Ishni tashkil qilish shakllari
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli: oqimli va oqimsiz to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, oqimsiz ishni tashkil qilish - yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarga xos. Oqimli ishni tashkil qilish usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, quyidagi usullarga: oqimli seriyali, oqimli yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; to’g’ri oqimli-ommaviy ishlab chiqarish; ommaviy-oqimli ishlab chiqarishlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy-oqimli ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi.
To’g’ri oqimli ommaviy–ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va yumalatuvchi tarnov, yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va qurilmalardan foydalaniladi. Har bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi.
Oqimli-ommaviy ishlab chiqarishda ko’pincha holatli avtomatik konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi.
Ishlab chiqarish takti deb, – ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
, min.
Bu erda: –rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; -shu davr uchun ishlab chiqarish dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi , nominal dan yoki asbob–uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan kichikdir, va hokazo.
, soat,
bunda –dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffitsienti.
Uskuna–dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir smenalab ishlaganda soat, ikki smenalab ishlaganda s va uch smenalab ishlaganda s bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt yo’qotish koeffitsienti ni tashkil qiladi. Bu yo’qotishni hisobga olsak bir yillik xaqiqiy fondlar tegishlicha bir smenalabda s, ikki smenalabda s va uch smenalabda s.
Oqimli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va seriyalash koeffitsientlarini hisoblash orqali bajariladi.
1. Mashinasozlikda nechta ishlab chiqarish turi mavjud, ular qanday
nomlanadi va aniqlanadi?
2. Yakka ishlab chiqarishning asosiy tavsifi nimadan iborat,
seriyalida-chi?
3. Ommaviy ishlab chiqarishning boshqa ishlab chiqarishlardan nimasi
bilan farq qiladi?
4. Necha xil ishni tashkil etish shakllari bor va ular har bir ishlab
chiqarishda qanday qo’llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |