Detallarning alohida yuzalarga ishlov berish uchun
marshrut tanlash
Marshrut tanlash ishchi chizma va qabul qilingan tanavor talablariga asosan olib boriladi. Berilgan kvalitet aniqligiga, yuzalar g’adir-budurligiga va o’lchamlarini hisobga olgan holda, og’irligi va shakliga qarab bitta yoki bir-nechta yakunlovchi ishlov berish usullari tanlab olinadi, hamda shunga mos jihozlar belgilanadi. Ishlov berish usullarining tavsifnomalari qo’llanilganda bu masala osonroq yechiladi. Tanavor ko’rinishini bilgan holda, birinchi marshrut tanlash ham qulay yechiladi.
Masalan, tanavor aniqligi yuqori bo’lmasa shu yuzaga ishlov berishda qora ishlov berish usulidan boshlanadi. Tanavor yuqori aniqlikka ega bo’lsa, toza, ba’zi hollarda esa yakunlovchi usullardagi marshrutlarni qo’llash mumkin.
Yakunlovchi va birinchi usullardagi marshrut asosida o’rtacha o’tuvlararo (amallararo) usullar o’rnatiladi. Bunda har bir yakunlovchi usulga bitta yoki bir-nechta o’tuvlararo usullar to’g’ri kelishi mumkin. Masalan: teshikni toza razvertkalashdan avval dastlabki razvertkalash, dastlabki razvertkalashdan avval esa toza zenkerlash yoki parmalash o’tkazilgan bo’lishi mumkin.
Marshrut tuzishda har bir keyin keluvchi usul oldingisidan aniqroq bo’lishi kerakligiga ahamiyat beriladi. Yuzalarga ishlov berish marshrutini tanlash shu yuzalarga qo’shimlar o’rnatish bilan bog’liq. Berilgan yuzalarga o’rnatiluvchi marshrutlar soni bir qancha bo’lishi mumkin. Ammo effektivligi va rentabelligi bo’yicha bir xilda bo’lmaydi. Bu ko’rsatkichlar bo’yicha marshrut tanlash murakkab va sermehnat masaladur. Bu masalani hal qilish uchun tipoviy marshrutlar me’yorlari tuzilsa ancha yengillashishi mumkin. Marshrut variantlari sonini tajriba asosiga ko’ra kamaytirish mumkin. Masalan, shu yuzani bir o’rnatuvda bir dastgohda ketma-ket o’tuvlar yordamida bajarish bilan.
7.1-rasm. Quyma tanavor teshigiga ishlov berish variantlarini
tanlash sxemasi
Yuqorida aytilgan alohida sirtlarga ishlov berish usullari va variantlarini misolda ko’rib chiqamiz. Aytaylik, D=42±0,32 mm quyma teshikli g’adir-budirligi Rz=160 mkm bo’lgan tanavor berilgan, shu tanavordan D=50±0,021 mm IT7 kv. aniqlikdagi va Ra=0,63 mkm teshik olinishi zarur bo’lgan masala yechilishi kerak. Bu masalani yechish uchun 9.3-rasmda teshikka ishlov berish uchun ikkita qora ishlov berish usuli, uchta yarimtoza ishlov berish usuli va to’rtta toza ishlov berish usullari ko’rib chiqilgan. Sxemadan ko’rinib turibdiki mazkur ishlov berish usullari marshrutlardan 24-variant amallar marshrutini tuzish mumkmn, ya’ni n=2∙3∙4=24. Bu variantlar iqtisodiy jixatdan har tamonlama tahlil qilinib eng qulay va iqtisodiy tejamli va unumli varianti tanlab olinadi. Bu sxemada ikki qavat ramkaga olingan ichki yo’nish varianti boshqa variantlarga qaraganda talab etilgan aniqlikni stabil ta’minlovchi, eng qulay, tejamli va unumlisi hisoblanganligi sababli asosiy variant sifatida tanlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki tanavorning har bir yuzasiga marshrut tanlash, shu yuzalarining ishlov berish aniqligiga va sifat parametrlariga binoan amalga oshiriladi. Detalning tanavoriga to’la mexanik ishlov berish marshruti esa, shu sirtlariga ketma – ket bajariluvchi ishlov berish amallarining rejasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |