Birinchidan, analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostni tuzish uchun asos qilib
mol yetkazib beruvchi tashkiliy tomondan yozilgan schot-faktura, yuk xati olinadi. Bu
hujjatga asosan aylanma vedomostning kirim qismi ko‘rsatiladi.
•
Ikkinchidan, aylanm a vedom ostning chiqim tomonidagi ma’lumotlarga asosan tovar
va mahsulotdagi korxonadan chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib olinadi.
•Uchinchidan, analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar bir vaqtda natura va pul
o‘lchov birliklarida tuziladi.
Analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostning tuzilishi quyidagicha:
Tovar (mahsulot) nomi ______________________________
O‘lchov birligi ___________________ Bahosi ___________
Varaq № ...2...yil
Yozuv
Operatsiya
mazmuni
Kirim
Chiqim
Qoldiq
Sana №
miq-
dori
summa
miqdori
summa
miqdori
summa
Oy
boshiga
qoldiq
Oylik
oborot
Sintetik va analitik schotlar bo‘yicha aylanma vedomostlarda ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash maqsadida ularning o‘zaro
tengligini nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun sintetik schot bo‘yicha
tuzilgan aylanma vedomostning boshlang‘ich qoldiqning summasi jami analitik schot
bo‘yicha ko‘rsatilgan summaga, ya’ni ularning jami boshlang‘ich qoldig‘i summasi bilan
teng kelishi shartdir.
Analitik schotning chiqish tomonidagi ma’lumotlar aylanma vedomostning chiqish
tomonida o‘lchov birligi va summasi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi fikrlarimizning dalili sifatida quyidagi misollarni keltiramiz:
1. Oy boshiga „Тovarlar“ schotining qoldig‘i—50000 so‘m. Yuqorida ko‘rsatilgan tovar
summasi 3 xil assortimentdagi tovarlar summasidan tashkil topgan:
1.
„Bahor“ sovitgichi artikuli (140 m) 10 dona. Harbir donasining bahosi 500 so‘m.
2.
„Minsk“ sovitgichi artikuli (170 m) 12 dona. Bahosi1000 so‘mdan, jami summasi
12000 so‘m.
3.
„Apsheron“ sovitgichi artikuli (190 m) 20 dona.Bahosi 700 so‘mdan. Jami summasi
14000 so‘m.
4.
„Pomir“ elektr sovitgichi artikuli (0740) 19 dona.Bahosi 1000 so‘mdan. Jami summasi
19000 so‘m.
Jami tovarlar summasi— 50000 so‘m.
Hisobot davrida quyidagi operatsiyalar amalga oshirildi:
1. Mol yetkazib beruvchilardan 110 fakturaga asosan tovar qabul qilindi. Jami — 10000
so‘m.
38
a) fakturada ko‘rsatilgan ma’lumotlar „Minsk“ sovit-
gichi, artikuli 170 m, 4 dona. 1000 so‘mdan— 4000 so‘m.
M isolimizdagi ma’lumotlarni analitik schotlarda quyidagicha aks ettiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |