Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha



Download 1,57 Mb.
bet57/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

Yusuf Xos Hojib
Agar odam o‘z kasbini sevib, orttirilgan ko‘nikmalarni oylar, yillar davomida takrorlayversa, u o‘z kasbining mohir ustasi, ta’bir joiz bo‘lsa, piri bo‘lib yetishadi. Shunday qilib, egallangan kasb inson ruhiyatiga ham singib, uning turmush tarzi va hayotining ma’nosiga, ma’naviyatiga aylanadi. Darhaqiqat, ma’naviyat tushunchasining etimologiyasi ham ma’nolar majmui demakdir. Ma’naviyatli va malakali odamlar esa ustozlik darajasiga erishishi mumkin.
Oliy ta’limning yo‘nalish va mutaxasisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari (DTS) da tayyorlanadigan kadrlar bilimi, ko‘nikmalari va malakasiga aniq talablar qo‘yilgan.
«Ta’lim-tarbiya jarayoniga falsafaning «QARAMA-QARSHILIKLAR BIRLIGI VA KURASHI QONUNI» nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu yerda «ta’lim beruvchi-o‘qituvchi» bir tomon, «ta’lim oluvchi-talaba» ikkinchi, qarama-qarshi tomon.
Demak, ta’limda bu ikkala tomon o‘rtasida ham birlashish, ham kurashish jarayoni kechadi»39. Shuning uchun ham o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabatlar haqiqiy ustoz-shogirdlik, samimiyat va do‘stlik, huquq-majburiyat tamoyillariga asoslanishi lozim. Bunda talaba­larning ustozlarga nisbatan huquqi ulardan yuqori malaka, chuqur ilmiy nazariya va puxta uslubga asoslangan hamda amaliy qo‘llanuvchan bilimlar olishdan iborat. Shular bilan birga yaxshi insoniy fazilatlar va axloq- odobni o‘rganishdan iborat.
Ustozlarning talabalarga nisbatan huquqi o‘quv jarayonida talabalar bilimini o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, adolatli va halol baholashdir. Demak, talabalarning o‘qituvchilarga nisbatan huquqlari o‘qituvchi uchun majburiyat bo‘lsa, o‘qituvchining talabalarga nisbatan huquqlari talabalar uchun majburiyat hisoblanadi. Ta’lim jarayonining mana shunday huquqiy makonda kechishi ta’lim sifatining muhim omilidir.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - talabalarda o‘zini ongli ravishda boshqarish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Bu talabaning barkamol inson va malakali mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyatga ega. Bunda ta’lim jarayoni ma’naviy dunyoqarash va axloq-odob, milliy va umumbashariy qadriyatlarga rioya qilish, mustahkam iroda, jismoniy tarbiya va estetik did kabi insoniy fazilatlar bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi lozim. Yuqori sifatli ta’lim olish bilan bir qatorda bunday ijobiy fazilatlar mujassamlashishida talabalarning universitet ijtimoiy hayotida ishtiroki, ustozlar va talabalar bilan muloqati muhim o‘rin tutadi. Bunda orttirilgan tajriba yosh kadrlarga keyinchalik amaliyotda ta’lim-tarbiya va tashkilotchilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun zamin bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish xususiyatlarini bilish talabaga mashg‘ulotlarni oqilona tashkil etish va samarali bilim olishiga sezilarli yordam beradi. Talaba o‘z faoliyatini o‘zi rejalashtiradi va uning natijalari semestr davomidagi joriy va oraliq, oxirida yakuniy nazoratlarni topshirishda ifodalanadi. Semestr davomida fanlarni muntazam o‘zlashtirib bormasdan, oxirida «fanni yopish»ga butun kuch va «imkoniyatlar»ni safarbar etish hech qanday ijobiy natija bermaydi. Mazmun-mohiyati va ahamiyatiga tushunmasdan, shoshilinch tarzda yodlab olingan bilimlar tez unutiladi, fanni o‘rganish hamda kasbni egallash uchun hech qanday naf keltirmaydi.
Shuning uchun ham har bir talaba butun semestr davomida har kuni, muntazam ravishda va har bir daqiqani tejagan holda ishlashga o‘rganishi juda muhimdir. Zero, talabalikning har lahzasi go‘zal, betakror va beqiyos, har daqiqasi g‘animatdir. Hayotda o‘z vaqtini puxta rejalashtirgan odamlar ko‘plab xayrli va ezgu amallarni qilishga ulguradilar.
Faqat o‘quv materiallarini o‘zlashtirish ustida rejali va muntazam ishlashgina oliygohda muvaffaqiyatli bilim olishning asosi hisoblanadi. Semestr oxirida fanlarni «yopish» arafasida o‘zini zo‘rlab o‘quv materiallarini shoshilinch yodlash ruhiy zo‘riqish va har xil asab kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, shoshilinch o‘qilgan materiallar yomon o‘zlashtiriladi va tez unutiladi.
Oliy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari boshqa ta’lim muassasalaridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladi. Asosiy o‘rin ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ishlashga ajratiladi. Ma’ruza darslarida ilm-fanning so‘ngi yutuqlari bayon qilinadi, innovatsiyalarning ichki mohiyati ochib beriladi, talabalar yangi bilimlarni umumlashtirish va tahlil qilish hamda mustaqil fikrlashga o‘rgatiladi. Ma’ruza - bu ham ma’ruzachi, ham tinglovchi bir vaqtning o‘zida ishtirok etadigan ijodiy jarayondir. Agar talaba buni tushunib yetsagina, ma’ruzada o‘tkazilgan vaqt samarali bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir talaba ma’ruza tinglashga ham ruhan, ham jismonan tayyor kelishi lozim.
Oliy ta’limda ustozlarning roli ham o‘rta maktab, litsey va kollejlardagidan farq qiladi. Masalan, maktabda o‘qituvchi o‘quvchilarni har kuni nazorat qiladi, ya’ni axloq-odobini, uy vazifalarini bajarganligini, bilimlarini har kun tekshirib, baholab boradi. Oliy ta’limda talabaning bilimini baholash tizimi boshqacha. Talabalar bilimini baholash oraliq nazorat (ON), joriy nazorat (JN) va yakuniy nazorat (YaN) shakllarida amalga oshiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, dars qoldirgan talabalar kunning ikkinchi yarmida tegishli mavzularni qayta o‘zlashtirishlari lozim. Shu boisdan, talaba egallaydigan bilim hajmi va sifati ustun darajada uning faolligi hamda tashabbusiga bog‘liq.
Semestr oxirida talabalar reja-grafikka muvofiq YaN ishlarini topshiradilar. Ularning semestr davomida to‘plagan JN va ON ballariga YaN bali qo‘shilib, fan bo‘yicha umumiy ball (baho) chiqariladi.
Oliy ta’limda muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar zamini yaratiladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida nafaqat o‘quv dasturini o‘zlashtirish, balki mustaqil ijodiy izlanish ko‘nikma­larini ham egallash zarur. Globallashuv va innovatsiya faoliyatining jadal rivojlanayotganligi oqibatida axborot oqimlari kun sayin ko‘payib bormoqda. Shuning uchun oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin ham o‘z bilimlaringizni to‘xtovsiz boyitib borishingiz lozim. Bu oliy ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq talaba mustaqil aqliy mehnat uslublarini o‘zlashtirishi va ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘zining ijodiy qobiliyatlarini muntazam rivojlantirib borishini taqozo etmoqda. Chunki faqat mustaqil ishlashgina odamning o‘z shaxsiy fikri va qarashlari shakllanishiga yordam beradi. Darhaqiqat, «birovdan eshitib olingan bilimlar bilan qanoatlanishni sira tasavvur etolmayman; o‘zgalarning bilimi garchand bizni u-bu narsaga o‘rgatsa ham, ammo faqat o‘z aqling bilan aqlli bo‘la olasan» deb ta’kidlagan frantsuz faylasufi, yozuvchi Mishel de Monten.
Talabada mustaqil va izchil ishlash kabi shaxsiy fazilatlar birdaniga paydo bo‘lmaydi. U muntazam ishlash jarayonida orttiriladi va asta-sekinlik bilan mustahkamlanib boradi. Tolibi ilm ma’ruza tinglashni, tushunishni va konspekt qilishni hamda tavsiya qilingan adabiyotlarni foydalanishdan bilishi lozim. Shuningdek, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida tayyorlanishi kerak. Shunda oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni muvaffaqiyatli topshira oladi.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish