RDB dastgohlar quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1. Dastgohning asosiy ko'rsatkichlari : qo'lda boshqariladigan universal dastgohlarning ko'rsatkichlariga o'xshaydi. Bu ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat : tayyorlanmaning stanina ustidagi eng katta diametri.ishlov beriladigan chiviqning eng katta diametrir, parmalanadigan teshikning eng katta diametrpi,ish stolining o'lchamlari (stol nomeri) va boshqalar.
2. Texnologik operatsiyalar : RDB dastgohda bajarish mumkin bo'lgan texnologik preratsiyalar majmui. Operatsiyalar majmui dastgoqning texnologik imkoniyatlarini tavsiflaydi.
3. Dastghning ish organlarini siljitish qiymatlari. Bularga supportni yoki stolni ikkita koordinata bo'ylab siljitish, shpindelni surish, konsolning ko'tarilishi va hokazolar kiradi.
4. Diskretli qiymati ( hadamning kattaligi) yoki impuls iymati - dastgohning ish organining eng ktchik siljishi yoki burilish burchagi. Bu ko'rsatkichlar boshqarish jarayonida nazorat qilib turiladi,ya'ni ular dasturda ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ?iymatlaridan iborat. Masalan,hozirgi tokarlik dastgohlarida diskretlik 5 va 1 mkm ga teng.
5. Dastgohning ish organlarini boshqariladigan koordinatalar bo'ylab pozitsiyalarga (berilgan vaziyatlarga) o'rnatish aniqligi va bu vaziyatlarga qayta o'rnatish imkoniyati.
6. Asosiy harakat yuritmasining ko'rsatkichlari: elektr dvigatelning modeli va quvvati, shpindelning aylanish chastotalari chegaralari va bu chastotani rostlash turi (pog`onali yoki pog`onasiz ravon rostlash),almashlab qo'shiladigan aylanish chastotatalarning umumiy soni va avtomatik almashlab qo'shiladigan chastotalar soni va hakozalar.
Texnologik tizimga tuzatish kiritish uchun izlash usuli keng ishlatiladi. Kuzgaluvchi koplovchilar sifatida Texnologik tizimning o`lcham zanjiriga qator har xel qurilmalar qilinadi. Bu qurilmalar keskich ushlagich bilan keskichni olib yuruvchi kuzgaluvchi supportlar yoki kesuvchi asbobni sillik yurgizish uchun maxsus butun kanstro`qciyalar bo`lib asosan keskichning eyilishini koplash uchun xizmat qiladi.
Texnologik tizimga ishlov berilayotgan yoki ishlov berishdan o`tgan detallarni o`lchash natijasi bo`yicha tuzatish kiritish «Faol nazorat» deyilada. Texnologik tizimga tuzatish kiritish guruh detallari o`rtacha o`lchami nazorat chegarasiga yaqinlashganda, yoki tanlngan guruh detallarining akkali bitta gina detal o`lchami nazorat chegarasidan o`tib ketsa amalga oshiriladi.
Demak, Texnologik tizimga birlik vaqt ichida tuzatish kiritishni ko`paytirsa dopusk maydonining tizimli ta`sir etuvchi faktorlar tomonidan tugdiriladigan xatoliklarga muljallangan qismi xisobiga detallarni aniqligini oshirish mumkin.
Kichik impulslar bilan kuzatish kiritish deb nom olgan sozlab turish ishlab chiqilgan uning mohiyati shundaki, tizimli ta`sir etuvchi faktorlar tomonidan paydo bo`ladigan xatoliklar tez – tez koplanib turadilar.
Buning uchun ishlov berilgan detallar o`lchash qurilmasi yordamida ulchanadi, uning natijasida Texnologik tizimni bevosita sozlab turadigan maxsus qurilmaga impuls beriladi. Maxsus qurilma keskichning uchini ishlov berilayotgan detalga nisbattan hosil bo`lgan xatolik miqdoriga siljitadi. Massalan, keskichning eyilib borishi sari u kichkina impulslar bilan 2 mkm gacha miqdorga siljitiladi. Natijada o`rtacha guruhdagi detallarning o`lchamlari juda kichkina chegaralarda o`zgaradi. Lyokin sozlab turishning bu usuli tasodifiy ta`sir etadigan faktorlar tugdiradigan xatoliklarni koplash imkonini bermaydi. Kyim miqdorining va material qattiqligining o`zgarib turishi, odatda tasodifiy ta`sir ko`rsatadi va ular tomonidan tugiladigan xatoliklar eyilish maydonining miqdoriga, demak ishlov berilayotgan detallar aniqligiga ham katta ta`sir ko`rsatadi.
Eyilish maydoni ωt kancha katta bo`lsa, keyingi Texnologik o`tishlrga koldirilayotgan qo`yimning miqdori ham shuncha katta bo`ladi. Bunda ish unumdorligi shuncha kambo`ladi, chunki Texnologik tizim va kesish rejimlari ham eng katta qo`yim bueicha sozlanadi.
Kup maksadli va SBD talab kilingan aniklikka xar bir yangi partiyaning birinchi detallaridanok erishish uchun xaikkatda olinayotgan statik sozlash ulchamlarining va boshkarish dasturida berilgan ulchamlar bilan tengliginin ta`minlash kerak. Ulchamlarini bu tengligi xisob boshiga nisbattan kesuvchi asbob kesish kirrasining boshlangich anikligining saklanib kolishiga boglik buning uchun keskichning yeilishi va texnologik tizimning temperaturaviy deformaciyasi natijasida xosil bulgan. Statik sozlash xatoligini kompensaciya kilib (tuldirib) borish kerak.
Bu masalaning echilishi boshlangich xolatda statik sozlash anikligini tuzatib turadigan avtomatik tizim yordamida amalga oshiriladi. Avtomatik tuzatish tizimining principial sxemasi 2 rasmda keltirilgan. Bir necha dastgoxlardan tashkil topgan ulcham qurilmasi bir yordamida xisob boshiga nisbattan kesuvchi asbob kesish kirrasining uchi xolatining anikligi ulchanadi. Nisbiy xolatining anikligini ulchash navbatdagi partiya dastgoxlarida ishlov berishdan oldin amalga oshiriladi, bunda dastgoxning ishchi organlari boshlangich xolatda yoki ma`lum nazorat poziciyasi dastur buyicha chikariladi.
O’lcham qurilmasidan statik sozlash anikligi tugrisidagi informaciya tuzatish bloki uchga keladi, shu erning uziga komanda berish ikki qurilmasidan xam statik sozlashning talab kilinadigan aniklik tugrisida signal keladi. Takkoslash natijasida aniklangan statik sozlash xatoligiga mos keladigan chetga chikish signali SBD bloki turtga beriladi. Chetga chikishning mikdoriga mos ravishda SBD bloki boshkarish dasturiga avtomatik tuzatish kiritiladi. Shunday kilib keyingi ishlov beriladigan detallar tuzatish kiritilgan dastur buyicha amalga oshiriladi. Dastur kesuvchi asbobning yeilishi va texnologik tizimning deformaciyasi natijasida xosil bulgan statki sozlash xatoligini xisobga oladi.
SBD dastgohdlarning moslashuvchanligi quyidagi faktorlar bilan belgilanadi;
1.Tayyorlanadigan detallarning o`lchamlari boshlang’ich geometrik material sifatida son massivi ko`rinishida bevosita beriladi.
2. Har bir texnologik o`tishlardagi shpindelning aylanishlar soni, surilishning ishchi va tezlashtirilgan tezligi, kesish chuqurligini belgilaydigan zarur teznologik informaciyalarning sonli berilishi.
3. Hamma yordamchi o`tishlar va kesuvchi asbobni avtomatik almashtirish komandalar bilan avtomatik boshqarish.
4. Kesish rejimlariga va sozlash o`lchamlariga tuzatish kiritishni bajarish.
Sonli dastur bilan boshqariladigan stanok jihozlarining asosiy principlari har xil dastgohlarda aniqligiga va avtomatlashtirish darajasiga qarab har xil ko`rinishga ega bo`ladi.
Echadigan texnologik masalasiga, hamda yurituvchisining turiga qarab pozicion, konturli va aralash (kombinirovan) boshqarish tizimlari mavjud.
Pozicion tizimlarda boshqarish ma`lum nuqtalarining holatlarini yoki to`g’ri chiziqlarning kesmalarini berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Asbobning bir dasturlashtirilgan nuqtadan boshqasiga singishini nuqtalar bo`yicha boshqarish poziciyalashtirish jarayonida ishlov berishni bajarmasdan tezlashtirilgan yurish bilan amalga oshiriladi.
To`g’ri chiziqning kesmalari bo`yicha siljishini boshqarishda kesuvchi asbob ishlov berishni belgilangan ishchi surilish bilan amalgi oshiradi.
To`g’ri chiziq kesmalari so`nggi nuqtalarining koordinatalri dasturlari yo`li bilan beriladi. Bunda kesuvchi asbobni yoki tayyorlanmaning siljishi navbat bilan birorta koordinata o`qlarining yo`nalishi bo`yicha albatta harakat tezligini va uzunligini nazorat qilish bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimlarda odatda bir necha koordinatalar yo`nalishi bo`yicha harakatni kelishtirish ko`zda tutilmagan.
Bu tizimlar frezalash, tokarlik va jilvirlash dastgohlarida ishlatiladi.
Kontur bo`yicha boshqarishda detallarning shakli hosil bo`lishi bir necha koordinata o`qlari yo`nalishi bo`yicha harakat keltiriladi. Bunda kesuvchi asbobning harakati talab qilingan proektoriyasi berilgan yakuniy tezlik bilan ta`minlanadi. Shunday qilib, ikki uchi va bundan ham ko`p boshqarish koordinatalari bo`yicha uzluksiz boshqarish ta`minlanadi.
Kontur bo`yicha SBD eng murakkabidir, ular asosan tokarlik va frezalash dastgohlarida qo`llaniladi.
Aralash boshqarish tizimi ham pozicion ham konturli boshqarishning funkciyasini bajarish mumkin. Ular texnologik jihozlarning imkoniyatlarini ancha kengaytiradi va ularni ko`p maqsadli frezalash kesib kengaytirish dastgohlarida ishlatadi.
Shakl hosil qilish harakatini boshqarish uchun dastgoh ishchi zonasining hamma nuqtalarini aniq belgilash zarur. Buning uchun dastgohning ishlov beriladigan detalni orientaciya qiladigan koordinatalar tizimidan foydalaniladi va bosharish dasturini tuzadi.
Tizimning koordinatalar o`qi o`ng qo`l qoidasi bo`yicha belgilanadi.Ζ o`qi shpindelning o`qi bilan ustma-ust tushiriladi, unga o`ng qo`lning o`rta barmog’i mos keladi. Chetki barmoqqa to`g’ri keladigan X o`qi hamma vaqt gorizontal joylashadi. Koordinatalar o`qining yo`nalishi kesuvchi asbobning qo`zg’almas detalga nisbatan musbat yo`nalishiga ko`rsatadi. Detal qo`zg’almas asbobga nisbatan harakat qilganda uning musbat harakat yo`nalishi teskari yo`naltirilgan bo`ladi va ular X1, U1, G’1 mos o`qlarning indekslari bilan belgilanadi. Aylanishning A, B, C musbat yo`nalishiga mos o`qning musbat yo`nalishiga qarab turganda soat stelkasi bo`yicha aylanishi qabul qilingan.
Dastgohning koordinata tizimi holati dastgohning nul M nuqtasi bilan belgilanadi.
Dastgoh nulining aniq joyi, koordinatalar o`qining yo`nalishi singari dastgohning yo`riqnomasida ko`rsatiladi. Detalning koordinatalar tizimi boshi bo`ladi, xizmat qiladigan nul nuqtasi D va asbobni o`lchashga nisbatan joyini belgilaydigan N nuqtasi dastgoh koordinata tizimida ma`lum holda joylashgan bo`ladi. R nuqta dastgoh ishchi organlarining dastur bilan harakatida hisob boshini belgilaydi va dastgohning nul nuqtasi bilan bog’langan. Metal qirqar dastgohlarni sonli dastur bilan boshqarish tayyorlanmaga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish.
Bundan keyin birinchi navbatda yuzalarning nisbiy burilishlarini syokinligini ta`minlaydigan bazalar tanlanishi kerak va keyin (yoki bir vaqtning o`zida) yuzalarni boglaydigan o`lchamlarning aniqligini ta`minlaydigan texnologik bazalarni.
Bunda, birinchi operaciyada, asosiy bazalardan texnologik bazalar sifatida foydalanib, erdamchi bazalarning ularga parallel joylashgan yuzalariga ishlov beriladi. Yoki ba`zan xato erkin yuzalariga. Bundan keyin keyingi operaciyalarga yoki o`tishlarda oldingi ishlov berilgan yuzalarga texnologik baza sifatida foydalanib, asosiy bazalarga ishlov beriladi.
Bundan keyingi hamma operaciyalarda texnologik baza sifatida imkoniyati boricha erishish uchun nisbiy burilishlar va masofaning imkoni boricha katta aniqligiga ishlov berilgan asosiy bazalardan foydalanish kerak.
Nazorat uchun savollar.
Texnologik baza nima?
Texnologik bazaning ishlov berishda qanday ahamiyati bor?
Nima uchun nisbiy burilishlar aniqligini ta`minlaydigan bazalarni birinchi navbatda tanlash kerak?
Birinchi guruh detallariga qanday detallar kiradi?
Ikkinchi guruh detallari qanday detallar?
Moslamala konstrukciyalari bilan bazalashtirish orasida qanday bog’lanish bor?
Ikkinchi guruh detallari uchung texnologik bazalar qanday tanlanadi?
Asosiy bazalar texnologik baza bo`laoladimi?
Birinchi operaciyada detalning qaysi yuzalariga ishlov berish kerak?
Ikkinchi operaciyada texnologik baza sifatida qaysi yuza olinadi?