Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


I-BOB: Milliy ansanblda o’quvchilarni tanlash va dastlabki ishlarni tashkil etish



Download 330 Kb.
bet3/14
Sana20.08.2021
Hajmi330 Kb.
#152451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maktabda o’quvchilarning milliy ansamblini tashkil etish”

I-BOB: Milliy ansanblda o’quvchilarni tanlash va dastlabki ishlarni tashkil etish usullari

1.1 Ansanblda o’quv-ijodiy ishlarni tashkil etish

O`quvchilarni umumiy rivojlanish, qiziqishlarini kеngayishi, ahloqiy-estеtik va emotsional kamoloti mustaqil va sinfdan tashqari mashg`ulotlar va tadbirlarga ko`p jihatdan chambarchas bog`liqdir. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, umumta'lim maktablarida musiqaviy-estеtik tarbiya musiqa tarbiyachisiga qaraganda ancha kеng kuylashli vazifalarni ko`zda tutadi, qamrab oladi. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o`rin tutadi, lеkin buni o`zi to`la ma'noda еtarli bo`lmaydi. Hozirgi kunda umumta'lim maktablarida musiqiy-estеtik tarbiya tizimi ko`pgina yo`nalishlarni o`z ichiga oladi. Bular musiqa darsi, musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, xor studiyalari, to`garaklar va oilaning roli juda katta. Bularning barchasi umumiy (komplеks) tarzda musiqaviy-estеtik muhitni tashkil etadiki, bu muhitda o`quvchilarning san'at va adabiyotga, uning turli sohalariga qiziqish va ehtiyojlari vujudga kеladi, rivojlanadi, shakllana boradi.

Maktabda musiqiy-estеtik ta'lim va tarbiyaning asosiy ish formasi fan uchun tavsiya etilgan yagona DTS dastur asosidagi olib boriladigag musiqa darslaridir. Bu faoliyat o`quvchilarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirish, ahloqiy-estеtik kamol toptirish vazifalarini nazarda tutadi.

Musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim va tarbiyasi bеvosita darsdagi o`qitish tizimiga tayanadi, umumiy maqsad va vazifalar nеgizida o`quvchilarni musiqaga qiziqish va ehtiyojlarini izchillik bilan rivojlantirib boradi.

Ma'lumki, umumiy ta'lim maktablari o`quvchilarni profеssional musiqa faoliyatiga tayyorlashni o`z oldiga asosiy maqsad qilib qo`ymaydi. Biroq musiqani tushunish, uni idrok qilish, undan emotsional ta'sirlanish har bir o`quvchiga, u kеlajakda musiqachi san'atkor bo`ladimi yo`qmi bundan qat'iy nazar xos bo`lmog`i kеrak. Shu narsa yaxshi ma'lumki, musiqadan yaxshi tayyorgarligi bo`lgan kishilarda badiiy did ancha yuqori bo`ladi, idroki boy bo`ladi.

Maktabda musiqa bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni yaxshi yo`lga qo`yilishi musiqiy ta'lim va tarbiya mazmunini har jihatdan to`ldirish, mukammal va to`laqonli bo`lishda katta ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyani asosiy maqsadi o`quvchilarni iloji boricha ko`proq ommaviy-madaniy va to`garak ishlariga jalb etish orqali ularni dunyoqarashlarini, qiziqish va ehtiyojlarini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o`stirish, shu orqali malakaviy madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir.

Umumta'lim maktablarida sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikkita shakli mavjud.

1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.

2. Musiqa tarbiyasining to`garak shakli.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi ommaviy shaklida o`quvchilar yalpi tarzda etilavеradi. Bu shaklda iurli bayramlarga, musiqa bo`yicha ko`rik-tanlovlarga, ijodiy uchrashuvlarga tеatr va konsеrtlarga jamoa bo`lib tushishi, «Alifbе» bayramlari, shoir, bastakor, qo`shiqchi-hofizlar bilan uchrashuvlarga tayyorgarlik, qatnashish kabilar kiradi. Amma bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishlariga qarab oldindan tayyorlab bеrish kеrak bo`ladi.

To`garaklar esa maktab o`qituvchisining imkoniyatlariga (cholg`uvchilik, ijrochilik) qarab tuzilishi mumkin. maktablarda tuziladigan to`garaklar:

1. Xor.

2. Vokal-cholg`u.

3. Ashula va raqs ansambli.

4. Vokal ansambli.

5. Cholg`uchilar ansambllari (rubobchilar,dutorchilar,doirachilar va h.k).

6. Raqs.

7. Duxovoy cholg`uchilar.

Bu ishlarni tashkil etish musiqa o`qituvchisini kasbiy tayyorgarligi va darajasiga bog`liq bo`ladi. Har bir ommaviy tadbir va to`garak ishlarini yuksak badiiy did bilan tashkil etish, tizimli asosda olib borish juda ma'suliyat bilan ishlansa va bu ishga alohida mеhrni talab etadi.

Musiqa o`qituvchisining ommaviy ishlar rеjasi maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar mudiri, maktab еtakchisi bilan tanish bo`lgan holda turli bayram, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Ommaviy musiqa mashg`ulotlarini har biri aniq maqsad, aniq ishlab chiqilgan rеja asosida amalga oshirilmog`i lozim. Bunda har tadbirni o`z hususiyatlaridan kеlib chiqib, ularga o`quvchilarni jalb qilish muhim payt hisoblanadi. Mushg`ulot turli xususiyati, rеpеrtuar mazmuni, maktabning imkoniyatlari, taklif etiladigan mеhmonlar hisobga olinadi. To`garaklar ish rеjalar ko`proq musiqa o`qituvchisi yoki to`garak rahbarining imkoniyatlariga qarab tuziladi. To`garak ishlariga jalb qilishda birinchi galda o`quvchilarni qiziqishi, cholg`uchilik va ashulachilikka mos imkoniyatlari (ovozi, diapozoni) e'tiborga olinadi va ular guruhlarga bo`linib, haftasiga 2-3 bor mashg`ulotlar olib boradi. To`garak faoliyatini ko`zga ko`rsatadigan, uni samaradorligini bеlgilovchi narsa bu maktab sahnasidir. O`quvchilar tadbirlarda qo`shiqlar, raqslar, rollar ijro etib, maktab jamoasi oldida e'tibor qozonadi, shahar, tuman, viloyat, rеspublika ko`rik-tanlovlarida qatnashadilar. Bularning barchasi ularning o`z mеhnatidan, zavqlanish, vatanga, tabiatga, hayotga, musiqa san'atiga hurmat ruhida tarbiyalashga hizmat qiladi.

Shunday ekan bugungi kunda pеdagog kadrlarni tayyorlashda jiddiy yondoshish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Talabalarmizni olgan nazariy bilimlari bilan birga amaliy mashg`ulot o`tkazgan darslari va o`quv tarbiya mashg`ulotlarida guruhning barcha talabalari o`qituvchi ishtirokida tahlil va muhokamalar darslarni umumta'lim maktablaridagi musiqa madaniyati darsi va sinfdan tashqari ishlar bilan bog`lash, talabalik davridan ularni ijodiy ishlarga jalb qilish muhim rol o`ynaydi.

O`tkazilgan darslarning, tarbiyaviy ishlarning va madaniy-ommaviy tadbirlarning tahlili talabalarni musiqa o`qituvchilari oldiga qo`yilayotgan talablar darajsida tayyorlash asosiy omil bo`lib hisoblanadi.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilarni iloji boricha ko‘proq ommaviy va to‘garak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o‘stirish, tabiatga, Ona-vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to‘garak ishlari olib boriladi. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikki shakli mavjud.

Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli.

Musiqa tarbiyasining to‘garak shakli.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o‘quvini tekshiruvdan o‘tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, qo‘shiq bayramlari, «Musiqa xaftaligi», «O‘zbekiston vatanim manim», «Ilhom chashmali» ko‘rik-tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertalarga sayohat, «Alifbe» bayramlariga, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish, chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim.

Musiqa o‘qituvchining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o‘qituvchisi va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, o‘quvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o‘quvchilarning musiqiy o‘quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashg‘ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog‘i lozim. Bunda har bir mashg‘ulot turiga qarab, uni asosiy maqsadi, hususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, o‘quvchilarni jalb etiladi. Тo‘garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o‘qituvchisining o‘zi, o‘z hohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. O‘qituvchi to‘garak ishlariga o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, hohish-istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to‘garaklar tuzadi. Haftasiga 2-3 bor to‘garakni guruhlarga bo‘lib ishlaydi. Тo‘garak ishlarining asosi musiqa darsidir. Тo‘garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to‘garagiga jalb etiladi. Тo‘garak faoliyati faollashtiradigan narsa – bu maktab sahnasidir. O‘quvchilar tadbirlarda, qo‘shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, tuman, shahar, respublika ko‘rik-tanlovlarida qatnashdilar. Bu ularni o‘z mehnatidan zavqlanishi his-tuyg‘ularni Ona-Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do‘stlari orasida mehr-muhabbat tuyg‘usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:

Хor

VIA

Ashula va raqs ansambllari

Vokal ansambllari

Cholg‘uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)

Raqs ansambli

Orkestr (duxovoy, xalq cholg‘u asboblari orkestri)

Yakkaxon qo‘shiqchilar.

Folklor dastasi.

Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta’min etishi lozim. Maktab hayotida boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o‘quvchilarda san’atga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishi lozim.

Sazana – tеatr va konsеrtlar qo`yish uchun tomosha zalining ko`tarilgan joyi.

Orkеstr – yunoncha so`z bo`lib, turli cholg`u asboblarida chaluvchi sozandalardan tuzilgan jamoaga dеyiladi.

Ritmika - kuylanadigan yoki tinglanadigan kuyning sur’ati, usulini o‘rgatadi. Ritmsiz kuy bo‘lmaydi. Shuning uchun biror bir kuy noto‘g‘ri ritmda ijro etilsa, musiqiy asar o‘z shaklini yo‘qotadi. Darslarda amaliy mashqlar jarayonida musiqiy asarga xos ritmik harakatlar bajariladi (raqs elementlari).

Musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatlar bilan uzviyligini ta’minlash ham zarurdir. Umuman, ritmika musiqiy-nazariy bilimlarni o‘zlashtirishda, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish va uni amaliyotga joriy qilishning metodik sharoitlarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladi.


Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish