Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M. Korporativ strtegiya va tashkiliy dizayn


-mavzu. DIVERSIFIKATSIYA STRATEGIYALARI



Download 0,86 Mb.
bet44/51
Sana17.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#812279
TuriУчебное пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Bog'liq
2 5289943070513567050

9-mavzu. DIVERSIFIKATSIYA STRATEGIYALARI
Reja:
9.1. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
9.2. Bog’langan diversifikatsiya va bog’lanmagan diversifikatsiya strategiyasi
9.3. Qisqartirish va likvidatsiya strategiyasi
9.4. Qayta qurish yoki qisqartirish strategiyasi va portfelni qayta tuzish strategiyasi
9.5. Xalqaro diversifikatsiya strategiyasi


9.1. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi
Korxona va tashkilotlarning strategiyalari turli xil bo'lib, diversifikasiya, kirib borish, vertikal integrasiya, qo'shilish va singib ketish, qo'shma korxonalar tuzish va global strategiyalardan iboratdir. Ularning ayrimlari boshqa ko'rinishlarga ham ega bo'ladi. Masalan, vertikal integrasiya strategiyasining alyanslar strategiyasini tuzish sifatida ko'rish mumkin.
Yangi istiqbolli tarmoqlar an'anaviy tarmoqlar yoki mahsulotlarga nisbatan yuqori o'sish sur'atlari va sarmoyalangan kapitalga yuqori daromad olish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun diversifikatsiyalangan kompaniya uchun yangi sohalarga kirish biznesning rentabelligi nuqtai nazaridan yangi imkoniyatlar ochishi mumkin. Yangi biznesga kirish uchta shakldan biri bo'lishi mumkin: sotib olish, eski korxona ichida yangi kompaniya yaratish va va qo’shma korxonalar.
Mavjud biznesni (kompaniyani) sotib olish boshqa tarmoqga diversifikatsiya qilishning eng mashhur vositasi bo'lib, uning afzalligi yangi maqsadli bozorga tez kirishdir. Sotib olish поглощения yoki birlashish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Kompaniyani sotib olish (Поглощение), bir firmaning boshqasiga egalik qilish yoki nazorat qilish huquqini ko'pincha kutilmaganda boshqa firmaning rahbariyati istagiga qarshi holda (bozorda uning aktsiyalarini sotib olish yo'li bilan) sotib olishga harakat qilish. Qo'shilish – odatda, korxonani birlashtirish (yoki sotish) bo'yicha boshqaruvning ixtiyoriy qaroridir. Ushbu usul kompaniyaning yangi sanoatga kirishda quyidagi imkoniyatlarni beradi: malakali xodimlar va tashkil etilgan tarqatish kanallari, mijozlar bazasi, texnologik tajribaga ega bo’lish, yetkazib beruvchilar bilan o’zaro munosabatlarni o'rnatish, samaradorlikni oshirish va raqobatchilarga nisbatan ishlab chiqarish birligiga nisbatan kam xarajatlarga erishish.
Biroq, eng qiyin vazifa sotib olish kerak bo'lgan kompaniyani topishdir. Sotib olishni istagan kompaniya rahbariyati duch keladigan jiddiy dilemma muvaffaqiyatli, ammo qimmatbaho kompaniya va zo’rg’a faoliyat yuritayotgan, lekin arzon kompaniya o'rtasida tanlov qilishdan iborat. Odatda, istiqbolli va yuqori daromadli firmalar narx sinovidan (Тест на стоимость) o’ta olmaydi.
Qiymat sinovi sotib olingan biznesning kutilayotgan foyda oqimi umumiy sotib olish xarajatlari va faoliyatni davom ettirish yoki kengaytirish uchun zarur bo'lgan har qanday yangi investitsiyalar uchun jozibador daromad olishni talab qiladi.
Qiymat sinovidan istiqbolli sohalarda band bo'lgan va o'sish salohiyatiga ega bo’lgan, biroq hozirgi vaqtda (past savdo hajmi, noma'lum tovar belgisi, yuqori qarzlar va boshqalar) bozor qiymati past kompaniyalar o’tadi. Muayyan rekonstruksiya bilan ushbu kompaniyalar yuqori daromadli biznesga aylanishi mumkin. Shuning uchun, agar xaridor zaif firmaning kuchli bo'lishining istiqbolli yo'llarni ko'rsa, buning uchun zarur mablag'lari, nou-xau va sabr-toqati mavjud bo'lsa, zaif kompaniya uzoq muddatli investitsiyalar uchun eng yaxshi ob'ekt bo'lishi mumkin va korxonaning moliyaviy holatini yaxshilashga qodir.
Diversifikatsiyani kerakli yangi bozorda yoki biznes sohasida raqobatda ishtirok etish uchun butun kompaniyaning (aktsiyadorlik jamiyatining) "soyaboni ostida"gi yangi o'z kompaniyasini tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Yangi tarmoq bozoriga chiqarish uchun yangi kompaniyani yaratish quyidagi hollarda qulaydir:

  1. uni to'liq ishga tushirish uchun yetarlicha vaqt bor;

  2. bozorda faoliyat yurituvchi kompaniyalar yangi kelgan firmaning bozorni buzish urinishlariga zaif va samarasiz javob berishlari mumkin;

  3. bunday bozorga kirish kompaniyani sotib olishdan ko'ra kamroq xarajat talab qiladi;

  4. samarali raqobat uchun zarur bo'lgan bilim va tajribalarning barchasi kompaniyada bor;

  5. yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish tarmoqda talab va taklif balansiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi;

  6. maqsadli tarmoqda nisbatan kichik firmalar mavjud va shuning uchun yangi kompaniyaga katta va kuchli raqiblar to'g'ridan-to'g'ri qarshi turmaydi.

Qo'shma korxonalar kamida uch turdagi vaziyatlarda yangi bizneslarga kirishning qulay usuli hisoblanadi. Birinchidan, qo'shma korxonalar bir kompaniya uchun tejamli bo'lmagan yoki juda xavfli bo'lgan faoliyatni amalga oshirish uchun yaxshi tashkiliy shakldir. Ikki yoki bir nechta kompaniyalar o'rtasida xavfni taqsimlash yangi xavfli loyihani amalga oshirish imkoniyatini oshiradi.
Ikkinchidan, qo'shma korxonalar ikki yoki bir nechta mustaqil kompaniyalarning resurslari va tajribalarini birlashtirib, kuchli raqib bo'lish va global raqobatga qarshi kurashish uchun zarur bo'lgan barcha narsalarga ega bo'lgan tashkilotni tashkil qilganda ahamiyatga ega. Bunday holda, har bir sherik boshqalar ega bo'lmagan va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan bilim va resurslarni oliv keladi.
Uchinchidan, xorijiy hamkorlar bilan qo'shma korxonalar ba'zan yangi tashqi bozorlarga chiqishning yagona yoki eng yaxshi shakli bo'lib, import kvotalari, tariflar, milliy va siyosiy manfaatlar, madaniy to'siqlarni bartaraf etadi. Milliy muhitning iqtisodiy, raqobatchilik va siyosiy haqiqatlari ko'pincha boshqa mamlakatning milliy bozoriga kirish uchun xorijiy kompaniyaning mamlakatning mahalliy ishlab chiqaruvchilari bilan birlashishini talab qiladi. Mahalliy hamkorlar xorijiy kompaniyalar uchun mahalliy sharoitlarni bilish, boshqaruv va marketing xodimlarini taqdim etish, shuningdek, mahalliy tarqatish kanallariga kirishdan iborat muayyan afzalliklarni yaratadi.
Qo'shma korxonalarda ko'pincha qiyin savollar tug'iladi: hamkorlar o'rtasida ishni qanday ajratish va samarali boshqaruvni kim amalga oshirishi kerak, mahalliy xom ashyolardan foydalanish kerakmi yoki chet el mahsulotlarini import qilish yaxshiroqmi, mahsulotning qaysi qismini eksport qilish kerak, texnologik jarayonlar-xorijiy kompaniya standartlari yoki mahalliy me'yorlar bilan mos kelishi kerak, bu esa samarali aloqalarni o'rnatish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Ushbu sabablar ko'pincha mahalliy va xorijiy sheriklar o'rtasida kelishuv qarorlariga erishmagan holda qo'shma korxonalarni yopishning asosiy sabablari hisoblanadi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish