Detalni tayyorlash texnologik marshrutini loyihalash
Detalni tayyorlash texnologik marshruti yoki rejasi deb, texnologik amallarni ketma-ket bojarilishiga (yoki tipoviy yoki guruhli texnologik jarayon bo’yicha amallar ketma-ketligini aniqlashtirishga) va jihozlar tipini tanlash bilan birga tushuniladi. Bu bosqichda qo’shim va kesish rejimlar hisoblanmay turiladi, shuning uchun ratsional marshrutni tanlash ma’lumotlar va mavjud boshqaruv materiallardan foydalanib amalga oshiriladi. Bu yerda EHM dan foydalanish qo’l keladi va marshrut tanlash vaqtini sezilarli kamaytiradi.
Marshrut loyihalash murakkab vazifalardan bo’lib, bir-necha variantli yechimga egadir. Buning maqsadi detalga ishlov berishning umumiy rejasini berish, texnologik jarayon amallarini mazmunini belgilash va jihozlarning tiplarini tanlab olishdan iborat.
Bu masalani hal qilish uchun quyidagi uslubiy ko’rsatma tavsiya qilinadi.
1. Boshida detalni tayyorlash jarayonini qora, toza va pardozlov amallariga ajratib chiqiladi. Bu ish detalni turli sirtlariga ishlov berish marshrutli variantlaridan foydalanib bajariladi.
2. Qora ishlov berish amalini, uni bajarishda hosil bo’luvchi defrmatsiyani ta’sirini kamaytirish maqsadida toza ishlov berish amalidan ajratish zarur. Ammo detal bikir bo’lib, ishlanuvchi yuza qisqa bo’lsa qora va toza amallarga ajratish shart emas. Detallarni chiviqli tanavorlardan revolver dastgohida tayyorlashda ham qora va toza amallarga ajratish maqsadga muvofiq emas.
3. Pardozlab ishlov berish, qoidaga ko’ra jarayonning oxirgi bosqichida bajariladi. Ammo, bu qoidadan alohida hollarda chekinish ham mumkin. Masalan, sirtga yakunlovchi ishlov berish brak bo’lib chiqishi bilan bog’laq bo’lsa, ortiqcha mehnat xarajatiga yo’l qo’ymaslik uchun bu amalni oxirida bajarmaslik ham mumkin.
4. Amallarni shakillantirishda ma’lum guruh sirtlarni bir o’rnatuvda bajarish talab qilinishini e’tiborga olish lozim. Bunday sirtlarga o’qdosh aylanma sirtlar va ularga bog’liq yon sirtlar hamda bir nechta holatlarda bajariluvchi yassi sirtlar kiradi.
5. G’ildiraklar tishlariga ishlov berish, shlitsalarni kesish, ariqchalar ochish, teshiklarni ko’p shpindelli kallaklar bilan parmalash va boshq. mustaqil amallarga ajratiladi.
6. Amallarni tashkil etishda quyidagilarni hisobga olish kerak: a) birinchi amalda shunday yuzalarga ishlov berilsinki, ular ikkinchi amalni va balki qolgan hamma amallarni bajarish uchun ham o’rnatuv bazalar sifatida qo’llanilsin. b) termik yoki kimyoviy-termik ishlov berish mavjudligi.
7. Texnologik marshrutni shakllantirishda qo’llaniluvchi jihozning turkumi o’rnatiladi (tokarlik, frezalash, parmalash va h.k. dastgohlar).
8. Bajarilgan texnologik marshrutning rejasi ma’lum tanavor amalining eskizi, ko’rsatilgan bazalash sxemasi va ishlanuvchi yuzalarni qalin chiziq bilan chizilgan holatida rasmiylashtiriladi.
9. Texnologik jarayonning marshrutiga qoldirilgan ikkinchi darajali amallar kiritiladi (mahkamlovchi teshiklarni ishlash, faskalar ochish, o’tkir qirralarni o’tmaslashtirish , yuvib tozalash va boshq.), shuningdek nazorat qilish amalining o’rni ko’rsatiladi.
10. Qabul qilingan yechimni baholashdan keyin zarur bo’lgan tuzatishlar kiritiladi.
Yuqorida keltirilgan texnologik marshrut tuzish tartibini quyidagi umuiy tushunchalar bila batafsilroq izohlash mumkin.
Ishlov berishning umumiy ketma-ketligini o’rnatishda qabul qilingan o’rnatuv bazasiga birinchi bo’lib ishlov beriladi. Кeyin esa qolgan yuzalarga teskari aniqlik darajasi ketma-ketligida ishlov beriladi; aniqligi qancha yuqori bo’lsa u yuzaga shuncha keyinroq ishlov berish ko’zda tutiladi. Marshrut oxirida eng toza, eng aniq va muhim, yengil jarohatlanuvchi yuzalarga ishlov berish oxirgi amallarga rejalashtiriladi.
Materialni g’ovaklari va boshqa nuqsonlari bo’yicha ishga yaroqsiz bo’luvchi kamchiliklarini o’z vaqtida aniqlash maqsadida, avval qora yuzalarga toza ishlovlar beriladi, qaysiki bu nuqsonlar bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Agar nuqsonlari aniqlansa, ishga yaroqsiz qilinadi yoki, mumkin bo’lsa ishga yaroqli qilib tuzatiladi.
Javobgarligi yuqori bo’lgan mashinalar yaratishda, marshrutni ko’pincha uchta ketma-ket bajariluvchi usullarga (jarayonlarga): qora, toza va pardozlov ishlovlarini berishga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |