I-islilmiisli
36-shakl
36-shaklda boltni rezbasining byerilgan diametri va sterjenining uzunligi bo'yicha uch proektsiyada yasash usuli ko'rsatilgan. Boltning qolgan elementlari o'lchamlari bolt rezbasining tashqi diametri o'lchamiga qarab, taxminiy (ularni butun songa to'ldirgan holda) aniqlanadi. Bolt kallagi yoqlarining uchidagi burchagi 120° li konus faskasi bilan kesishishidan hosil bo'lgan giperbolalar o'rniga chizmalarda l,5d va d radiusli aylana yoylari chiziladi (36- shakl, a). Bu yoylar bolt kallagining ustki yuzasiga o'rinadigan qilib o'tkaziladi. YOylarning markazlari yasash yuli bilan aniqlanadi. Boltning yasalishini chizmadan tushunib olish oson. 35- shakl, a da ko'rsatilgan yordamchi chiziqlar uchirilib, asosiy chiziqlar ustidan yurgizib chikilsa, boltning chizmasi 35-shakl, b data ko'rinishga keladi. 35-shakl, v da boltning soddalashtirilgan chizmasi ko'rsatilgan. Bundan, ko'pincha, yig'ish chizmalarini chizishda foydalaniladi.
Boltning GOST dan olingan ulchamlari buyicha chizilishi 36-shaklda ko'rsatilgan.
Bolt, Shpilka va vint sterjenining rezbali uchini kesik konus ko'rinishida (uchidagi burchagi 90°), sfera (shar segmenta) ko'rinishida yoki tsilindr ko'rinishida o'tkirlanadi (37-shakl, a, b, v, g).
CHizmadagi harfiy belgilarning sonli o'lchamlari rezbaning byerilgan tashqi diametriga asosan GOST 10.549-63 ga kura tanlab olinadi.
Bu elementlarning byerilgan diametriga nisbatan taxminiy o'lchamlari 37- shaklda ko'rsatilgan.
Viitlar. Vint, bir uchida turli shakldagi kallagi bo'lgan, ikkinchi uchiga rezba ishlangan sterjendan iboratdir. Vintning rezbasi biriktiriluvchi detallarning biriga burab kirgiziladi.
Vintlar vazifalariga qarab mustazhkamlash va o'rnatish vintlariga bo'linadi.
Mustahkamlash vintlarining kallagi yashirin kallakli, yarim yashirin kallakli, yarim yumaloq, tsilindrik va olti yohli chuqurchasi bo'lgan tsilindrik shaklda qilib ishlanadi,.. Vintlarning kallagida otvyortka bilan burash uchun uyigi (shlitsasi) yoki maxsus kalitlar bilan burash uchun chuhurchasi bo'ladi (38- shakl, a, b, v, g, d)
.O'rnatish vintlarining kallagida otvyortka uchun uyiq ishlangan bo'ladi, shuningdek, kalitda burash uchun kallagi kvadrat yoki olti yoqli hilib ishlanadi. Bunday vintlarning uchlari konus tsilindrik, pog'onali qilib yoki tekis ishlanadi (39-shakl). Mahkamlash vintlari «Vint M 10 XZO GOST 17.473-72» tarzida belgilanadi, bu erda M 10 yirik tishli, diametri 10 mm bulgan metrik rezba, 30 —sterjenining uzunligi, GOST 17.473-72 vintning kallagi yarim yumalokligini va unda otvyortka uchun muljallangan uyigi borligini kursatadi.
40-shaklda kallagida olti yoqli o'yig'i bo'lgan vintlarning kaliti ko'rsatilgan. Bunday kalitlar GOST 5.993-62 ga ko'ra yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |