Buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, buxgalter va auditor kasblari haqida tushuncha


Bilimlarni puxta egallash uchun odamda qat’iyatlilik, mehnatsevarlik, majmuli yondashuv, intizom va boshqa ko‘plab ijobiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi lozim



Download 1,57 Mb.
bet58/91
Sana26.02.2022
Hajmi1,57 Mb.
#465456
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
Ayamga imtihon

Bilimlarni puxta egallash uchun odamda qat’iyatlilik, mehnatsevarlik, majmuli yondashuv, intizom va boshqa ko‘plab ijobiy fazilatlar mujassamlashgan bo‘lishi lozim.
Ta’lim olish aqliy mehnatning o‘ziga xos turlaridan biri hisoblanadi va bosh miya faoliyati, xususan, xotiraning ishlashi, o‘rganilayotgan muammoga diqqat-e’tiborni jamlash va shu kabilar bilan bog‘liq.
Turli axborot oqimlari kun sayin o‘sib borayotgan hozirgi axborot asrida zamonaviy fan, qolaversa, hayotdan orqada qolmaslik va yaxshi mutaxassis bo‘lishi uchun har bir talaba o‘z faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi lozim. Bunda o‘quv faoliyati uslublarining o‘zi, ya’ni o‘qish, eslab qolish, ma’ruza ustida ishlash, amaliyot mashg‘ulotlarida berilgan vazifalarni bajarish va boshqa uslublar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu uslublar unumli, o‘quv materiallarini tez, chuqur va sifatli o‘zlashtiradigan bo‘lishi ham mumkin, juda katta kuch va vaqt sarflanib, samarasi past va unumsiz bo‘lishi ham mumkin.
Universitet ta’limi o‘quv jarayonida vujudga keladigan ko‘plab vazifalarni mustaqil hal etish uslublarini egallashni talab etadigan juda murakkab faoliyat turi hisoblanadi. Bu jarayonda qanday tushunish, muhim masalani qanday aniqlash, qanday eslab qolish, o‘zlashtirilgan materiallarni qanday qilib yaxshi topshirish kabi ko‘plab muammolar vujudga keladi. Birinchi bosqich talabalarining hammasi ham ushbu vazifalarni samarali hal etish uslublarini bilmaydi. Qiyinchiliklarni aniqlash va tahlil qilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, natijada, talaba oldiga qo‘ygan maqsad sari intilishga yordam beradi.
Talabada o‘quv faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalari har xil o‘quv fanlarini o‘zlashtirish jarayonida stixiyali va anglamagan holda shakllanishi ham mumkin. Lekin uni ongli ravishda tashkil etish va maqsadli rivojlantirishgina yuqori samara beradi. Buning uchun quyidagilarga rioya etish zarur:
- qanday maqsadga erishmoqchiligingizni aniq bilish;
- o‘zingizning dastlabki darajangizni to‘g‘ri baholash;
-maqsadga erishishingizga xalaqit beradigan, qiyinchiliklar tug‘diradigan tashqi va asosan ichki sabablarni aniqlash;
- qiyinchiliklarni bartaraf etish va maqsadga erishish imkoniyatlari hamda eng samarali yo‘llarini aniqlash.
Qaysi talaba o‘zining o‘quv faoliyatini aynan shunday, ya’ni aniq vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning samarali yo‘llarini belgilab, muntazam ishlasa, katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Shuningdek, ko‘plab foydali axborotlarga ega bo‘lish ham, shubhasiz, ko‘p bilim, ko‘nikma va nihoyat malaka shakllanishiga yordam beradi.
Ta’kidlash joizki, Siz o‘zingiz uchun mustaqil kashf etgan qoidalar, tamoyillar, uslublar va yondashuvlar boshqalardan afzal va mustahkam o‘zlashtiriladi. Ular Sizning intellektual kapitalingizga aylanadi va butun faoliyatingiz davomida qo‘l keladi.
Mustaqil ish yozish, kurs ishlari bajarish va shular kabi boshqa murakkab hamda mas’uliyatli ishlarni boshlashdan oldin ularni qanday qilib samarali bajarish to‘g‘risida puxta o‘ylash kerak. Avvalo, bunday faoliyatni amalga oshirish uchun bag‘ishlangan maxsus uslubiy ko‘rsatmalar bilan tani­shib chiqish lozim. Chunki bunday ishlarning samarasi nafaqat qancha kuch va vaqt sarflashga, balki, ularni qanday amalga oshirish uslubini bilishga ko‘proq bog‘liq. So‘ngra mavzuga oid ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va me’yoriy hujjatlarni hamda amaliyot materiallarini to‘plash zarur.
Talabaning muvaffaqiyatli bilim olishi, birinchi navbatda, eng muhim vazifalarni, ya’ni maqsadga erishish uchun eng maqbul axborotlar yoki ishlarni ajratib ola bilishiga bog‘liq.

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu faoliyatdir.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish