Innovatsion mahsulotdan innovatsion jarayonga
Dominant dizaynning paydo bo'lishi sanoatning evolyutsiyasida muhim burilish yasadi. Sanoat yetakchi texnologiya va dizayn asosida birlashgach, radikal tovar innovatsiyalaridan doimiyga o’tiladi. Ehtimol, bu o'tish sanoatning o'sish bosqichiga kirishi uchun zarur bo'lishi mumkin: standartlashtirish darajasining osishi xaridorlar uchun xavfni kamaytiradi va firmalarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritishga undaydi. Dizayndan ishlab chiqarishga diqqatni jalb qilish, odatda, innovatsion jarayonlarga ko'proq e'tibor berishga olib keladi, chunki firmalar keng miqyosli ishlab chiqarish usullari asosida xarajatlarni kamaytirishga va mahsulotning ishonchliligini oshirishga intiladi (10.2-rasm). Jarayonni takomillashtirish, dizaynni o'zgartirish va ko’lam hisobiga tejash xarajatlarni kamaytirishga va tovarlarning mavjudligini oshirishga olib keladi, bu esa bozorga kirishni tezlashtirishga olib keladi.
8.2-rasm. Vaqt damodi mahsulot va jarayon innovatsiyalri
Bilimlarning tarqalishi xaridorlar nuqtai nazaridan ham muhimdir. Hayot davri davomida iste'molchilar ko'proq ma'lumotga ega bo’lib borishadi. Ular raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarining ishlashi haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishlari sababli, ular pul va sifat nisbatlarini yaxshiroq baholashlari va ko'proq bo'lishlari mumkin
8.3. Tashkiliy moslashuv va o’zgarish
Kompaniyan muvaffaqiyatga erishishi uchun uning strategiyasi va tashkiliy tuzilmalari sanoat muhitiga moslashtirilishi kerak.
Ushbu muvofiqlik tushunchasi tashkilot nazariyasiga vaziyatli yondashuvlardan kelib chiqadi. Sanoatning evolyutsiyasi menejerlarga qiyinchilik tug'diradi: strategiya va tuzilma tashqi muhit o'zgarishining sur’atidan orqada qolmasligi kerak. Sanoatning evolyutsiyasi tezligi tezlashib borayotganligi sababli, tashkiliy o'zgarishlar vazifasi tobora kuchayib boradi.
Tashkiliy evolyutsiya nazariyalari ko'pincha evolyutsiyaning biologik nazariyalaridan kelib chiqqan. Biologik turlar kabi tashkilotlar o'zgaruvchanlik, o'zgarishlarni tanlash va mustahkamlash orqali tashqi o'zgarishlarga moslashadi. Evolyutsion jarayonlar sodir bo’lish darajasi masalasiga ko’ra olimlarning fikri ajratiladi:
* Tashkiliy ekologlar sanoat darajasida evolyutsiyaga e'tibor berishadi. Ayrim tashkilotlar inertsiyaga — institutsionalizatsiya jarayonlari bilan birga kechadigan o'zgarishlarga qarshilikga ega. Shuning uchun evolyutsion jarayonlar sanoat darajasida ishlaydi. Raqobat jarayoni tanlov mexanizmi bo'lib, unda xarakteristikalari atrof-muhit talablariga javob beradigan tashkilotlar omon qoladi, xarakteristikalari ularga mos kelmaydigan tashkilotlar qo’shilish yoki likvidatsiya yo'li bilan yo'q qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, sanoatning evolyutsiyasi kompaniya populyatsiyasining o'zgarishini o'z ichiga oladi. Ko'plab empirik tadqiqotlar sanoatning evolyutsiyasi kompaniyalarning tashqi o'zgarishlarga moslashishi bilan emas, balki kompaniyaning tarkibini o'zgartirish orqali erishilganligi haqidagi taxminni tasdiqlaydi.
* Evolyutsion nazariyachilar (masalan, Nelson va Winter) evolyutsiya alohida tashkilotlar darajasida sodir bo'lishiga ishonishadi. Evolyutsion nazariyachilar firma yangi muntazam tartiblarni izlash, muvaffaqiyatlilarini takroriy amalga oshirish, muvaffaqiyatsizlaridan voz kechish orqali tashqi o'zgarishlarga moslashadi deb hisoblasa-da, bunday moslashuv tez yoki bepul emas. Yangi muntazam tartiblarni topish samaradorlikning pasayishi bilan bog'liq; kompaniyalar samarali faoliyat yuritganda, ularga o'zgarish uchun rag’bat bo’lmaydi. Natijada, kompaniyalar "o'zlarining asosiy qobiliyatlari tashkilotning qat'iyligining asosiy sababi" bo'lganda "kompetentlik tuzog'iga" tushadi.
Tashkiliy rivojlanishning yetakchi ikki maktabi tashkilotning moslashuviga bo’lgan to’siqlarni ajratib ko’rsatsa-da, kompaniyalar modifikatsiyalashuvi va o'zgarishi mumkin. 1920 yillarning o’rtalaridan General Motors jahon avtomobil sanoati sohasida yetakchilik qilmoqda. Siemens Telegraphen-Bau-Anstalt ning fon Siemens va Halske tomonidan 1847 yilda tashkil etilganidan beri nemis telekommunikatsiya sohasida yetakchi hisoblanadi. Exxon (hozirgi Exxon Mobil) va Royal Dutch/Shell kompaniyalari neft sanoati sohasida deyarli XX asr mobaynida hukmronlik qilmoqda.
Kompaniyaning tashqi o'zgarishlarga moslashish qobiliyati bu o'zgarishlarning tabiatiga bog'liq. Sanoat evolyutsiyasining ayrim xususiyatlari hayot aylanish jarayonining oldindan aytiladigan namunasini takrorlaydi. Biroq, muvaffaqiyatning asosiy omillarini o'zgartirish, sanoatni rivojlantirishning bir bosqichida muvaffaqiyatli bo'lgan firmalar, ehtimol, keyingi rivojlanish bosqichida muvaffaqiyatga erishish uchun mutlaqo boshqa resurslar va qobiliyatlarga ega bo'lishlari kerak degan ma'noni anglatadi. Markides va Geroski, turli kompaniyalar, odatda, sanoatni rivojlantirishning turli bosqichlarida yetakchilik qiladi deb ta’kidlashmoqda; yangi sanoatni yaratishda kashshof birinchilarda bo’lgan «novatorlar" va sanoatni rivojlantiradigan "konsolidatorlar" butunlay boshqa kompaniyalardir:
Zamonaviy korporatsiya uchun jiddiy ahamiyatga ega bo'lgan narsa shundaki, tovar va xizmatlarning yangi bozorlarni yaratuvchi firmalar kamdan-kam hollarda ushbu bozorlarni ommaviy talab tovarlari bozorlariga aylantiradigan firmalardir. Buning sababi shundaki: kashfiyot va ixtiro uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, fikrlash usullari va bilim tijoratlashtirish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar, fikrlash usullari va bilimlardan farq qilibgina qolmay, balki ular bilan to'g'ridan-to'g'ri qarama-qarshilikka kiradi. Bu shuni anglatadiki, ixtiroda muvaffaqiyatli bo'lgan firmalar tijoratlashtirishga qodir emas va aksincha.
O'simlik biotexnologiyasi sohasida birinchilardan Calgene, Cetus Corporation, DNK Plant Technologies va Mycogen kabi ilmiy-tadqiqot start-uplari edi. 2008 yilga kelib genetik modifikatsiyalangan urug'larni yetakchi yetkazib beruvchilar DuPont, Monsanto, Syngenta va Dow Chemical edi. AQShda simsiz telefoniya sohasida birinchi McCaw Communications kompaniyasi edi; hozirgi vaqtda AT&T va Verizon kompaniyalari bozor yetakchilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |