Rezbalarni chizmada belgilash Rezbalarning turlarini chizmadagi shartli tasviridan aniqlab bo'lmaydi,. shuning uchun ularning tasviriga shartli belgilarini qo' shib yozish lozim.
Rezbaning shartli belgisi uning tanshi diametri orqali ifodalanadi (29- va 30- shakllar).
Rezbalarning belgilari ularning o'lchamlari va chekli chetga chiqishlariga tegishli bo'lgan standart bo'yicha ko'rsatiladi hamda ularni konus va truba rezbalardan tanshari hamma rezbalar uchun 29- va 30-shakllarda ko'rsatilgandek tashqi diametriga ko'yiladi.
Konus rezba va truba tsilindrik rezba belgisi 31-shaklda ko'rsatilgandek ko'yiladi.
1970 yil 1 yanvargacha metrik rezbalar aniqligi klasslar bilan ifodalanar va ular chizmada quyidagicha belgilanar edi: M24 kl 3 (asosiy rezba uchun) va M18 X 1,5 kl 2 a (mayda tishli rezba uchun)
.
a
b
28-shakl
29-shakl
30-shakl
GOST 16.093-70 ga muvofiq hozir metrik rezbalarning aniqligi klasslar bilan emas, balki dopusk maydoni bilan belgilanadi. Dopusk maydonidagi sonlar aniqlik darajasini, harflar esa asosiy chetga chihishlarni ifo- dalaydi. Metrik rezbalarda dopusk qo'shib belgilash 32- shaklda ko'rsatilgan.
Profili standartli bo'lib, lekin standart rezbalardan diametri yoki qadami bilan farq qiladigan maxsus rezbalar chizmada hisk.artirshshb maxe. suzi va profilining shartli belgisi bilan belgilanadi. Masalan, maxe. M36, maxe. Trap. 24X6.
S
32-shakl
tandartlashtirilgan rezbalardan profili bilan farq hiladigan rezbalar uchun chizmalarda profil’ alohida tasvirlanadi va uni 31-shakl, v da ko'rsatilgandek kattaroq qilib tasvirlanadi. Bu tasvirda profilning barcha kerakli o'lchamlari qo'yiladi va lozim bo'lganda kirimlar soni, rezbaning chapaqayligi va boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.
BIRIKTIRUV CHI DETALLAR.
Mashina detallarining ajraluvchi qo'zg'almas birikmalari uchun boltlar, Shpilkalar, vintlar, shaybalar va hokazolar ishlatiladi.
Bolt tsilindrik sterjendan iborat bo'lib, uning bir uchi kallakli, ikkinchi uchi esa rezbalidir (34-shakl). Boltlar kallagining shakli olti qirrali, kvadrat, yarim yumaloh, konus shaklida va kallagining osti kvadratli yoki «murtakli» qilib ishlanadi, Boltlar normal aniqlikda, yukori va dag'al aniqlikda qilib ishlanadi. Normal va yuqori aniklikdagi boltlar konstruktsiyasi bo'yicha 3 xil qilib ishlanadi (33-shakl): I ishlanish — sterjenida shplint uchun mo'ljallangan teshik bo'lmaydi; II ishlanish — sterjenida shplint uchun teshigi bor; III ishlanish — boltni o'z-o'zidan buralib ketmasligi uchun kallagida sim bilan bog'lab qo'yishga mo'ljallangan 2 ta teshigi bor.
Kallagining o'lchamiga qarab boltlar normal kallakli va kichraytirilgan kallakli bo'ladi.
Chizmada boltni belgilaganda uning diametri, sterjenining uzunligi va GOST ko'rsatiladi. Masalan, rezbasining diametri 20 mm, sterjenining uzunligi 100 mm, mustahkamlik klassi 5,8 bo'lgan I ishlanishdagi bolt — «BoltM21X100 5,8 GOST7.798-70» ko'rinishda belgilanadi.
C hizmada olti yoqli normal kallakli boltlar soddalashtirib tasvirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |