Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M. Korporativ strtegiya va tashkiliy dizayn



Download 0,86 Mb.
bet41/51
Sana17.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#812279
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Bog'liq
2 5289943070513567050

To’ldiruvchi resurslar
Innovatsiya bozorga yangi mahsulot va jarayonlarni olib keladi. Bu faqat ixtirolarga qaraganda ko'proq narsani talab qiladi, innovatsiyalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo'lgan turli xil resurslar va qobiliyatlarni talab qiladi. Bu komplementar (to’ldiruvchi) resurslar deb ataladi (11.3-rasm).
Chester Karlson kserografiyani ixtiro qildi va ko'p yillar davomida o'z mahsulotini bozorga olib chiqa olmadi, chunki u o’z ixtirosini rivojlantirish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish va xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha resurslarga ega emas edi. Aksincha, Searle kompaniyasi (va keyinchalik Monsanto kompaniyasi) «NutraSweet" innovatsiyasidan foydalanish uchun zarur bo'lgan rivojlanish, ishlab chiqarish, marketing va tarqatish uchun deyarli barcha resurslarni taqdim etdi. Natijada, Karlson nusxa ko’chiruvchi "Xerox" apparatida namoyon bo’lgan o’z ixtirosi qiymatining faqat kichik qismini o’zlashtira oldi, Searle/Monsanto esa yangi sun'iy shakar o'rnini bosuvchi tomonidan yaratilgan qiymatning asosiy qismini muvaffaqiyatli o’zlashtirdi.





11.3-rasm. To’ldiruvchi resurslar


Innovatsiya va uni ta’minlovchi to’ldiruvchi resurslar turli firmalar tomonidan yetkazib berilganda, ular orasidagi qiymatni taqsimlash ularning nisbiy kuchiga bog'liq. Bu yerda qo'shimcha resurslarning ixtisoslashtirilganligi yoki ixtisoslashtirilmaganligi asosiy rolni o'ynaydi. Ballard AG va boshqa texnologiya bo’yicha liderlar tomonidan ishlab chiqilgan yoqilg'i elementlari, ehtimol, butun dunyodagi ko'plab avtomobil markalarida ichki yonish dvigatellarini almashtiradi.
Ammo, yoqilg’i elementlarini ishlab chiquvchilar uchun muammo shundaki, ularning muvaffaqiyati avtomobil ishlab chiqaruvchilarning avtomobil rivojlanishining mutlaqo yangi yo'nalishini loyihalashtirishga maxsus sarmoyalar kiritishiga bog'liq; yoqilg'i quyish bo'yicha ixtisoslashgan xizmatlarni ko'rsatuvchi neft kompaniyalaridan va o'qitish va yangi uskunalarga sarmoya kiritadigan avtoulovlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish kompaniyalaridan bog’liq.
Yoqilg'i elementlari hamma joyda qabul qilinishi uchun quyidagi shart zarur: innovatsiyadan olinadigan foyda ushbu to’ldiruvchi resurslarning turli yetkazib beruvchilari o'rtasida taqsimlanishi kerak. To’ldiruvchi resurslar ixtisoslashtirilmagan bo'lsa, novator juda yaxshi mavqega ega va qiymatni olishga qodir bo’ladi. Masalan, Adobe Systems kompaniyasining "Acrobat Portable Document Format" (pdf) dasturi deyarli har qanday dasturiy ta’minotda yaratilgan fayllar bilan ishlashi sababli, Adobe Systems kompaniyasi dasturiy ta’minot uchun yaratilgan o'zining innovatsion mahsuloti tomonidan yaratilgan qiymatning katta qismini qo'lga kiritish uchun ajoyib mavqega ega.
Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan to’ldiruvchi resurslarga ega bo'lishdan, agar ular taqlid qilish uchun to'siqlarni oshirsa, muayyan strategik afzalliklarni olish mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizimlarda "Windows Microsoft" ning hukmronligi uchun "Linux" tahdidini ko'rib chiqish mumkin. Intel o'zining mikroprotsessorlarini "Windows" ning ehtiyojlariga moslashtirganligi va dasturlarning aksariyati "Windows" uchun yozilganligi sababli, "Linux" yoki boshqa operatsion tizimlarning vazifasi nafaqat operatsion tizimni ishlab chiqish, balki yangi operatsion tizim bilan mos keladigan dasturiy ta'minot va apparat vositalarini yaratish kerak bo’ladi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish