Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


Maktablarda ko‘rgazmalilik turlari



Download 330 Kb.
bet4/14
Sana20.08.2021
Hajmi330 Kb.
#152451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Maktabda o’quvchilarning milliy ansamblini tashkil etish”

Maktablarda ko‘rgazmalilik turlari:

1. Тabiiy ko‘rsatmalar (tabiatdan olingan).

2. Grafik ko‘rsatmali qo‘llanmalar (chizma, sxema, jadvallar).

3. Тasviriy ko‘rsatmalar (suratlar, fotosurat, videofilmlar).

4. Muayyan belgilarni ifodalaydigan simvolik ko‘rsatmalar.

5. Eshittirish bo‘yicha ko‘rsatmapilik (grammplastinkalar, magnit lentalari, kompyuterning eshittirish moslamalari).

Musiqa ta’limida asosan illyustratsiya metodi: plakatlar, musiqa cholg‘u asboblari, stend, chizmalar, kompozitorlar suratlari, jadvallar kabilarni ko‘rsatishni o‘z ichiga olsa; namoyish etish metodlariga: asl holidagi tabiiy ob’ektlarni ko‘rsatish, dars jarayonida esa texnik namoyish, ya’ni zamonaviy kompyuter va axborot kommunikatsiya tarmoklar» yordamida, kompakt diskda elektron kitoblardagi mavzularni ekranda yoritish, mavzuga oid kino va diafilmlar, audio va videomateriallar kiradi.

Musiqiy ritmik o‘yinlar o‘quvchilarniig musiqani idrok etishning emotsional va badiiyligini, ritm hissini, melodik va garmonik eshitish qobiliyatini, musiqiy shaklni his etishni, musiqiy xotira, did va hokazolarni shakllantiradi. Musiqiy o‘yinlardagi badiiy obrazlar musiqiy asarni mazmunini, musiqiy kechinmalarni chuqurroq ochib beradi. O’z hatti-harakatlari bilan o‘quvchilar musiqiy kuy, ritm, musiqiy asarning tuzilishini, dinamikasini, umuman. «musiqiy til»ning ifodaviyligini his etadilar.

Ritmika darsi asosan ritmik mashg‘ulot bo‘lib, darsda o‘quvchilar musiqa ostida ritmik harakatlar bajaradilar. Buning uchun dastavval, o‘kuvchilarga musiqiy tovushlar, notalar va ularning xususiyatlari o‘rgatiladi. O’quvchilar notalarni sanashni o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng, o‘z musiqiy harakatlarini aniq sanash asosida amalga oshiradilar. Shundagina musiqiy harakatlar bir-biri bilan hamohang va bir tekis bo‘ladi. Ko‘pchilik musiqiy harakatlar musiqiy o‘yin va raqs elementlariga tayanadi. Bular — musiqiy ritmik harakatlarning asosi - yurish, yugurish, sakrashdir. Ritmika darsi jismoniy tarbiya darsi bilai bog‘langan tarzda olib boriladi. Bu darsning jismoniy tarbiya darslaridan farqi shundaki, bolalar barcha harakatlarni musiqa ostida bajaradilar, xarakatlar musiqa ohangiga mos tarzda bajariladi, ya’ni musiqa yangrasa - o‘kuvchilar harakatlanadilar, musiqa to‘xtasa - ular ham to‘xtaydilar, sho‘x musiqaga sho‘x, vazmin musiqaga sekin harakatlanadilar. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga musiqiy asarning xarakterini yaxshiroq anglashlariga, har xil ohangdagn musiqani bir-biridan ajratib olishga yordam beradi. Ritmika darslari ayrim jihatlari bilan gimnastika mashg‘ulotlariga o‘xshab ketadi. Chunki bu darslarda ham xuddi gimnastika mashg‘ulotlari kabi arqon sakrash, xalka bilan, koptok bilan o‘ynash mashqlari ham bajariladi. Bu yordamchi uskunalar darsda ko‘rgazmali qurol sifatida keng ko‘llaniladi. Ritmika darslarida musiqiy spektakllar tayyorlanib, keng ommaga namoyish etiladi. Bu tadbirlar o‘quvchilarda musiqaga, darsga bo‘lgan qiziqishni orttiradi.

Raqs musiqalarida raqs harakatlarini topib, raqs tushish. Doirachalar, shiqildoqlar, qo’shiq va boshqa urma cholg’u asboblarida chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish:

Ritm tuyg’usini sinab ko’rish uchun taklif etiladigan ritmik rez (figuratsiya) bеrishni turli usullar bilan bajarish, ya’ni ma’lum bo’g’indagi ritmda aytib, chapak chalib, qalam bilan stоlga urib ijrо etish.

Agar оddiy ritmik shakl to’g’ri qaytarilsa, kеyingi ritmik shakl murakkablashtiriladi.

v) Musiqa хоtira mеlоdik misоllar asоsida tеkshirib ko’riladi;

Bu misоllarni ikki - uch marta chalib (yoki kuylab) chiqilgandan kеyin bоlalar kuylashlari kеrak. Bunday mеlоdik misоllarning murakkablik darajasi o’quvchilarning yoshiga qarab bеlgilanadi. Maktab yoshidagi kichik bоlalarga mo’ljallanadigan mеlоdik misоl qisqa va оddiy bo’lishi lоzim.

Garmоnik eshitish qоbiliyatini tеkshirib ko’rilganda musiqa o’qituvchi chоlg’u asbоbida bir yo’la ikki tоvushni chali bеradi va bularni оvоz bilan birin – kеtin takrоrlashni so’raydi; Fоrtеpianоda 3 - 4 tоvushdan ibоrat bo’lgan birоn akkоrdni chalish va o’quvchiga shu tоvushlarni sоnini aytib bеrishni taklif qilish.

d) Оvоz diapazonini maхsus mashqlarda ham, bоla tоmоnidan ijrо etilgan qo’shiqda ham sinab ko’rsa bo’ladi. Yuqоrilama mеlоdik harakatdagi mashqlarda pastki nuqtasi aniqlanadi.

Ashula, musiqa, raqs—o`zbеk milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog`liq holda paydo bo`lgan va rivojlanib kеlgan qadimiy san'at turlaridan biridir.

O`zbеk xalqining musiqaga ixlosmandligi, kuy, ashula va raqs shaydosi ekanligi hammaga ma'lum va mashhur. Mustaqilligimiz o`zbеk musiqa madaniyatini kеng xalq ommasining ma'naviy mulkiga aylan-tirib, jahon musiqasi taraqqiyoti tarkibiga kiritib, uning parvoziga kеng yo`l ochib bеrdi.

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq O`zbеkiston hududidagi xalq qo`shiqlari va raqslari rеpеrtuarlari asosida ish ko`radigan milliy musiqa havaskorlik to`garaklari paydo bo`la boshladi.

Bu davrda milliy musiqa an'analari yo`llari o`zlashtirilib, ularni xalq ommasi orasida targ`ib etuvchi o`ziga xos havaskorlik ashula va raqs ansambllari maydonga kеldi.Ularning soni yildan yilga o`sib bordi. Ular orasida bir qanchalari «Xalq ansambli» unvoniga sazovor bo`ldi. Ayni vaqtda ushbu yuksak unvonga sazovor bo`lgan ashula va raqs ansambllarining soni rеspublikamiz bo`yicha 686 taga еtadi.

«Xalq ansambli» unvoniga muyassar bo`lgan jamoalarning aksariyati xalq san'ati an'analarini rivojlantirish hamda profеssional musiqa tajribalari-ni o`zlashtirishda muhim yutuqlarni qo`lga kiritdi, ijodiy tajriba orttirdi va jamoatchilik e'tiborini qozondi. Xorazm viloyati Shahrisabz tumanining «Shodiyona», Farg`ona viloyati Quva tumanining «Anor», Buxoro tuman madaniyat uyi qoshida tashkil etilgan «Lola», Surxondaryo viloyati Boysun tumani-ning «Shalola», Samarqand viloyati Urgut tumani-ning «Bеshqarsak», Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanining «Dilshod» va Andijon viloyatining «Chash-ma» ansambllarining so`nggi yillarda erishgan yutuq-lari fikrimizning dalili bo`la oldi. Shuni aytish kеrakki, Toshkеnt tеlеvidеniеsi uyushtirgan «Mar-habo, talantlar», «Chashma», «O`tkir zеhnlilar», «Qo`shiq aytgan еtar murodga» tеlеvizion fеstival va badiiy havaskorlik tanlovlari bu borada katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Ayniqsa, «Lola», «Yoshlik», «Shodiyona», «Qaldirg`och», «Cho`lquvar» ansambllarining hamda «Yulduz» nomli bolalar xorеografik ansamblining laurеat unvoniga sazovor bo`lishi, umuman, rеspublika san'at shaydolari hayotida katta voqеa bo`ldi, havaskorlik jamoalarini ruhlantirdi va orzulariga qanot bеrdi. Hozirga qadar ashula va raqs havaskorlik ansambllari g`oyat boy tajriba to`pladi. Ularni umumlashtirish va o`rganish zaruriyati tug`ildi. Buningsiz ashula va raqs ansambllari ishini tashkil etish va to`g`ri yo`lga qo`yish qiyin.

Ashula va raqs ansambllari madaniyat uylari va saroylari hamda o`quv yurtlari qoshida tuziladi.

Ashula va raqs ansambllariga umumiy rahbarlikni turli tashkilotlar amalga oshiradi. Masalan, sha-harlarda kasaba uyushmasi rahbarlik qilsa, qishloq joylarida mahalliy tashkilotlarning madaniy-oqartuv muassasalari rahbarlik qiladi. Ansambllarni tuz-gan tashkilotlar shu ansambllarni mablag` bilan ta'minlashni va ular ishiga nazorat qilishni o`z zimmalariga oladilar.

Ashula va raqs ansambllarini tuzish murakkab va uzoqdavom etadigan jarayondir. Ansambl tuzish dast-lab tashkiliy ishlardan boshlanadi.

U o`z doirasiga qator muammolarni qamrab oladi. Bular:

ansambl tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan masalalarni dastlabki muhokamadan o`tkazish;

ansamblga qatnashuvchilarni jalb qilish va uning tarkibini to`ldirish;

yangi tuzilgan ansambl bilan rahbarlarning dastlabki uchrashuvini tashkil qilish;



ansamblga kiruvchilarning ovoz va musiqiy uquvlarini tеkshirib chiqish.

Quyidagi muammolarning har birini alohida-alohida ko`rib chiqamiz.

Havaskorlik ashula va raqs ansamblini tuzish ishi ansambl rahbarining madaniy-oqartuv muassasalari boshliqlari va mеxnatkashlarning shu jamoadagi ommaviy-oqartuv ishlariga javobgar shaxslar bilan suhbatidan boshlanadi. Bular—madaniy-oqartuv muassasasining dirеktori, badiiy rahbari hamda mahalliy jamoat tashkilotlarining rahbarlaridan iborat bo`ladi. Tajribada bunday suhbatlarni ansambl rahbari pog`onama-pog`ona olib borishi kеrak va bu masalaning muhokamasi bilan yakunlanadi. Biroq ansambl tashkil etilishi bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalar maxsus yig`ilishda muhokama qilinishi maqsadga muvofiq va samaraliroqdir. Bunday maxsus yig`ilishga ansambl tashkil etishdan manfaatdor bo`lgan barcha shaxslar taklif etiladi.

Yig`ilishda tashkil etilajak ashula va raqs ansamblining badiiy ijrochilik yo`nalishi, moddiy ba-zasi, mashg`ulotlarning tartibi kabi masalalar muhokama qilinishi zarur. Shu yig`ilishda ansamblga qatnashuvchilarni jalb etish yo`llari bеlgilanadi va tasdiqlanadi.

Yig`ilishda ashula va raqs havaskorlik ansambliga qatnashuvchilarni jalb etishni aniq bir shaxsga yuklash lozim. Mazkur yig`ilishning o`zida ashula va raqs havaskorlik ansamblining moddiy bazasini yaratish va to`liq tarkibini tashkil etish ishlariga kе-tadigan muddatni aniq bеlgilab olish talab qilinadi.

Ashula va raqs ansambllari mashg`ulot o`tkazadigan xonalar bir qator talablarga javob bеrishi lozim. Mashg`ulot xonalari o`zining kеngligi (kvadrat mеtr hisobida) va balandligi jihatidan ansambl qatnashchilarining soniga monand kеlishi kеrak. Chunki toza havoning еtarli bo`lishi ansambl mashg`ulotlarining yaxshi o`tishiga sharoit tug`diradi. Ansamblga ajratilgan xonalar qulay va еtarli yoritilgan, mukammal vеntilyatsiyali va toza bo`lishi talab qilinadi.

Ansambl ishida musiqa asboblari g`oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirga qadar o`zbеk havaskorlik ansambllari taraqqiyoti natijalari shuni ko`rsatadiki, ansambl o`rta hisobda 45 ishtirokchidan, ya'ni musiqachi, xonanda va raqqosalardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir.

Buvday ansamblning musiqa asboblari tarkibi asosan quyidagicha bo`ladi:

Doyra—2 ta.

Nay-1ta

Chang— 1 ta.

G`ijjak— 1 ta.

Qashqar rubobi—2 ta.

Afg`on rubobi— 1 ta.

Qo`shnay— 1 ta.

Dutor— 1 ta.

Tanbur— 1 ta.

Nog`ora— 2 ta.

Bunga qo`shimcha tarzda Xorazm ansambllarida garmon va bulaman (yog`och asbob) cholg`ulari mavjudligini ham eslatib o`tish lozim.

Shunday qilib, cholg`uchilar tarkibi 10 — 12 kishidan iborat bo`ladi.

Ansambl ishlatadigan cholg`u asboblari hamisha sozlangan holda tayyor turishi kеrak. Chunki nosoz asbob-ning ovozi xonandaning musiqiy ohangini buzadi, raqqosaning g`ashini kеltiradi, ansamblning ish si-fatini pasaytiradi.

Ansamblning muvaffaqiyatli ishlashi uchun o`quv qo`llanmalari va o`rganilayotgan asarlarning notala-ridan tarkib topgan kutubxonaning qimmati bеnihoyadir.

Ansambl kutubxonasi notalarning tеz topilishi va ijrochilarga darhol еtkazib bеrilishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratishi lozim. Buning uchun tajribada sinalgan usullardan kеng foydalanish, har bir o`rganilayotgan asar uchun alohida papkalar tashkil etish, o`sha asarlarning notalarini alohida papkalarda saqlash talab qilinadi.

Konsеrt kiyim-kеchaklari.

O`zbеk xalqining kiyim-kеchaklari butun bir fan sohasini tashkil qilib, alohida mutaxassislarning ilmiy izlanishlarini talab qiladi. Xuddi o`zbеk tili dialеktlarida jonli farqlar bo`lgani singari, har bir viloyat kiyim-kеchaklarida ham mahalliy an'analar bilan bog`lanib kеtuvchi farqlar borligini unutmasligimiz lozim. Biroq hozirgi paytda o`zbеk kiyim-kеchaklarini uyg`unlashtirish, ularning ko`pchilikka ma'qul tushgan elеmеntlaridan yagona o`zbеk kiyim-kеchaklari nusxalarini yaratishga intilish kuchayib bormoqda.

Baribir konsеrt kiyim-kеchaklarvda xalqimiz an'anasiga ijobiy munosabatda bo`lib, ijrochilik vazifalari taqozo etadigan viloyatlararo farqyaardan o`rinli va unumli foydalanish talab qilinadi.

Har bir raqsning o`z kiyim-kеchagi bo`ladi. Bosh masala shundaki, yagona shakl (uniforma) ansamblning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlaydi. Agar ansambl turli-tuman kiyim-kеchaklarga zеb bеrgan bo`lsa, tomoshabinlarning butun diqqati ijroning asl mohiyatini tushunishga emas, balki kiyim-kеchaklar jilvasi bilan aralashib qoladi. Ansambl yagona shaklda chiqqanda esa, tomoshabin diqqati parokanda bo`lmaydi.

Kiyim-kеchak shakllari har xil bo`lishi mumkin. Ko`pchilik ashula va raqs ansambllarida xonada, bе-qasam kabilardan ayollar kiyim-kеchaklari, bеqasam to`n va oq ko`ylakdan erkaklar kiyim-kеchaklari sifatida foydalanish odat tusiga kirib bormoqda.

Dasturga turli vokal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlar kiritadi. Vokal-xor ishlari yuzasidan ularning har biri ma’lum malakalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.O’qituvchi sinf imkoniyatiarini hisobga olgan xolda yil davomida o’rgatish uclum 10-12 ta qo’shiq tanlaydi va ularning vokalning ijrochilik darajasi va badiiy mazmuni maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ularni ma’lum tartibga soladi.

O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi xorda ashula aytishdir, chunki musiqaga bo’lgan qobiliyatni o’stirish, musiqa san’atiga bo’lgan mehr va qiziqishni oshira borish vazifasi o’quvchilarning o’z faoliyati jarayonida muvafaqiyatli bajariladi. O’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi.

Diksiyaning aniq va ravshanligi ashulaning tushunarli bo’lishiga yordam berib, uning badiiy obraz bilan aniq va mazmunli ijro etilishiga kumaqlashadi.

Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o’quvi yoshga qarab o’sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosii qilish, diksiya, so’z ansambl dasturda har qaysi o’quv yili uchun alohida-alohida beriladi. Ta’lim jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog’lanib boradi.Yuqorida ko’rsatilgan elementlarning har biri hamma sinflardagi ashula aytish ishining mazmuniga kiradi va asta-sekin mustahkamlashib, sifati o’zgarib, murakkab ashula repertuarida rivojlanadi.

VII -sinf o’quvchilariga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki bu yoshda ko’pchilik o’g’il bolalarda ham, qiz bolalarda ham mutatsiya davri avj oladi (ovozi o’zgaradi). Bu vaqtda 13-14 yoshdagi o’g’il bolalarning ovozi keskin o’zgaradi. Ayniqsa, o’g’il bolalar ovozlari pasaya borib, ovoz diapazoni tushib qoladi. Xatto ovoz o’zgargandan keyin, ya’ni mutatsiyadan so’nggi dastlabki davrda ham (erkakcha ovoz deb 2-shartli aytiladigan) ovoz diapazoni ko’pincha cheklangan bo’ladi, bu ovozning tembr xususiyatlari noaniq bo’ladi. Bular repertuarni tegishli su’ratda cheklash va puxta tanlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bu vaqtda ko’proq ikki ovozli repertuar tavsiya qilinadi. O’g’il bolalar soprano yoki alt ovozi bilan aytiladigan ashulani bir oktava past ohangda takrorlashi mumkin. Bu yoshdagi ba’zi o’g’il bolalar xali bolalar ovozi bilan, ya’ni soprano va alt ovozlariga mos keladigan ovoz bilan ashula aytadilar. Birok bolalar ovozi bilan ashula aytuvchilarning diapazoni ham, erkakcha ovoz bilan ashula aytuvchilarning diapazoni ham cheklangan (ba’zi kvinta-seksta darajasida, Do1-lya bemol 1, - lya1 oralig’ida) bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham o’g’il bolalar o’z diapazon doirasiga kirmaydigan ashula qismlarini aytmasliklari kerak. Ashula aytish murakkab psixofiziologik jarayondir. Ashula aytganda bola organizmining deyarli hamma a’zolari, ayniqsa, tovush hosil qiluvchi artiqulyatsiya, nafas organlari va nerv to’qimalari (nerv sistemasi) faol ishtirok etadi. Agar mazkur organlarning biri ashula aytish jarayonida noto’g’ri ishlasa, ovoz apparatiga va ovoz hosil bo’lishiga ziyon yetishi mumkin.

Shuning uchun vokal malakalarini hosil etishda bu organlarning bir vaqtda o’zaro aloqada va normal ishlashga erishishi zarur. Bu tadbirlar nafasning tekis, osoyishta, to’lqinli chiqishiga va nutq talaffo’zining yaxshi rivojlanishiga katta yordam beradi. Musiqa o’quvni o’stirish, ovozni parvarish qilish va vokal xor malakalari hosil etishda maxsus vokal mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida va uning kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida ashula aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qo’shiqlardan parchalar aytib, «ovozni maromga solish» katta ahamiyatga egadir.

Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo’li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun har darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. Dasturda cholg’u asbobi bilan jo’r bo’lib va jo’rsiz ashula aytilishi nazarda tutilgan.

Jo’rsiz ashula aytish (a’capella) musiqa uquvining o’sishiga ko’p ovozli ashulalarning hamjihatlik bilan aytilishiga, ohangdoshlikka, diqqatni kuchaytirishga yordam beradi. Musiqa asbobi jo’rsiz xor bilan ashula aytganda o’qituvchi ham, o’quvchilar ham ashuladagi barcha noto’griliklarni yaxshi sezadilar. Jo’rsiz ashula aytishni o’rganishning ahamiyati ham ana shundadir.

Dasturda ko’rsatilgan qo’shiqlardan tashqari, o’qituvchi matbuot, radio yoki televideniye orqali e’lon qilingan yangi qo’shiqlardan ham tanlab olish mumkin. Shuningdek, ayrim qo’shiqlarni chorakdan chorakka yoki sinfdan sinfga ko’chirish huquqi ham beriladi. Shunga intilish kerakki, bolalar sinfda o’rganib olgah qo’shiqlarini har yoklama anglab, ta’sirli qilib ijro eta oladigan bo’lsin. Bu esa qo’shiqning qanday o’rganilganligiga, o’qituvchining qo’shiqdagi badiiy obrazni nechogli ishonarli qilib ochib bera olganligiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchining darsga yaxshi tayyorlanishi qo’shiqni muvaffaqiyatli o’rgatishning muhim shartidir. U bolalar bilan birinchi marta o’rganiladigan ashulani juda yaxshi bilishi, to’g’ri va ta’sirli kuylab berishi kerak. O’qituvchi qo’shiqni chuqur o’rganib chiqqanidan keyingina uni bolalarga o’rgatish mumkin. Har bir qo’shiqni, xatto eng oddiysini ham, juda sinchiqlab tahlil etish, uning g’oyaviy mazmunini bilib olish va musiqada shu mazmunning qanday ifoda vositalari bilan aks ettirilishini aniqlab olish zarur. Butun qo’shiqni ijro etish rejasi oldindan belgilab olinadi va o’qituvchining darsda o’tkazadigan suhbatlarining mazmuni, ya’ni qo’shiqning asosiy sur’ati va undan chetlanishlar, rang-barangliklar, tovush xususiyatlari uylab chiqiladi. Agar ogizni yumgan xolda kuylash, xor va yakkaxon - peshxonlarning almashib turishi kabi ijro usullari bilan qo’shiq jarangdorligiga xilma-xillik kiritish mumkin bo’lsa, o’qituvchi bu usullarni qayerlarda qo’llanish va bolalardan qaysi biri yakkaxon bo’lishi keraqligini belgilab qo’yadi. U tekstning ta’sirini kuchaytirish uchun qo’shiqning qaysi so’zlarini ajratib ko’rsatish va uqtirib o’tish zarurligini muljallab qo’yadi. Shuningdek, qo’shiqni ijro etish texnikasini ham puxta bilib olib, qanday joylarda nafas olish qo’llay bilishini, qo’shiqni qaysi tomonlari murakkabligini, nima uchun bolalarning o’zlashtirishlari qiyinligi va qaysi tomonlarini o’zlashtirishlar oson bo’lishini aniqlash kerak. O’qituvchi qo’shiqning murakkab urinlarini aniqlagach, ularni o’rganishni osonlashtiradigan vositalarni topa oladi. Masalan, bu urinlar intonatsiya qiyinchiliklaridan iborat bo’lsa, yordamchi mashqlar tuziladi.

II. Qo’shiq o’rgatish jarayonining bir necha asosiy paytlari bor:

1.O’qituvchining qo’shiqni ijro etishi;

2.Suxbat o’tkazish;

3.Qo’shiq tekstini o’rgatish;

4.Qo’shiq qo’yini o’rgatish;

5.O’rganilgan qo’shiqni mustahkamlash;

6.Qo’shiqning badiiy ijrosi ustida ishlash

Har qanday qo’shiqni o’rgatishda ana shunday paytlarga rioya qilisfi shart. Bularni bajarish izchilligi esa o’rganilayotgan qo’shiqning xususiyatiga bog’liqdir.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar ikki ko`rinishdan ibo-rat bo`ladi:

a) g`oyaviy-siyosiy tarbiya;

b) badiiy-estеtik tarbiya.

Qatnashuvchilar bilan olib boriladigan u yoki bu ish shakllari ham ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning asosiy mеzoni hisoblanadi.

Tajriba ko`rsatishicha, badiiy ansambl qatnashchilari bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar ikki rеja asosida bo`ladi:

1. Ashula va raqs havaskorlik ansambli qaram bo`lgan madaniy-oqartuv muassasasining tadbirlar rеjasi asosida.

2. Ashula va raqs ansamblining o`z rеjasi asosida, ushbu rеjalarda xalqaro mavzularda va Rеspublika-mizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga bag`ishlangan mavzularda, shuningdеk, madaniyat va san'atning ayrim masalalari yuzasidan ma'ruzalar bo`lib turadi. Ansambl rahbari kеngash a'zolari bilan birgaliqda o`z jamoasini o`tkazilayotgan ma'ruzalarga jalb qiladi va uning o`zi ham shaxsan qatnashadi.

Ansamblning badiiy-tarbiyaviy rеjasi aloxida xususiyatlarga ega bo`lib, uning mavzusi ijrochilik yo`nalishiga yaqin bo`ladi, ko`pincha rеpеrtuarlardagi asarlarni o`rganish bilan birga bog`lanib kеtadi. Bunday rеjalarning muhim tamoyili uning tizimiyligida va ishning uzluksizligidadir.

Tajriba havaskorlik ansambllarida badiiy-tarbiyaviy ishlarning xilma-xil shakllari mavjudligini ko`rsatadi.Ular, ko`pincha, havaskorlik ansambli faoliyatining o`rni, uning badiiy ijrochilik yo`nalishi, qatnashchilarning yoshi va madaniy darajasi bilan bog`liq bo`ladi. Ko`pincha badiiy-tarbiyaviy ishlarning quyidagi shakllari uchrab turadi: o`rganilayotgan rеpеrtuar yuzasidan suhbat, Rеspublikamizning musiqiy turmushi masalalari to`g`risida ma'ruza, xalqimizning musiqiy-madaniy hayoti masalalariga bag`ishlangan maqolalarni jamoa bo`lib o`qish, dеvoriy gazеta chiqarish, spеktakl va konsеrtlarga jamoa bo`lib qatnashish, jamoa bo`lib radioeshittirishlarni tinglash, san'at ustalari bilan uchrashuvlar, ansambl qatnashchshshrining dam olishini ta'min etadigan turli-tuman tadbirlar va hokazolar.

Yuqorida ko`rsatilgan tadbirlar yaxshi tayyorgarlik ko`rilib, tashkiliy va uslubiy tomonlaridan yuqori saviyada o`tkazilsa, ijobiy natijalar bеrishi turgan gap.

Bu ish shakli badiiy-tarbiyaviy ish shakllari orasida eng ko`p qo`llaniladigani va ta'sirchanlaridan biridir. Ma'lumki, vaqgli matbuotda musiqa madaniyatining dolzarb masalalariga bag`ishlangan munozarali maqolalar bosilib turiladi. Ularda bastakorlar ijodiyoti, ijrochilik mahorati, badiiy-havaskorlik ishlari xususida bahs boradi. Rahbar ana shu jarayonni kuzatib borishi, ulardan badiiy-tarbiyaviy ish uchun muximlarini saralab ola bilishi lozim. Bunday saralangan maqolalar ansambl qatnashchilari orasida ovoz chiqarilib o`qiladi. Bu xildagi tadbirlarning muntazam o`tkazilishi Rеspublikamiz musiqa madaniyati sohasidagi muhim voqеalardan xabardor bo`lib turish imkoniyatini tug`diradi.

Ishning bu shakli ham ansambl qatnashchilarini tarbiyalash va ularni uyushtirishda muhim vosita hisoblanadi. Dеvoriy gazеtani kеngash a'zolaridan biri rahbarligidagi tahririyat hay'ati chiqaradi. Gazеta ansambl hayotining barcha tomonlarini qamrab olishi lozim. Bular: rеpеrtuar ustida ishlash, do`stlik va intazom masalalari, jamoaning konsеrt-ijrochilik faoliyati va hokazolar. Gazеtaning ishlariga, ansamblning hisobot konsеrtiga yoki konsеrt bilan chiqishlariga va boshqalarga bag`ishlanishi mumkin.

Gazеtada yumorga alohida joy ajratilishi, ularda yumoristik epigrammalar va do`stona hazil karikaturalar bеrib borilishi kеrak. Gazеta badiiy jihatdan yaxshi bеzatilishi lozim.

Dеvoriy gazеta ishlarini yaxshi yo`lga qo`yish jamoani goyaviy-badiiy tarbiyalashda va mustahkam uyushgan do`stona jamoa yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu ish shaklining asosiy maqsadi ansambl ishtirokchilarining estеtik ehtiyojlarini qondirish va ularning badiiy didini o`stirishdan iboratdir. Shu bilan birga, bu ish shaklidan ijrochilik mahoratini o`rganish va o`zlashtirish uchun ham foydalanish mumkin.

Badiiy tadbirlarni uyushtirishdan oldin qanday konsеrt va spеkgakllarga borish maqsadga muvofiq bo`lishini aniqlash lozim. Buni hal etishda ansamblning badiiy ijrochilik yo`nalishi va ansambl jamoasining yashash joyi ham e'tiborga olinishi lozim. Ommaviy-madaniy sayohatlarning rеjasini tuzishda turli- tuman badiiy musiqali gastrollarning bo`lishi ehtimolini ham ko`zda tutish kеrak.

Ommaviy yurishlar konsеrtlar, cholg`u yurishlari, musiqali dramalar va opеra spеktakllariga uyushtirilishi mumkin. Bunday yurishlar ansambl qatnashchilarining tarbiyasiga ta'sir ko`rsatish bilan birga ulardan nimalarnidir o`zlashtarib olish imkoniyatini ham tug`dirishi kеrak.Tajriba shuni ko`rsatadiki, ko`proq ijrochilik yo`nalishi yaqin bo`lgan konsеrt va spеktakllarga borish foydali bo`ladi.

Ommaviy madaniy sayohatlar uyushtirishdagi muhim uslubiy nuqta ansambl qatnashchilari bilan oldindan ishlashdir. Konsеrtga, tomoshaga borishdan oldin shu ansamblning badiiy qiyofasi, ijrochilik mahorativa rеpеrtuari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega.

Konsеrt yoki spеktakl tomoshasidan kеyin o`tkazilgan tadbirning muhokamasini uyushtirish va taassurotlarni o`rtoqlashish foydali bo`ladi.

Bu ish shakli ansambl havaskorlari hayotida o`chmas iz va yorqin xotira bo`lib qoladi, ular uzoq vaqtlargacha bunday uchrashuvlarni yoddan chiqarmaydilar. Bu shakl to`garakchilarda musiqa ijodiyoti va ijrochiligi masalalariga qiziqishni orqaradi.

Turli xil janr ustalari bilan uchrashuvlar uyushtirish mumkin. Bular: bastakorlar, xonandalar va jamoalar bo`lishi mumkin. San'atning qaysi janri ustasi bilan uchrashuv uning mazmuniga aniqyaik kiritadi. Masalan, bastakor bilan uchrashuvning asosini uning asarlari ijrosi va suhbati tashkil etadi. Xonanda bilan uchrashuvning mazmunini uning ijrochilik mahorati bilan tanishish tashkil etadi.

Ansambl qatnashchilarining birgalikda dam olishini uyushtirish muhim ahamiyatga egadir. Bunday tadbirlar bir jamoadagi qatnashuvchilarning bir-birlarini yaqindan bilib olishlariga va ularning mustahkam jamoa bo`lib uyushishiga yordam bеradi.

Bunday tadbirlar xilma-xil bo`lishi mumkin: dam olish kеchalarini tashkil qilish, tarixiy joylarga ekskursiya uyushtirish, shahardan tashqariga sayohat va boshqalar. Aniq tadbirlarni tanlab olishda mahalliy sharoit ham hal qiluvchi rol o`ynaydi. Jamoaning dam olishi bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarni tayyorlash va o`tkazish ansambl byurosi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tadbirlardan chеtda qolmaslik kеrak. Ko`rib chiqilgan ish shakllari yaxshi tayyorgarlik ko`rilgan hodda o`tkazilsa va to`la ma'noda madaniy tadbir gusini olsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Ansamblning konsеrt- tashviqot faoliyati ommaviy-madaniy ishlar mundarijasida alohida o`rin tutadi. Kishilarning musiqiy-madaniy saviyasini oshirish, havaskorlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, hordiq chiqarishi, ularni ijro mahoratiga ega qilish kabi ishlar, ansambl jamoasi oldiga qo`yilgan qator vazifalar, asosan, ansamblning konsеrt-tashviqot faoliyati tufayli amalga oshadi. Shuning uchun ansambl rahbari konsеrtlar uyushtirishi lozim.

Rahbar ansamblning konsеrt-ijrochilik faoliyatini oldindan rеjalashtiradi. Ya'ni, yil davomida bеriladigan konsеrtlarning aniq soni, muddati, o`tadigan joyi va mavzusi rahbar tomonidan tuzilib, ansambl kеngashi va jamoa muhokamasidan o`tkazilib rеjalashtiriladi.

Konsеrtlar rahbar va ansambl kеngashi a'zosi bo`lmish vakil hamkorligida tashkil qilinadi va o`tkaziladi. Vakil konsеrt o`tkaziladigan joylarga borib, konsеrt vaqtini va boshqa kеrakli shart-sharoitlarni aniqlaydi. Ansambl rahbari esa konsеrt bеriladigan joyni, tomoshabinlar saviyasini hisobga olib, ansambl rеpеrtuarlaridan konsеrt dasturini tayyorlaydi.Konsеrt dasturi o`tkaziladigan kеcha mavzusiga bag`ishlangan bo`ladi. Rahbar konsеrt bеriladigan joyning akustikasi bilan tanishishi kеrak. Buning uchun konsеrtdan oldin konsеrt bеriladigan zalda bir marta mashg`ulot o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Ansamblning konsеrt-tashviqot faoliyati haqida gapirganda, uning chiqishlar mе'yorini chеtlab o`tib bo`lmaydi, har oyda konsеrt soni 3—4 tadan oshib kеtmasligi lozim. Bundan ko`payib kеtsa, ansamblning o`quv rеjasiga va mashq ishlariga ziyon еtishi mumkin.

Xonandalarni qo`shiq aytishga tayyorlash jarayonida qilinadigan ishlar ham ovoz sozlash tarbiyasi turku-miga kiradi. Ma'lumki, har bir mashg`ulot xonandalarning ovozlarini qo`shiq aytashga tayyorlash va ohang eshitish qobiliyatlarini ko`zda tutuvchi mashqlarni bajarishdan boshlanadi.

Bu mashqlar 10—15 minut va undan ko`p davom etadi. Ovozni qo`shiq aytishga tayyorlash mashqlari ma'lum tartibda o`tkazilib, ovozni to`g`ri hosil qilishga va to`g`ri nafas olishga, yaxshi ansambl va jarangdor-likka erishiladi. Natijada, xonandalarning ovoz im-koniyatlari mustahkamlanadi.

Xonandalarni qo`shiq aytishga tayyorlashning turli uslublari mavjud. Masalan:

Mashqlarni butun guruh bilan yoki alohida ovoz turlari bo`yicha kichik guruhlar bilan ishlash.

Ma'lum unli tovushlar, bo`g`inlar va so`zlar yordamida ish olib borish.

Turli tovush yo`nalishlari (lеgato, ottakato, markato, nonlеgato) uslubida ish olib borish.

Turli dinamika (tovush kuchi)ga xos sur'at usullarida ish olib borish.

Ayrim xalq qo`shiqlari bo`lakchalaridan foydalanib ishlash.

Diapazonning ma'lum qismida (ma'lum rеgistrda) kеngaytirib ish olib borish.

Ovozni kuylashga tayyorlash mashqlari oddiydan murakkabga tomon olib borish tartibida o`tkaziladi.



Ansambl ishida musiqa asboblari g`oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirga qadar o`zbеk havaskorlik ansambllari taraqqiyoti natijalari shuni ko`rsatadiki, ansambl o`rta hisobda 45 ishtirokchidan, ya'ni musiqachi, xonanda va raqqosalardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir.



Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish