4-Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiyaning shakli va mazmuni Reja: - 1. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi va vazifasi.
- 2. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi shakllari.
- 3. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ish rejasi.
- 4. Musiqiy tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllari.
Tayanch iboralar: - Sahna – teatr va konsertlar kirish uchun tomosha zalining ko’tarilgan joyi.
- Orkestr-yunoncha so’z bo’lib, turli cholg’u asboblarida chaluvchi sozandalardan tuzilgan jamoaga deyiladi.
Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, o‘quvchilarni, iloji boricha, ko‘proq ommaviy va to‘garak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o‘stirish, tabiatga, Ona vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to‘garak ishlari olib boriladi. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikkita shakli mavjud;
1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli
2. Musiqa tarbiyasining to‘garak shakli
Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o‘quvini tekshiruvdan o‘tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, qo‘shiq bayramlari, «Musiqa haftaligi», «O‘zbekiston vatanim manim», «Ilhom chashmalari» ko‘rik tanlovlaridan; ijodiy uchrashuvlar, teatr va konSTertlarga sayohat, «Alifbe» bayramlariga, shoir va bastaqorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak.
Musiqa o‘qituvchisining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o‘qituvchisi va maktab tarbiyaviy va ma’naviy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, o‘quvchilarning yoshiga, qiziqishiga, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o‘quvchilarning musiqiy o‘quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashgulotlarining har biri, aniq ishlab chiqilgan reja, asosida amalga oshirilmog‘i lozim.
To‘garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida faol qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to‘taragiga jalb etiladi. To‘garak faoliyati aktivlashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. o‘quvchilar tadbirlarda, qo‘shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor qozonib, nohiya, shahar, respublika ko‘rik-tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni o‘z mehnatidan zavqlanishi his-tuyg‘ularni Ona- Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do‘stlari orasida mehr- muhabbat tuyg‘usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab, turli to‘garaklar tuzish mumkin:
1. Xor jamoalari.
2. VCHA (vokal-cholg‘u ansambllari).
Z. Ashula va raqs ansambllari.
4. Vokal ansambllari.
5. Cholg‘uchilar ansamblli (dutorchilar,
rubobchilar, doyrachilar).
6. Raqs ansambli.
7. Orkestr (damli, halq cholg‘u asboblari
orkestri).
8. Yakkaxon qo‘shiqchilar.
Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, maktab musiqa hayotiga ularning faol qatnashuvlarini ta’min etish lozim. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o‘quvchilarda san’atga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishi lozim.
1920-90 yillardagi musiqa o‘qitish metodikasi. O‘zbek halqi ko‘p asrlik taraqqiyot tarixiga ega bo‘lgan an’analar sohibidir. O‘zbek musiqa san’atining iddizlari qadim zamonga borib taqaladi. Qadim madaniyatning ko‘pdan-ko‘p obidalari buyuk o‘zbek mutafakkirlari, shoirlari, yozuvchilari, ulug‘ daholari Al-Farobiy, Abu- Ali ibn Sino, Navoiy, Jomiy, Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o‘zbek shoirlari va ma’rifatparvarlari Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish borasida talaygina qiziqarli fikrlar bildirilgan. Musiqa ta’limining rivojlanishiga nihoyatda katta ahamiyat bergan, o‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Muhammad Farobiy yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish masalalariga, etika va estetika masalariga ko‘plab ilmyy va amaliy g‘oyalar bildirgan.
O‘zbek shoiri, mutaffakiri A.Navoiy musiqa san’ati sohasida nihoyatda katta bilimga ega bo‘lgan edi. Uning musiqaviy-estetik qarashlari «Sabbai- Sayyor», «Mahbubul qulub», «Hamsa» va boshqa asarlarida aks etgan. O‘zbek halqining musiqa madaniyati xalq va kasbiy ijod mahsuli bo‘lgan musiqa asarlari, og‘izdan-og‘izga o‘tish asosida asrlar davomida to‘plangan an’ana zamirida rivojlangan. U bizgacha hofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali yetib kelgan. Unga halq ijodining eng yaxshi namunalari hamda professional ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan.
Nazorat savollari:
1.Musiqiy to‘garaklar va ularning turlari?
2. Cholg‘uchilik to‘garaklari haqida tushuncha?
3. Yakkaxonlik to‘garagini tavsiflang?
4. Xor to‘garagi va Jamoa shaklida o‘tiladigan to‘garaklar haqida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |