4. Urma cholg`u asboblari.
Doyra—(dap, childirma) O`zbеkistonda kеng tarqalgan cholg`u asbobi hisoblanadi. Doyra turli-tuman tеmbr, ritmik va dinamik tuslarga ega. U ikki qo`llab chalinadi. Kaft bilan barmoqlarni siqiq tutgan hodtsa doyra o`rtasiga urilg`anda (katta bum), bukilgan o`rta barmoq bilan doyra o`rtasiga urilganda (kichik bum) hosil bo`ladi. Barmoqlarni yozib, kaft bilan doyraning chеtiga va o`rtasiga bir yo`la qatgaq urish katta bak dеb ataladi. Yon barmoq bilan doyra chеtiga urish kichik bak dеb ataladi.
Nog`ora yog`och parchinlardan yasalgan uchta «xum»dan iborat bo`lib, yuqori kеng qismiga tеri qoplanadi. Har qaysisining vint mеxanizmi bor. Nog`orani sozlash uchun shu mеxanizm yordamida tеrining tarangligi rostlanadi. Nog`oralarning turlari sifatida do`l nogora, rеz nog`ora va juda kеng ishlatiladigan qo`sh nog`orani ko`rsatish mumkin.
Qayroqlar o`ziga xos bir-biriga urilib chalinadigan urma asbob bo`lib, Xorazm viloyatida, ayniqsa, kеng tarqalgan.
Safoil jaranglaydigan urma asbob ikkita yog`och tayoqchadan iborat. Bu tayoqchalarning har qaysisida 16 ta halqachalar o`rnatilib, ikkita tеmir halqaga maxkamlab qo`yilgan. Katta va kichik halqalar bir-biriga va yog`ochga urilib, jaranglagan shiqildoqtovush chiqaradi.
5. Kamonchali cholg`u asboblari.
G`ijjak—tovush kеngligi, ya'ni diapazonning juda kattaligi bilan ajralib turadi. G`ijjak o`tirib chalinadi. G`ijjak qobiqchasining pastki qirrasi tizzaga o`rnatiladi, kamon esa ko`ndalangiga ushlanadi. G`ijjakda torlar soni 4 ta bo`ladi. Kvintaga sozlanadi. G`ijjakning birinchi tori «mi», ikkinchi tori «lya»,"uchinchi tori «rе», to`rtinchi tori «sol» tovo`shiga sozlanadi. Diapazoni: «Sol» kichik oktavadan «lya» uchinchi oktavagacha. Uch oktavani o`z ichiga oladi.
Sato—kamoncha torli asbob bo`lib, tanburga o`xshaydi, uning to`rtta tori bor. Bularning sozi tanbur sozlarining sozidan farq qilmaydi. Sato birmuncha sеrohang, mayin va yoqimli tovush chiqaradi. Sato uchun notalar tanburdagi singari skripka kalitida yoziladi.
Bu pozitsiyalar o‘quvchini gamma va arpedjiolarni har xil shtrixlarda ijro etib, texnik mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda musiqiy badiiy asarlarni mohirona ijro etib rubobdan yoqimli, mayin, tiniq va sifatli tovush chiqarish imkoniyatini yaratadi:
Cholg‘u asbobini mohirona chalish uchun sozanda o‘z cholg‘usini, tanlagan kasbini sevishi, muntazam o‘z ustida ishlashi, ayniqsa, notaga qarab chalish malakasini o‘stirib borishi, gammalar, uchtovushliklar, turli mashqlar, etyudlar, shtrixlar, ijro bezaklarini o‘zlashtirish ustida tinimsiz shug‘ullanishi zarur.
Barcha ijrochilik mutaxassisliklari singari rubob ijrochiligida ham o‘quvchilar qobiliyatini texnik va badiiy jihatdan uzluksiz rivojlantirish tamoyillari mavjud. O‘quvchilarning badiiy malakalari va tasavvurlarini shakllantirish uchun badiiy asarlar zarur bo‘lsa, o‘sha asarni sadolantirish, texnik mahoratini ta'minlash uchun esa gamma, mashq va etyudlar juda muhim. Ammo ular xoh uy vazifasi yoki darsda bo‘lsin, alohida badiiy mashg‘ulotdan ajralgan holda emas, balki bir butun badiiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi esa maktab dasturiga kiritilgan asarlar repertuari bilan muntazam ishlash, ularni tahlil qilish, ijro yo‘llarini izlash, o‘rganilayotgan qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lish mahoratlarini ham orttirib borishi lozim.
Rubobda gamma chalishdan asosiy maqsad chap qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri qo‘yish, tordan torga o‘tish, pozitsiyalar almashishini o‘zlashtirish, to‘g‘ri shtrixlarga ega bo‘lish hamda tovushlarni ritmik jihatdan bir tekisda ravon va mutanosib kelishini ta'minlashdir.
Ijrochilik mahoratini rivojlantirishda nafaqat gammalar balki, mashqlarning ham ahamiyati katta bo‘lib, bunda intervallari keng, sakrashli, barmoqlar uchun noqulay applikaturani o‘zlashtirish, simdan simga o‘tish, turli xil bezaklarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan mashqlar katta rol o‘ynaydi. Mashqlarni o‘sha o‘rganilayotgan asardan ham olish mumkin.
Etyudlarning mashqlardan farqi shundan iboratki, ular asosan ijrochilik mahoratining ma’lum jihatlarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, badiiy konsert ijrochilik niyatlarini ko‘zlab ijod qilingan etyudlar ham ko‘plab uchraydi.
Mashg‘ulotlar davomida ustoz shogirdiga etyudlarning asosiy uslubiy yo‘nalishini aniq belgilab, ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda yozilganligini tushuntirishi maqsadga muvofiq. Bunda ijrochilik mahorati badiiy asarning mazmunini ochishdagi maqsad emas, balki vosita ekanligini o‘quvchilar tushunib yetmog‘i lozim. O‘quvchining mustaqil tayyorlanishida ijrochilik texnikasini rivojlantiruvchi mashg‘ulot uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashi ham katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilar rubobni o‘rganishda chap qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri qo‘yishni o‘zlashtirish va mustahkamlash, pozitsiyalar almashishi va to‘g‘ri shtrixlarga ega bo‘lish ko‘nikmasini egallash, rubob grifida notalarning joylashishini erkin topa olish, notani o‘qish va tordan-torga o‘tish kabi murakkab jarayonni diqqat bilan uddalashlari kerak.
Chap va o‘ng qo‘ldagi turli harakat va uslublarning shakllanishi va o‘sishi jarayoni ancha murakkabdir. Shuning uchun ijro texnikasi ustida ishlaganda har bir qo‘lni alohida, shuningdek, ikkala qo‘lni birga ma’lum maqsad va vazifaga bo‘ysundirishga erishish lozim. Ana shu va boshqa sifatlarni shakllantirgandan keyin ijro sur’atini tezlashtirish mumkin.
Har bir sozandaning musiqiy asar ustida ishlashi o‘ziga xos bo‘lib, ushbu jarayonga har kim o‘zicha yondashadi. Ammo musiqiy asarlar ustida ishlash jarayonining barcha uchun umumiy tomonlari mavjud. Buni asosan uch bosqichga taqsimlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |