Buxoro – 2022 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 3,24 Mb.
bet24/66
Sana29.04.2022
Hajmi3,24 Mb.
#590703
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
Avto ilmiy asoslari MAJMUASI 7777 (3)

Texnologik amallarni loyihalash

Texnologik amallarni loyihalashda quyidagi o’zaro bog’liq ishlar bajariladi: texnologik amallarga mexanik ishlov berishning strukturaviy tuzulushi tanlanadi; amaldagi texnologik o’tuvlar mazmuni aniqlashtiriladi; dastgohning modeli tanlanadi; texnologik moslama, keskich va o’lchagich asboblar tanlanadi; ishlov berish tartiblari (rejimlari) hisoblanadi; vaqt me’yorlari hisoblanadi; ishning razryadi aniqlanadi; amalni bajarishning samaradorligi asoslanadi.


Tanavorlarga ishlov berish amallarini tashkil qilish 7-bobda batafsil berilgan.
Jihozlarni tanlash
Jihozlarni tanlash detalning alohida sirtlariga ishlov berishda texnologik o’tuvlorni shakllantirishning tahlillashdan boshlanadi. Detalni tayyorlash texnologik marshrutini ishlab chiqish bilan alohida amallarni shakllantirishda, qo’llaniluvchi jihozning tipi tanlanadi (tokarlik, frezalash va sh. o’.), mazkur amalni talabini qondiruvchi jihozning modeli aniqlashtiriladi (texnologda turli modelli jihozlarning pasportlari mavjud bo’lishi lozim, ularda texnik tavsiflari to’la keltirilgan bo’ladi).
Jihozlarni tonlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
1) dastgoh ishchi zonasining o’lchamlarini, ishlanuvchi detalning yoki detallarning gaborit o’lchamlariga mos kelishi;
2) ishlov berishda talab etilgan aniqlikka va sirt g’adir-budirligiga erishish imkoniyatining borligi (bu omillarni ayniqsa toza va yakuniy ishlov berishda hisobga olish lozim);
3) jihozning quvvati, bikirligi va kinematik berilganlari amalni bajarishnig eng qulay rejimlariga mos kelishi;
4) detallarni berilgan dastur bo’yicha chiqarishga mos keluvchi zarur unimdorlikni ta’minlash (jihozning unumdorligi, detalni berilgan sifatda tayyorlash vaqtini tahlil qilish asosida aniqlanadi);
5) mazkur texnologik jarayon bajarilishida jihozning texnik xavfsizlik va sanoat sanitariya talablariga mos kelishi;
6) detalni tayyorlash tannarxining kriteriyasi bo’yicha berilgan dasturga jihozning mos kelishi.
Agar ishlab chiqiluvchi amal uchun ishlov berish sifatini ta’milovchi har xil modelli ikkita dastgoh qo’llash imkoni bo’lsa, tanlashda hal qiluvchi model qilib, ishlov berishning iqtisodiy samara ta’minlovchisi olinadi. Bu holda tannarxni texnik-iqtisodiy hisoblash lozim, unda, hususan, jihozning ekspluatatsiya qilish bo’yicha keltirilgan xarajatlar (amartizatsia uchun ajratma, jihozni joriy ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun sarflar) hisobga olinadi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish