Tayanch iboralar.
Masofalar syokinligi, nisbiy burilishlar aniqligi, birinchi guruh detallari, piramid bazasi, detalni koordinatciya qilish, chiziqli xatolik, vtulka devori kalinligi.
11- ma’ruza.Avtomatlashtirilgan dastgohlarda operatsion texnologik jarayonlarining vaqtini normallashtirish. Yig’ish uskunalarini jihozlarini, transport vositalarini aniqlash
Reja.
Sanoatning turli sohalaridagi jarayonlarni mexanizatsiyalash.
Ishlab chiqarish unumdorligini turli yo`llar bilan oshirish.
Asbobsozlikda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalalari.
Yangi texnikaning yaratilishi jarayonini xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida ko`rish mumkin. Ishlab chiqarish darajasi vaqt o`hishi bilan zamon talablariga javob bermay qolganda yoki uzining butun imkoniyatlarini ishga solib bo`lganda ularning o`rniga yangi ishlab chiqarish usullari, yangi texnologiyalar va yangi ishlab chiqarish vositalarining kirib kelishi tarixdan ma'lum.
Zamonaviy elektronik vositalar, hisoblash mashinalar, yarim o`tkazgichli elementlar, mikroprotsessorlarni qo`llanilishi avtomatlashtirish sistemalarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Sanoatning turli sohalaridagi jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning xususiyatlarining nizomlari:
- har qanday ish o`zining mukammalshuvi uchun vaqt va mehnat talab qiladi;
- asosiy vaqtni unumdorlik bo`lishi uchun vaqt faqat u ishlob berish jarayoniga sarflangan bo`lmog`i kerak .
Uzluqsiz harakattlanadigan, cheksiz va absolyut ishonchliligi yoqori bo`lgan mashina ideal mashina deyiladi.
Har qanday mahsulotni tayyorlash uchun "o`tgan" mehnat bo`lgan ishlab chiqarish vositalari va "tirik" mehnat, ya'ni texnologik vositalarni bir ma`lum darajada saqlash uchun kerak bo`ladi; mashinaning unumdorligi cheksiz bo`ladii; turli xildagi texnologik talablarni bajaruvchi avtomatlar va avtomatlashtirilgan tizimlar o`zlarining avtomatlashtirish asoslari bo`ladi, bular maksadga muvofik mexanizmlar va boshqarish sistemalari, unumdorligi, ishonchliligi, iktisodiy effektivliklarini umumiy qonuniyatlarga egaligi, agregatlashning yagonaligi usuli, progressivligining baxolanishi, ishlov berish tizimining tanlanishlardir.
Mehnat unumdorligini oshirish - yangi texnikani kiritish, qaysiki, uning iqtisodiy effektivligi maqsadga muvofiqligidadir.
Ishlab chiqarish unumdorligini turli yo`llar bilan oshirish mumkin:
1. Zamonaviy avtomatlashtirish vositalarinin sonini kamaytirish.
2. Eng ko`p tarqalgan progressiv usullardan biri asbob - uskunalarning unumdorligini ko`tarish.
3. Yangi uskunalar sotib olmasdan, ishlab chiqarish texnologiyasini o`zgartirmay faqat mehnatni tashkil qilishni yaxshilash.
4. Barcha sharoitlarni saqlagan holda asbob - uskunalar tannarxini kamaytirish, ya'ni agregatlashgan dastgohlar qo`llanilib avtomatlashgan vositalar sistemasini yaratishlardir.
Bu asosiy yunalishlar har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun muhim qilib olinadi.
Mashinasozlikda avtomatlashtirishning mumkinligini metall kesuvchi dastgohlar parkini aniqlab beradi, dastgohlarning anchagina qismi qo`lda boshqariladigan universal dastgohlardir. Bunday dastgohlarning asosiy kamchiligi ularning unumdorligi pastligidadir. Modernizatsiyalash oqibatida texnik ko`rsatkichlar mukammalashtiradi va zamonaviylashtiradi.
Zamonaviylashtirish darajasi dastgohning ish unumdorligining oshirishni talab qiladi va ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish osonlashadi.
Dastgohlarning ikkinchi guruhi, ko`p sonli detallarni (ommaviy ishlab chiqarishdagi turlari) ishlab chiqarish uchun muljallangan bo`lib, unumdorligi ancha yuqori bo`ladi. Bular yarimavtomat va avtomatlar, yuqori unumdorlikka ega. Universal dastgohlarga nisbatan 20 marta ko`p detall ishlab chiqarishga imkon beradi.
Aytish lozimki, xatto, bunday dastgohlarning ham kamchiliklari bo`lib, ular bor-yug`i bir necha turli detalga ishlov bera oladi.
Unumdorligi ancha yuqori bo`lgan avtomatlashtirilgan oqimli tizimlar asosan agregat dastgohlardan tuzilgan bo`ladi. Bunday uskunalarning muhim xususiyati shundaki, unda turli avtomatlar, yarimavtomat, qisman modernizatsiyalangan dastgohlar o`zaro bog`langan bo`ladi.
Asbobsozlik (priborsozlik) sanoatning xususiyati shundaki, undagi ishlab chiqarish turi ko`pincha kam yoki ko`p seriyali o`uladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda tiplashtirilgan va guruhlashgan texnologik jarayonlariningn keng qo`llanilishi natijasida yuqori unumdorlikka ega bo`lgan, maxsuslashtirilgan va agregat dastgohlarni, universal bloklarni (paketi almashtiriladigan), ko`p predmetli oqimli tizimlarni qo`llanilishini taqozo qiladi.
Asbobsozlikda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish quyidagi masalalarni hal qilish qaratilgan: boshqarish sistemasini tanlash, nazorat va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Avtomatik boshqarishdan foydalanish tavsiya qilinadi, agar mehnat jarayoni ish jarayonida ko`p martalab takrorlansa,ishlab chiqarish ob'ekti tez - tez almashib tursa, qayta rostlashlar sodir bo1lsa, u holda avtomatlashtirilgan boshqarishni ko`llash ma'ko`l. Ikkinchi guruh masalalariga xomashyoga ishlov berishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, turli ko`rinishdagi ko`lamalarni bajarish, tashish operatsiyalari (chiqindilarni) va yig`ish texnologik jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishdir. Masalan, detalni ishchi zonaga etkazib berish ishini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, bu uchun etkazib berish mexanizmi, orientirlash va fiksatsiyalash vositalarining turli konstruktsiyalarini yaratishga olish keldi.
Ishlab chiqarish jarayonidagi oddiy jarayonlar juda ko`p turli rejimlarda o`tishi mumkin. Mehnat predmetiga ishlov berish mavjud shart-sharoitlarga bog`li` bo`ladi. Protsessni ana shu rejimlarga muvofi`, boshkarish sistemalari quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Boshqarilmaydigan rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi. 2. Rejimning yunalishi buyicha bajariladigan jarayonlarni bosh`arish sistemasi. Bunga misol sifatida reversiv ventilyatorning ish rejimini ko`rsatish mumkin. Ish davomida uning tezligi (rejim ko`rsatkichi) o`zgarmaydi, faqat aylanish yunalishi o`zgaradi. Bosh`arish uchun ventilyator dvigatelini elektr energiya tarmogiga ulash, yoki uzish va aylanish yunalishini o`zgartirish kerak.
3. Berilgan chegaragacha ihtiyoriy rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi.
4. Boshqariladigan rejimda o`tadigan jarayonlarni boshqarish sistemasi. Jarayonlarning vaqt bo`yicha avtomatik bog`lanishini ta'minlashda hal qilinishi kerak bo`lgan quyidagi masalalar vujudga keladi.
1. Har bir jarayonning boshlanishi va tugallanishini programmalash (vaqt buyicha) va amalga oshirish.
2. Ikki va undan ko`p jarayonlarning bir vaqtda boshlanishi yoki tugallanishini programmalash.
3. Bir qancha jarayonlar ichida ikki va undan ko`p jarayoni ajratib, ularning vaqt bo`yicha boshlanishi va tugashi orasidagi bog`lanishini programmalash va avtomatika elementlari yordamida amalga oshirish.
4. Kerak bo`lganda jarayonlarning bir vqktda boshlanmasligini ta'minlash.
5. Bir-biriga bog`li` bo`lmagan jarayonlarning berilgan interval oqkali ma'lum xronologik ketma-ketlikda o`tishini programmalash va amalga oshirish.
6. Bir-biriga bog`liq bo`lmagan, lekin boshqariladigan rejimda o`tadigan jarayonlarni ma'lum interval va xronologik ketma-ketlikda o`tishini programmalash va amalga oshirish.
Vaqt bo`yicha avtomatik bog`lanadigan jarayonlarning ana shu turlari asosan ikki xil avtomatik sistema: 1) tsiklli va 2) programmali avtomatik sistemalar yordamida avtomatlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |