Bu operatsiya bo‘yicha ombordagi materiallar kamayadi, asosiy ishlab chiqarishdagi
materiallar esa ko‘payadi, bu operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi.
Debet „Asosiy ishlab chiqarish“ schoti— 150000 so‘m. Kredit „Materiallar“ schoti —
Yuqoridagi misollarimiz buxgalteriya hisobi schotlar chizmasida quyidagicha
B.K.
34
chiqarish“ yicha
xodimlar
bilan hisob-
Dt schoti
Kt kitoblar“
Dt
schoti Kt
„M
ol yetkazib
beruvchila
r
va
pudratchilarga
to‘lanadigan haq“ schoti
D t
Kt
B.K.
4)
300000
Buxgalteriya hisobi schotlarida ko‘rsatilgan har bir buxgalteriya yozuvi hujjatlar bilan
asoslangan bo‘lishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli-tuman bo‘lib,
ularning to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mulkning nazorati
uning turlari bo‘yicha tashkil qilinishi talab qilinadi.
Korxona mulki asosan ikkiga — asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi. O‘z navbatida,
asosiy va aylanma mablag‘lar ham turlari bo‘yicha bo‘linib ketadi. Misol uchun, aylanma
mablag‘larga kassadagi pul mablag‘lari, materiallar, tovarlar, tayyor mahsulot va hokazolar
kiradi.
Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schotlaridan
foydalaniladi. Har bir schot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun
belgilangandir.
M asalan, „Kassa“ schotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-chiqimi hisob-
kitob qilinadi va bu to‘g‘rida to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi.
Demak, schotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar
harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov
birliklari bo‘yicha pul ifodasida olib boriladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larining to‘liqligini, undan samarali
foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik schotlardan foydalanadi.
Sintetik schotlar deb, mablag‘lar harakatini pul o‘lchov birliklarida hisobga olib, uni
umumlashtiruvchi schotlar tizimiga aytiladi.
Sintetik schotlarda ko‘rsatilgan mablag‘lar harakati faqat pul o‘lchov birligida olib
borilishi bilan birga, bir turli bir nechta operatsiyalarning summalari umumlashtirilgan holda
ko‘rsatilishi mumkin.
Analitik schotlarning asosiy vazifasi sintetik schotlarda ko‘rsatilgan mablag‘lar harakatini
ularning turlari bo‘yicha, alohida-alohida ma’lumot berishdir. Sintetik schotlardagi
Do'stlaringiz bilan baham: