Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 3,24 Mb.
bet26/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

O’lchash vositalarini tanlash bajriluvchi o’lchamni aniqligiga, o’lchanuvchi yuza ko’rinishiga va detallarni chiqarish hajmiga mos keluvchi asbobning aniqlik tavsifiga qarab amalga oshiriladi. Yakka va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida asosan universal o’lchagich asboblar qo’llaniladi: shtangentsirkullar, mikrometrlar, icho’lchagichlar, universal indikatorli priborlar va boshq. Detallarning hajmi ortishi va ishlab chiqarish turi seriyali, yirik seriyali va ommaviyga aylanishi bilan chegaraviy kalibrlarni, andozalarni, turli nazorat moslamalarini va turli avtomatlashtirilgan o’lchov vositalarni qo’llash ortib boradi.


I shlov berish rejimlarini hisoblash


Ishlov berish tartiblari (rejimlari) kesish chuqurligi, asbobni surish va kesish tezligi bilan tavsiflanadi. Birinchi navbatda kesish chuqurligi, so’ngra surish va oxirida kesish tezligi tayinlanadi.
Bir asbobli ishlov berishda kesish rejimlarini tayinlash quyidagi uslub bilan amalga oshiriladi. Qora ishlov berishda kesish chuqurligini qo’shimni bir ishchi yurishda olib tashlash maqsadi qo’yiladi; bu holda kesish chuqurligi oralik qo’shim miqdoriga teng bo’ladi. Agar mazkur ishlov berish holi uchun qo’shim miqdori ko’plik qilsa, ikki va undan ham ko’proq ishchi yurish tayinlanadi, ammo ishchi yurishlar sonini kamaytirish maqsadida kesish chuqurligini mumkin qadar maksimal qilib olish zarur. Toza ishlov berishda, kesish chuqurligini olinuvchi o’lcham aniqligini va yuzani berilgan g’adir-budirligini ta’minlashga mos ravishda tayinlanadi.
Surishning miqdori texnologik ruxsat etilgan maksimal bo’lishi kerak. Qora ishlov berishda surish texnologik tizim elementlarining mustahkamligi va bikirligi bilan limitlanadi, toza ishlov berishda esa - olinuvchi o’lcham aniqligi va sirt g’adir-budirligi bilan.
Кesish tezligi tanlangan kesish chuqurligi, surish miqdoriga, ishlanuvchi material sifatiga, asbobning kesish hususiyatiga, geometrik parametrlariga va boshqa omillarga bog’liq, Кundalik amaliyotda kesish tezligi asosiy me’yorlardagi rejimlar asosida aniqlanadi va me’yorlarda hisobga olinmagan omillari borligi sababli ularga tuzatishlar kiritiladi.
Кesish tezligi bo’yicha asbobning yoki tanavorning hisobli aylanishlar soni (n) yoki minutiga asbobning hisobli ikkilangan yurishlar soni topiladi. Hisobli aylanishlar soni n dastgohning pasportidagi aylanishlar soni bilan solishtirilib, unga yaqin bo’lgan kichigi tanlab olinadi.
Qora ishlov berishda hisobli kesish tezligi dastgohning ruxsat etilgan quvvati bo’yicha tekshiriladi.
Кo’p asbobli dastgohlarda kesish rejimlarini optimalini aniqlashda hisoblash metodikasi ko’p asbobli ishlov berish usuliga bog’liq holda birqancha o’zgaradi. Кeng yoyilgan yo’nish, ko’pshpindelli parmalash va bo’ylama – frezalash dastgohlarida ishlov berish usullarini ko’rib chiqamiz.
Ishlov berish bitta blokka yoki birqancha bloklarga mahkamlangan asboblar komplekti bilan olib boriladi, chunonchi har bir blok dastgohning bir aylanish soniga bitta surish miqdoriga ega, ammo blokdagi asboblar ishlanuvchi yuzalarning o’lchamlariga bog’liq holda turli kesish tezliklariga ega.
Кesish rejimlari quyidagi tartibda tayinlanadi.
1. Bir asboblidagi uslub kabi har bir asbob uchun kesish chuqurligi va surish miqdori o’rnatiladi.
2. Asboblarning har bir bloki uchun me’yorlar bo’yicha eng kichik (limitlovchi) surish miqdori aniqlanadi. U qora rejimlarda: dastgohning surish mexanizmini mustahkamligi, bloki asboblarining birini mustahkamligi yoki ishlanuvchi tanavorning mustahkamligi bilan, toza rejimlarda esa sirt g’adir- budirligi bilan cheklangan bo’ladi.
3. Topilgan limitlovchi surish dastgohning pasportida berilganlari bilan qiyoslab, unga mosi o’rnatiladi va agar kerak bo’lsa tuzatish kiritiladi.
4. Tezligi bo’yicha limitlanuvchi asbobni aniqlab, kesish tezligi hisoblanadi, ya’ni o’sha asbob, jihozlardan alohida ishlagan chog’ida eng kichik kesish rejimi talab etilgani bo’lsa. Limitlovchi asbobni aniqlash uchun quyidagilar zarur:
a) asboblar komplektidan birnechta ehtimol limitlovchilarini ajratish;
b) bu asboblardan har biri uchun kesish vaqti koeffiцienti ni aniqlash, ,
bunda: –berilgan asbobning surish yo’nalishidagi ishlov berish uzunligi;
– blok hamma asboblarining ishlov berish yig’indi uzunligi;
v) ajratilgan asboblar uchun quyidagi formula bo’yicha turg’unligi ni aniqlash, ,
bu erda –sozlashda qatnashuvchi asboblarni sonini, ularning tiplari va o’lchamlarini, teng yuklanganliklarini, shuningdek ishlanuvchi materialni sifatini hisobga oluvchi blok asboblarining shartli iqtisodiy turg’unligi, min. miqdori ma’lumotnoma adabiyotlar jadvallarida keltirilganlar bo’yicha aniqlanadi;
g) ko’zda tutiluvchi limitlavchi asboblar uchun turg’unligi bo’yicha me’yorlar jadvallaridan mos keluvchi kesish tezligi (bir asbobli ishlov berishdagi kabi) aniqlanadi.
Limitlovchi asbob sifatida kesish tezligining eng kichigi olinadi.
5. Limitlovchi asbob kesish tezligini bilgan holda, shpindelning aylanishlar soni n, ayl/min, aniqlanadi, u dastgohning pasportida berilganlari bo’yicha mos keluvchisini hisoblidan kichikrog’i tanlab olinadi va haqiqiy kesish tezligi qayta hisoblab qo’yiladi.
6. Topilgan kesish rejimlarining qiymatlari bo’yicha tekshiruv hisoblashlar amalga oshiriladi: surishning sharti bo’yicha; dastgoh surish mexanizmini ruxsat etilgan mustahkamligi bo’yicha; aylantiruvchi momenti bo’yicha; bosh harakat uzatmasining mustahkamligi bo’yicha; dastgohning quvvati bo’yicha. Agar zarurat tug’ulsa, hisobli surish va kesish tezligiga tuzatishlar kiritiladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish