moddiy qiymatliklar“ schotlarning debet tomonida ko‘rsatiladi.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati bevosita
mablag‘lar harakati bilan bog‘liqdir. Mablag‘lar harakatini to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar
asosida tartibga solish mulk egasining tegishli mablag‘larga bo‘lgan talabini o‘rganish va
ularning to‘liqligini ta’minlash imkonini beradi. Korxona va tashkilotlarda amalga oshirilgan
xo‘jalik operatsiyalari manbalarning joylashishiga va ularning tashkil topish manbalarining
o‘zgarishiga olib keladi. Har bir amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyasi bir vaqtning o‘zida 2
ta schotda: birinchisini debetida, ikkinchisini kreditida ko‘rsatadi. Har bir schot bir turli
xo‘jalik manbalarining harakatini o‘zida ifoda etadi. Misol uchun „Kassa“ schotini olaylik,
unda kassadagi pul manbalarining harakati aks ettiriladi, ya’ni kirim-chiqim, hisob-kitob
qilinadi. Kassadagi pul mablag‘larining holati bo‘yicha moddiy javobgar shaxs — kassir o‘z
hisobotini buxgalteriyaga topshiradi. Hisobotda kassada amalga oshirilgan pul manbalarining
harakati ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan holda ko‘rsatiladi.
Demak, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari buxgalteriya hisobotini yuritish uchun
asos qilib olinadi va bu hisobotlarda ko‘rsatilgan manbalarning o‘zgarishi belgilangan
buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini topadi va ikki yoqlama yozuvlar bilan
rasmiylashtiriladi.
Buxgalteriya schotlarida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari ikki yoqlama yozish
balansini tuzish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Lekin buxgalteriya schotlarida
manbalarning harakati ularning turlari, tegishli o‘lchov birliklarida ko‘rsatilsa, buxgalteriya
balansida ularni umumlashtirilgan holda ko‘rsatish mumkin.
Misol uchun „Materiallar hisobi“ schotini olaylik, bu schotda materiallar xarajati
hisobga olinadi. Materiallar harakatining hisob-kitobi, birinchi bor, moddiy javobgar
shaxslarning hisobotlarida ko‘rsatiladi. Har bir javobgar shaxs o‘z zimmasidagi materiallar
harakati bo‘yicha buxgalteriyaga hisobot beradi, ya’ni buxgalteriya schotlarida materiallar
harakati turlari bo‘yicha, moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha alohida-alohida hisobga olinadi,
lekin balansda umumlashtirilgan holda ko‘rsatiladi.
5 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Buxgalteriya schotlarida xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozishning yana bir
xususiyati shundaki, u korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri tashkil
qilish, hisoblashlarni tartibga solishni ta’minlash imkonini beradi.
Buxgalteriya schotlarida ikki yoqlama yozish usulini yanada tushunarli qilish maqsadida
quyidagi misollarni keltiramiz va ularni ikki yoqlama yozish usulida ifodalaymiz.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |