Nazorat savollari:
Texnik – tashkiliy nazoratni sinflanishini ayting.
Nimaga sanoatda nazoratni avtomatlashtirish kerak?
Aktiv nazorat nima?
Kayta rostlovchi (podnaladchik) qurilmaning vazifasini ayting.
Passiv nazorat nima?
Nazoratlovchi – ajratuvchi avtomatning blok – sxemasini tushuntiring.
Avtomatik rostlagich (avtopodnaladka) qurilmasi degani nima?
Metall kesuvchi dastgoxlarni avtorostlagichni asosiy elementlarini ayting.
Metall kesuvchi dastgoxlari avtorostlagichning printsial sxemasini tushuntiring.
Progressiv nazoratlar ichida kaysi nazorat progressiv nazorat xisoblanadi?
Tayanch iboralar:
Yaroksiz maxsulot; avtomatik nazoratlash; aktiv nazorat; passiv nazorat; nazoratlovchi – ajratuvchi avtomatlar; avtomatik rostlagich (avtopodnaladka).
9- ma’ruza.Avtomatlashtirilgan dastgohlarda ishlab chiqarish jarayonlarini tayyorlashning texnologik sxmalarini tuzish masalalari..
Reja:
Dastur bilan bоshkariladigan dastgоhlarning kullanilishi va texnоlоgik imkоniyatlari.
SDB tоkarlik dastgоhlarining texnоlоgik imkоniyatlari.
SDB frezerlik dastgоhlarining texnоlоgik imkоniyatlari.
Markazda ishlоv beruvchi dastgоhlarning texnоlоgik imkоniyatlari.
SDB dastgоhlarida tayorlamalariga ishlоv berishda ishlab chikarishni texnоlоgik tayorgarligi.
Texnоlоgik tayyorgarlik bosqichlari.
Texnologik ob'ektlarni avtomatlashtirish loyihasini tuzishni tanlashdan oldin ishlab chiqarish texnologiyasini har tomonlama o`rganish, ob'ekt unga amalga oshadigan texnologik jarayonini avtomatlashtirish talablariga javob bera oladigan bo`lishini ta'minlash kerak. Buning uchun avtomatlashtirilgan agregat, sex, zavod bo`yicha texnologik zanjir uzluqsiz bo`lishi, undagi mashina va agregatlar maqsadga muvofiq tartibda ishlashi, energiya va materiallar oqimiga mos ravishda o`rnatilishi va hokazolar talab qillinadi. Texnologik jarayonning ana shu talablar darajasida amalga oshishi avtomatlashtirishdan kutilgan asosiy maqsad - ishlab chiqarish samaradorligining yuqori bo`lishini ta'minlaydi. Bu talablar orasida texnologik ob'ektlarni avtomatlashtirishga tayyorlash masalasi birinchi o`rinda turadi.
Alohida texnologik mashina va agregatlardagi texnologik jarayonni avtomatlashtirishga tayyorlash, o`z navbatida ularni zarur apparatlar, asbob - uskunalar bilan jihozlashni ham takozo etadi. Bunday asbob - uskunalar bilan avtomatlashtirish vositalari normallashtirilishi, davlat standarti asosida qabul kilinishi, tuzilishi jihatidan maqsadga muvofiq bo`lishi, ishonchli ishlashi, statik va dinamik rejim xarakteristikalari boshqarish va rostlash uchun qulay hamda avtomatlashtirish talablariga o`ula javob bera olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |