57-shakl
60-shakl
Truba birikmalari birikma detallarining tegishli GOST lardan olingan nominal o'lchamlariga ko'ra chiziladi (ilovadagi jadvallarga qarang). Bunday birikmalarda zichlagich sifatida kanop tolasi ishlatiladi.
Truba birikmalar chizmasida faqat asosiy o'lchamlar qo'yiladi (60-shakl). Truboprovodlarning yig'ish chizmalarini tayyorlash to'g'risidagi to'la ma'lumotlar GOST 2.411-72 da bayon etilgan.
Shponkali birikmalar
Shponka valni unga urnatilgan detal, masalan, tishli gildirak, xrapovik, shkiv va hokazolar bilan biriktirishda ishlatiladi
.Shponkali birikmalar prizmatik (61-shakl, a, b lar), ponasimon (61- shakl, v) va segment (61- shakl, g) shponkalar vositasida bajariladi. Ponalarning o'lchamlari valning diametriga qarab tanlab olinadi.
Prizmatik shponka bilan biriktirish ko'proq tarkalgan bo'lib, u asosan, aylanma harakatlarni uzatishda ishlatiladi. Bunday birikmalarni hosil qilish uchun valda va gildirak vtulkasida ariqcha o'yilgan bo'ladi, bu ariqchaga shponka joylashtiriladi. Bunda shponka bilan g'ildirak vtulkasidagi ariqcha orasida zazor qoldiriladi (62- shakl).
Prizmatik shponkalar 3 xil qilib ishlanadi (62- shakl). 1) I bajarilish— bunda shponka uchlari R=b/2 radiusda (b- shponka eni) yumaloqlangan bo'ladi; 2) II bajarilish—bunda shponkaning faqat bir uchigina yumaloklanadi; 3) III bajarilish—bunda shponkaning ikkala uchi ham yumaloqlanmaydi, ya'ni tug'ri burchak ostida ishlanadi. Bunday shionkalar o'lchamlari standartlashtirilgandir.
Yig'ish chizmalarida shponka faskalari ko'rsatilmaydi.
Hamma tipdagi prizmatik shponkalar birikmasining chizmasi bir xil chiziladi.
Prizmatik shponkalar quyidagicha belgilanadi:
1—bajarilish: SHponka 118X11X100 GOST8.789-68, bu [erda b = 18 mm, h = 11 mm, / — 100 mm; 2 bajarilish —Shponka 218XPX100 GOST8.789-68.
Agar biror detal’, masalan,. shesternyalar bloki ish davrida o'h bo'yicha surilib ishlaydigan bo'lsa, u holda shponkani valga vintlar vositasida mustahkamlanadi (405-shakl). Bunday shponkalar yo'naltiruvchi shponkalar deyiladi. Ularning o'lchamlari GOST ga muvofiq olinadi. Bunday shponkalarni pazlardan chiqarib olish uchun uning o’rtasidagi rezbali teshigiga vint buraladi. Vint pazning tubiga taqalib shponkani undan ajratadi. Avtotraktorsozlik va stanoksozlik mashina detallarida katta bo'lmagan kuchlarni uzatish uchun segment shponkalar ishlatiladi (63- shakl).
GOST 8.795-68 da belgilangan shponka va ariqchalarshshg val diametriga nisbatan olingan o'lchamlari GOST 8.794-68 da belgilangan (ilovaga tsa- rang)
.Ponasimon shponkali birikmalar boshqa shponkali birikmalarga qaraganda kam uchraydi.
65-shakl, a da ponasimon shponka va uning birikmasi ko'rsatilgan. Bunday ponalar qo'zgalmas birikmalarda ishlatiladi va ular qiyaligi 1:100 qiyalikda bo'ladi. GOST 8.7 92-68 ga ko'ra ponasimon shponkalar prizmatik shponkalar kabi 3 xil qilib ishlanadi. 65-shakl, b, b larda GOST 8.793-68 ga ko'ra ishlangan kallakli ponasimon shponka va uning birikmasi ko'rsatilgan.
Trub d"
Do'stlaringiz bilan baham: |