Nazorat uchun savollar:
Texnologik tizimga nima uchun tuzatish kiritiladi?
Tuzatish kiritish momenti qanday aniqlanadi?
Dopusk maydoni qanday chegaralarga bo`linadi?
O`zaroalmashtirish usuli nima?
O`zaro almashtirish usulida o`lcham zanjirining qaysi bo`g’ini almashtiriladi?
Sozlash usulining mohiyati nimada?
Faol nazorat nima?
Faol nazorat ko`pincha qanday dastgohlarda ishlatiladi?
Eyilish maedonining kamaytirish usularini keltiring?
Tayanch iboralar:
Sozlab turish momenti, nazorat chegarasi, guruhdagi o`rtacha o`lcham, nuqtavie diagramma, medianalar usuli, statistik nazorat, sirpanuvchi o`rtacha, qo`zg’aluvchan tuldirgich, tasodifiy faktor.
12-ma’ruza.Tipli va guruhli texnologik jarayonlar hamda ularning xususiyatlari, texnologik jarayonlarini ishlab chiqarishni rasmiylashtiruvchi hujjatlar, har xil yig’ish jarayonlarini variantlarini texnik iqtisodiy jihatdan baholash uchun ko’rsatkichlar.
Reja.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda xomashyodan tayyor mashina (mahsulot) hosil qilish uchun bajariladigan barcha jarayonlarning yig`indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga asosiy ishlar, ya'ni detalni ishlab chiqarish jarayonlari, yig`ish jarayonlari va boshqa yordamchi jarayonlari kiradi (masalan transportlash, detalning sifatini nazoratlash, moslamalarni tayorlash, asboblarni rostlash va charxlash va hokazo).
Ishlab chiqarish jarayonining quyidagi etaplarga bo`linadi:
1) quyish orqali, bolg`alash, shtamplash eki prokat materiallariga boshlang`ich ishlov berish orqali bajarilgan usullar tufayli xomashyoni tayyorlash;
2) metall kesuvchi dastgohlarni qo`llab xomashyodan tayyor detall tayyorlash (barcha o`lchamlarpi va shakli aniq bo`lishi);
3) tayyor detallar to`plamidan (qismlardan) bo`g`in yoki agregatlar yig`ish (mexanizmni yoki mashinani);
4) butun mashinani uzil - kesil yig`ish;
5) mashinani rostlash va sinash;
6) mashinani (mahsulotni) pardozlash va bo`yash.
Ishlab chiqarish jarayonining har bir etapida, texnologik jarayonning operatsiyalarida detalni tayyorlash uchun qo`yilgan shartlarni talabi bajarilganini nazoratlash ishlari olib boriladi.
Ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash. Mahsulot shaklini yoki sifatini o`zgartirish jarayonlardagi qo`l mehnatini qisman yoki to`liq holda mashina yordamida, ishchining boshqarishi va nazorati ostida, almashtirish tushuniladi.
Texnologik jarayon deganda detalni tayyorlash uchun xomashyo (material) ga shaklini, o`lchamlarini, materialining xossalarini, talab qilinayotgan texnik shartlar asosida, bajariladigan jarayonlar tushuniladi.
Texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash deganda tabiatning tirik bo`lmagan energiyalardan foydalangan holda texnologik jarayonlarni, inson aralashgan holda amalga oshirilishini tushuniladi, natijada mehnat sarfi kamayadi, ish sharoiti yaxshilanadi, unumdorlik va sifat oshadi. Bunda ishchining asosiy funktsiyasi mashinani boshqarishdan, nazoratlash va rostlashdan iborat buladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (ICHJA) - alohida ish turlarini (operatsiyalarini) odamning bevosita ishtirokisiz bajara oladigan lokal avtomatik sistemalar,hamda elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish jarayonida qo`llanilishiga aytiladi. Avtomatik sistema - ma'lum tartibda o`zaro bog`langan va bir - biriga ma'lum qonun - qoidaga muvofiq ta'sir ko`rsatadigan hamda o`zining asosiy vazifasini insonning bevosita ishtirokisiz bajaradigan elementlar va mashinalar majmuidan iborat bo`lgan yagona texnik qurilmadir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun ana shunday lokal avtomatik sistemalar - boshkarish, nazorat qilish, rostlash, himoya, ogohlantirish, puxtalash avtomatik sistemalari hamda boshqaruvchi EVM qo`llaniladi.
Lokal avtomatlashtirish bosqichida zavod sex bo`limlari alohida mashina va agregatlardagi ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan bo`ladi. Buning uchun bir qator lokal avtomatik sistemalar: avtomatik nazorat, rostlash, boshqarish, himoya, ogohlantirish va boshqa sistemalardan foydalaniladi. Agregat va mashinalarning ishlashini tashkil qilish, boshqarish (ishga tushirish, ish muddati tugaganda to`xtatish va bosh`alar) texnologi mashina ihchida o`rnatilgan kuzatish o`lchov asboblaridan olingan ma'lumotlar asosida operator tomonidan bajariladi.
Kompleks avtomatlashtirish. Agregatlar, transport va texnologik mashinalaridan iborat oqim tizulmasi, sex va zavod kompleks avtomatlashtirilgan bo`lishi uchun avvalo undagi hamma (yordamchi va asosiy ish jarayonlari kompleks mexanizatsiyalashgan bo`lishi lozim, shundagina ishlab chiqarish jarayonilarini kompleks avtomatlashtirishga kirishi mumkin bo`ladi.
Kompleks avtomatlashtirish bosqichida texnologik jarayonni boshqarish texnologik parametrlarni hamda texnologik uskunalarning ish holatlarini nazorat qilish markazlashtirilgan kuzatish sistemasi vositasida markaziy dispetcher punktidan olib boriladi. Kuzatish – o`lchov asboblari, rostlag`ichlar, sistemaning mnemosxemasi va boshqalar dispetcher punktidagi ichida joylashtirilgan bo`ladi. Ular operator orqali texnologik jarayonni optimal sharoitlarda boshqarish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlar bilan ogohlantirib turadi.
To`la avtomatlashtirish. Avtomatlashtirishning bu bosqichida ishlab chiqarishni boshqarish uchun boshqaruvchi elektron hisoblash mashinalaridan har taraflama foydalaniladi. Bunday mashinalar korxonalarning optimal ish holatlarida ishlashini ta'minlaydi va avtomatlashtirilgan zavod yaratish uchun zamin tayyorlaydi. EVM texnologik jarayonining buzilishi sabablarini aniqlash, optimal ish holatini yaratish, rezervlarni ishga solish, kuzatish, himoyalash, rostlash va boshqarish ishlarini to`la markazlashtirish uchun qo`llaniladi.
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi (BAS) deb, axborotlarga ishlov berishni EVM yordamida avtomatlashtirish hamda boshqarish masalalarining echimini iqtisodiy - matematik usullar asosida topish va bunda odamning ishtirok etishini ko`zda tutadigan ko`p bosqichli murakkab sistemalar kompleksga aytiladi. Bu sistema boshqarish tug`risidagi yechimlarning pishiq va asoslangan bo`lishini, boshqarishg jarayonini yuqori operativlik va tezliklarda o`tishini ta'minlashi va bosh`aruvchi zveno (odam)ning mehnat faoliyatini yengillashtirishni ko`zda tutadi.
Bunday sistema quyidagi uchta vazifani bajaradi: 1) boshqariluvchi ob'ekt to`g`risidagi axborotlarni to`plash va uzatish; 2) axborotlarga ishlov berish va bosh`aruvchi signal hosil qilish; 3) boshqariluvchi ob'ektga boshqaruvchi ta'sir ko`rsatish.
Boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalarida yuqoridagi vazifalarning birinchi ikkitasini elektron hisoblash mashinalari (EVM) bajaradi. Ob'ektga boshqaruvchi ta'sir ko`rsatish vazifasini boshqaruvchi mashinalar (EVM) dan olingan axborotlar asosida boshqaruvchi odam bajaradi. Shuning uchun boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi "Odam - mashina sistemasi" deb ataladi.
BAS sinflanishi
Boshqariladigan sistemalarning murakkabligi, bajaradigan vazifasi, ishlab chiqarish xarakteri, boshqariluvchi ob'ekt xarakteri, pog`onasi va boshqalarga qarab BAS quyidagi sinflarga bo`linadi:
I. Boshkarish darajasi bo`yicha;
II. Boshqarish ob'ektining xarakteri bo`yicha:
III. Funktsional qo`llanilishi bo`yicha:
IV. Ishlab chi`rish xarakteri bo`cha:
Do'stlaringiz bilan baham: |