Bog’lanmagan (konglomerat) diversifikatsiya strategiyasi moliyaviy manfaatlar va'da qiladigan har qanday sanoat va biznesga kirishni ko’zda tutadi. Kompaniya (aktsiyadorlik jamiyati yoki xolding kompaniyasi) tarkibida bog’liq bo'lmagan bizneslar "portfeli"ni shakllantirish korxonaning asosiy kapitalini iqtisodiyotning turli sohalari o'rtasida taqsimlash va barqaror uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlari bilan bog'liq tadbirkorlik tavakkalchiligini kamaytirish imkonini beradi. Bu holda strategik moslik munosabatlaridan foydalanish ikkinchi darajali hisoblanadi.
Bog’lanmagan diversifikatsiya qilishning asosiy sharti shundaki, foydali moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin bo'lgan va qoniqarli foyda istiqboliga ega bo'lgan har qanday kompaniya yoki firma diversifikatsiya qilish uchun yaxshi obyektdir.
Bog’lanmagan diversifikatsiya strategiyasidan foydalanadigan kompaniyalar o’zlarining e'tiborini «o’ziga xos mavqei" tufayli tezda moliyaviy daromad olish imkoniyatlarini taklif qiladigan nomzod kompaniyalarga qaratadilar:
Aktivlari to’g’ri baholanmagan kompaniyalar. Bunday kompaniyalarni bozor narxidan past narxda sotib olish va qayta qurish va takomillashtirishdan keyin aktivlarni qayta sotishdan moliyaviy daromad olish imkoniyatli mavjud.
Moliyaviy ochlikni boshdan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday biznesni arzon narxlarda sotib olish mumkin, ularning ishlarini moliyaviy resurslar va ona-kompaniyaning boshqaruv qobiliyatlari yordamida qayta qurish va ularning yuqori rentabelligini, faoliyat ko'lamining o'sish sur'atlarini ta’minlash mumkin.
Yaxshi istiqbolga ega bo'lgan, ammo kapital qo'yilmalar yetishmovchiligidan aziyat chekadigan kompaniyalar. Fondlari kam, lekin imkoniyatlariga boy firmalar, odatda, moliyaviy jihatdan kuchli va yangi imkoniyatlar ilinjida bo’lgan kompaniyalar uchun eng maqbul «o'lja" hisoblanadi. Ushbu firmalar, odatda, yangi mahsulotlar, texnologiyalarni taklif qiluvchi va bozorlarda yangi bo’lib, ammo iqtisodiy jihatdan samarali savdo hajmiga erishish uchun biznesni rivojlantirishning dastlabki bosqichida katta miqdordagi investitsiyalarni topa olmaydi. Shuning uchun diversifikatsiya qilish har ikkala kompaniya uchun ham o'zaro manfaatli bitimdir.
Bog’lanmagan, yoki konglomerat, diversifikatsiya moliyaviy nuqtai nazardan bir nechta jozibadorlikka ega:
1) Tadbirkorlik xavfi bir nechta turli sohalarda taqsimlanadi, bu esa kompaniyani ma’lum bir biznesga qaramligini kamaytiradi. Bog’lanmagan diversifikatsiya moliyaviy xavfni traqatishning eng yaxshi yo’lidir, chunki kompaniyaning investitsilari turli va butunlay farqli sohalar doirasida taqsimlanishi mumkin.
2) Moliyaviy resurslar eng daromadli va tez rivojlanayotgan sohalarga investitsiya qilinishi mumkin. Kompaniyaning an'anaviy faoliyat sohalari rivojlanishdagi turg'unlikning muayyan muammolarini boshdan kechirishi mumkin. Shuning uchun, bu holatda, o'z biznesini yanada rivojlantirish uchun emas, balki kompaniyaning mablag'larini foyda o'sishining eng yaxshi istiqboliga ega bo'lgan boshqa sohalarga investitsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek bu diversifikatsiyani qo’llash amaldagi tarmoqda kompaniya maksimal ishlab chiqarish va sotish hajmiga erishgan bo’lsa, keyingi miqyosni oshirish ortiqcha ishlab chiqarishga olib kelganda oqilona bo'ladi
3) Kompaniyaning uzoq muddatli rentabelligini barqarorlashtirish. Bog’lanmagan diversifikatsiyada ayrim sohalardagi yo'qotishlar boshqa faoliyat sohalaridagi foyda bilan qoplanishi mumkin. Ideal hollarda, ayrim bizneslarda davriy pasayishlar kompaniyaning diversifikatsiya qilgan boshqa sohalaridagi davriy yuksalishlar bilan muvozanatlashgan.
4) Yashirin o'sish potentsialiga ega arzon kompaniyalarni sotib olish. Bunday kompaniyani sotib olish xaridor kompaniyaning aktsiyalarining qiymatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Biroq, diversifikatsiya qilish uchun bunday foydali ob'ektni topish imkoniyati yuqori boshqaruvning sezgirligiga, uning o’zining va sotib olinayotgan kompaniya rivojlanish istiqbollarini ob'ektiv baholashiga bog'liq bo'ladi
5) Mashhur tovar belgisidan foydalanish. Bog’lanmagan diversifikatsiya da kompaniya yangi korxonaning mahsulotlarini ilgari surishda mashhur tovar belgisidan foydalanishi mumkin. Bu esa sotish hajmi va biznes rentabelligini oshiradi. Ko’pincha taniqli korporatsiyalar yangi sohalarga kirishda o'zlarining mashhur savdo belgilaridan foydalanadilar, bu ularga yangi faoliyat sohasida samarali biznesni tashkil qilish uchun afzalliklarni beradi.
Bog’lanmagan diversifikatsiyada bilan birga, kompaniya taniqli ishlab chiqaruvchilarga nisbatan savdo va biznes rentabelligini oshiradigan yangi korxona mahsulotlarini ilgari surishda foydalanishi mumkin. Ko'pincha taniqli korporatsiyalar yangi sohalarga kirishda o'zlarining mashhur savdo belgilaridan foydalanadilar, bu ularga yangi faoliyat sohasida samarali biznesni tashkil qilish uchun afzalliklarni beradi.
Bog’lanmagan diversifikatsiya nazariyasida ushbu strategiya kompaniyaning iqtisodiy tsikli bo'ylab harakati davomida sotish hajmi va foyda barqarorligini oshirish uchun salohiyatga ega deb hisoblansada, amalda, anti-tsiklik diversifikatsiya qilishning barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Aksariyat tarmoqlar iqtisodiy o'sish dinamikasi sharoitida bir xil ta’sirda qoladi. Odatda, iqtisodiy inqiroz iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida yuzaga keladi, bu esa keng diversifikatsiyalangan kompaniyaga umumiy salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bog’lanmagan diversifikatsiyaning asosiy muammosi -tadbirkorlik portfelini shakllantirishda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini qamrab olish darajasini yoki kengligini aniqlashdir. Kengligi qanchalik katta bo'lsa, kiruvchi korxonalarni samarali muvofiqlashtirish va umumiy moliyaviy barqarorlikni ta'minlash shuncha qiyin bo’ladi. Natijada, boshqaruv menejment bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni diversifikatsiya qilishdan olinadigan moliyaviy foyda bilan solishtirishi kerak.
Bog’lanmagan diversifikatsiyaning kamchiliklari:
bog’langan diversifikatsiya qilish strategik yondashuv bo’lgan holda ushbu strategiya aktsiyalarning bozor qiymatini yaratishga qaratilgan sof moliyaviy yondashuvdir;
strategik moslikka asoslangan raqobatbardosh imkoniyatlar yaratmaydi, chunki kompaniyaning boshqa sohalariga kirishda yangi tashqi muhit bilan raqobatlashishi kerak va yangi biznesni tashkil etish boshqa ishlab chiqarishlarning xarajatlari yoki daromadlari darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatmaydi, faqat o'zaro moliyalashtirish orqali bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin;
kompaniyaning tarkibiga kiruvchi va iqtisodiyotning turli sohalariga mansub turli korxonalarni boshqarishda yuqori boshqaruvning yetarli malakaga ega emasligi. Odatda, turli sohalarda (ishlab chiqarish, savdo, konsalting xizmatlari, bank va h.k.) muvaffaqiyatning turli omillari mavjud. Shuning uchun bunday kompaniyada samarali boshqaruvni ta'minlash juda qiyin.
Shuni ta'kidlash kerakki, 1960-yilllarda bog’lanmagan diversifikatsiya qilish juda mashhur edi. 1959-dan 1969-ga qadar bo'lgan davrda Fortune ro'yxatidagi yagona biznes turi bo'lgan kompaniyalarning ulushi 23% dan 15 % ga tushdi, ayni paytda dominant biznes turisiz konglomeratlarning ulushi 7,3% dan 19% gacha ko'tarildi. Bog’lanmagan diversifikatsiyaga qiziqish birja kotirovkalari o'sishini rag’batlantirdi. Biroq, hozirgi vaqtda 1960-yilllarning bog’lanmagan diversifikatsiyasi xato deb hisoblashadi. Sotib olingan kompaniyalarning daromadliligi oshmadi. M. Porterning tadqiqotiga ko’ra, 1980-dan 1986-yilga qadar bo'lgan davrda otib olingan bog’lanmagan biznesning 74% sotildi.