining tugagan yili, (“uning bir qismi oktyabr inqilobi”) belgilandi.
Professor A.M. Rodriges tahriri ostida nashr qilingan 3 tomlik «Novaya istoriya stran Azii i Afriki» (M.2004) darsligida O‘rta asrlar bilan YAngi tarix o‘rtasidagi chegara sifatida Xristofor Kolumb (1492 y) va Vasko da Gama (1498 y) tomonidan boshlangan Buyuk geografik kashfiyotlar davri qabul qilingan. CHunki bu kashfiyotlar dunyoni nafaqat geografik manzarasini, balki uni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan tubdan o‘zgartirib yubordi. G‘arbda “baholar inqilobi” deb atalgan jarayon yuz berib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turki berdi va oxir-oqibatda Yevropaning ko‘pchilik davlatlari va AQSH mustamlakachi davlatlarga (metropoliya) aylandilar. SHarqda bo‘lsa xuddi shu jarayon teskari oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu erda feodal tuzum inqirozi kuchayib, taraqqiyot sur’atlari pasaydi va oxir-oqibatda bir vaqtlar yuqori darajada rivojlangan SHarq mamlakatlari mustamlaka va yarim mustamlakaga aylandilar. SHunday qilib, katta ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonlar yuz berib, mustamlakachilik tizimining shakllanishiga olib keldi, uning doirasida umumjahon iqtisodiy bozori shakllandi (unda SHarq mamlakatlari bo‘ysunuvchi mamlakatlarga aylandi) va birinchi marta insoniyat tarixi yagona jarayonga aylandi.
Bu kitob mualliflari YAngi va Eng yangi tarix chegarasini X1X va XX asrlar chegarasi bilan belgiladilar. Ularning fikricha o‘sha davrda yuz bergan yangilanish-o‘zgarishlar butun dunyoga – SHarqqa ham, G‘arbga ham juda katta ta’mir ko‘rsatdi. G‘arbda X1X asr oxirida erkin kapital monopolistik kapitalga aylanib bordi va u kapitalistik mamlakatlardagi vaziyatni tubdan o‘zgartirib yubordi. SHarqda esa aynan X1X asr oxirida o‘z kapitalistik munosabatlari rivojlana boshlaydi, bu esa jamiyatda yangi sinf va tabaqalar tashkil topishiga, burjua inqilobiy harakatning paydo bo‘lishiga (“Osiyoning uyg‘onishi”) va mustamlakachilik tizimining emirilishi uchun zamin yaratgan burjua inqiloblariga olib keldi. Bundan tashqari, aynan shu ikki asr chegarasida bo‘lg‘usi jahon urushlarining timsoli bo‘lgan imperialistik davlatlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar yuz berdi (Ispan-Amerika urushi (1898), ingliz-bur urushi (1899-1902), Rus-yapon urushi (1904-1905)). SHunga asoslanib ushbu asar mualliflari YAngi davr xronologik chegaralarini XU1 asr boshidan boshlab X1X asr oxiri bilan yakunlaydilar. Lekin ular bu masala bo‘yicha boshqacha nuqtai-nazarlarni inkor qilmaydilar.
Sharq mamlakatlarining mustamlaka davrigacha bo’lgan iqtisodiy taraqqiyoti.
Tarixiy-iqtisodiy adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida SHarq mamlakatlari va xalqlari o‘zlarining tarixiy va geografik ustunliklaridan foydalanib, tabiat qiyinchiliklarini engib, qudratli tabiiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni o‘zlashtirib (lekin o‘zlariga to‘la bo‘ysundira olmay), ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida o‘z davrlari uchun ancha yaxshi natijalarga erishganlar. Bunda so‘z sun’iy sug‘orish va boshqa infrastruktura qurilmalari, turli xil texnik va texnologik yangiliklarni joriy qilish, ancha yuqori darajada tashkil qilingan ijtimoiy mehnat taqsimoti, mehnatni tashkil qilishning ancha yuqori darajalari, san’at, madaniyat, diniy tizimlarning ancha yuqori darajada rivojlanganligi ko‘zda tutiladi.
Eramiz boshida Xan Xitoyi taraqqiyot darajasi bo‘yicha o‘sha davrdagi nafaqat Janubiy va G‘arbiy Yevropa, balki SHimoliy Afrika va Old Osiyoning tabiiy va ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchlariga tayangan Rim imperiyasidan oldinda edi. Tadqiqotchilarning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra buni quyidagi raqamlar orqali ko‘rishimiz mumkin:





Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish