Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 3,24 Mb.
bet23/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

Birinchisida, materialning asosiy massasini qo’shim va qoldiq sifatida olib tashlanadi; ikkinchisida, o’tuvlararo ahamiyatga ega; uchinchisida, detalning berilgan aniqligi va g’adir-budurligi ta’minlanadi. Bunday jarayonlarga bo’linishining qulayligini quyidagi fikrdan bilsa bo’ladi. Masalan: qora ishlov berish jarayonida nisbatan katta xatoliklar o’ringa ega bo’lib, bular kesish kuchi va tanavorni mahkamlash kuchi ta’sirida texnologik tizimning deformatsiyalanishi, hamda uning intensiv ravishda qizishidan kelib chiqadi. Bu sharoitda qora va toza ishlov berishning navbat bilan kelishi, berilgan aniqlikni ta’minlay olmaydi. Qora ishlovdan keyin tanavorda katta bo’lmagan deformatsiyalanish, uning materialidagi qoldiq ichki kuchlanishning qayta taqsimlanishi natijasida kuzatiladi. Кo’rsatilgan jarayonlar bo’yicha ishlov berishni guruhlab qora, pardozlab ishlov berish oralig’idagi vaqtni uzaytiriladi hamda deformatsiyalarning to’la aniqlanishiga imkoniyat beriladi, oxirgi jarayonda ularni yo’qotguncha ishlov berish davom etdiriladi.
Pardozlov ishlovi berish davrini marshrut oxiriga rejalashtiriladi, ishlov berish jarayonida va transportlashda yakunlovchi ishlovi berilgan yuzalarning tasodifiy jarohat olishidan saqlab qoladi. Bundan tashqari, qora ishlov berishni, maxsus ajratilgan yeyilgan yoki noaniq jihozlarda malakasi pastroq bo’lgan ishchilar bajarishlari ham mumkin.
Bayon etilgan marshrut tuzish tamoili, hamma hollarda ham maqsadga muvofiq emas. Bunga ko’r-ko’rona amal qilish noreal jarayonlar yaratishga olib keladi. Bikir tanavorda va ishlanuvchi yuzalar o’lchami kichik bo’lganda yakunlovchi ishlov berish (alohida elementlariga) marshrutning boshida hech qanday yomon natijasiz ham bajarilishi mumkin. Bunday tamoil hatto ayrim hollarda ishlov berishni kontsentratsiyalash tamoiliga ziddir, qachonki bir amalda qora va toza ishlov berish o’tuvlari bajarilishi mumkin bo’ladi (avtomatlarda chiviq tanavorlardan tayyor detallar tayyorlashda).
Ishlov berish ketma-ketligi ma’lum darajada chizmada o’lchamlar qo’yish tizimiga bog’liq. Birinchi navbatda shunday yuzaga ishlov berish zarurki, o’sha yuzaga (konstruktorlik baza) detalning boshqa ko’pchilik yuzalarining o’lchamlari bog’langan bo’lsin. Yordamchi va ikkilamchi xarakterdagi amallarni (kichik teshiklarni parmalash, faska kesish, ariqchalar ochish, o’tkir qirralaridagi qirindilardan tozalash va sh.o’.) ko’pincha toza ishlov berish jarayonida bajariladi.
Marshrutning bu berilgan bosqichida amallar bajarilishining ketma-ketligi o’zgarishi mumkin. Bu iqtisodiy ko’rsatkichga va umumiy jarayonga ta’sir ko’rsatmaydi.
Texnik nazorat qilish amalni ko’pincha ishga yaroqsizlik ko’p paydo bo’luvchi amallarda, murakkab va qimmatbaho amallardan avval va ishlov berishning oxirida rejalashtiriladi. Кo’pchilik amallarni bajarishda texnik nazorat qilish funksiyasi nazoratchi-kontrolyorlar tomonidan detallarni tanlov asosida (ishchilar, dastgohsozlar tomonidan letuchiy kontrol) bajariladi.
Texnologik jarayonlarni mavjud zavodlarga loyihalashda, sexlar qaerdaligiga, ishlov berishning ko’rinishiga qarab ishlov berish ketma-ketligi detallarni transportlarda tashish yo’llarini qisqartirish imkoniyatini hisobga olgan holda tashkil etish belgilanadi. Bunga binoan, avval tokarlik ishlov berish rejalashtiriladi keyin esa frezalash va h.k.
Amallar mazmunining dastlabki bayoni tanlangan dastgohda shu jarayonda bajariluvchi o’tuvlarni birlashtirib belgilanadi. Ommaviy ishlab chiqarishda amal mazmuni uning uzunligi chiqaruv taktiga teng yoki taktning ikkilanganligiga teng qilib aniqlanadi. Amal mazmuniga detallarning dastgohdan dastgohga olib qo’yishlarning sonini kamaytirish ham ta’sir ko’rsatadi, bu og’ir mashinasozlikda katta ahamiyatga ega.
Berilgan ishlab chiqarish sharoiti uchun turli sinfdagi detallarga ishlov berish texnologik marshrutini tuzishning to’g’ri tamoiliga yondoshish, texnologik jarayonlarni tipizatsiyalashtirish va guruhlashtirish bazasi asosida bajariladi.
Mexanik ishlov berish uchun qo’shimlarni aniqlash 6-bobda batafsil keltirilgan.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish