Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,1 Mb.
bet36/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)

Nutqning fonetik bo‘linishi


Nutq oqimi ohanglar zanjiridan iborat bo‘lib, fraza, takt, so‘z, bo‘g‘in, tovush kabi qismlarga bo‘linadi. Bular nutqning fonetik birliklari deyiladi.

Masalan: Eng buyuk jihod: insonning nafsi bilan: shayton bilan qilgan: jihodidir: Sen ham: doim: ularga qarshi kurash.

I z o h. Sintagmalardan so‘ng ikki nuqta qo‘yilgan.

Bu gap 7 ta sintagma (takt) dan iborat bo‘lib,16 ta so‘zga, so‘zlar esa 33 ta bo‘g‘in va 82 ta tovushga bo‘linadi.



ORFOEPIYA
Unlilar talaffuzi va imlosi

Ona tili (5-sinf)

Og‘zaki nutqda bir necha xil talaffuz qilinuvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi to‘g‘ri talaffuz me’yori sanaladi.

Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy tilga qabul qilingan bittasi imlo me’yori sanaladi.

To‘g‘ri talaffuz me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfoepiya (yunoncha: orfo – “to‘g‘ri”, epos – “so‘zlamoq”, “nutq”) deyiladi.

To‘g‘ri yozish me’yorlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga orfografiya (yunoncha: orfo – “to‘g‘ri”, grafo – “chizmoq”) deyiladi.

So‘zlarning birinchi bo‘g‘inida r,l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham yozuvda i harfi bilan yoziladi.

Ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablashgan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi u holiday talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladigan otlardan farqlanadi (Urush-urish, yumush-yumish, burush-burish).

A, a harfi savob, zamon singari so‘zlarda o kabi aytilsa ham a yoziladi.

O, o harfi tonna, noyabr kabi so‘zlarda o‘ kabi aytilsa ham o yoziladi.

Adabiy talaffuz va imlo me’yoriga asosan qator unlilar oa, ao, ia, ai, io, aa tarzida aytiladi va shunday yoziladi.

Qator kelgan unlili so‘zlar boshqa tillardan kirib kelganligi tufayli bunday so‘zlardagi qator unlilarni og‘zaki nutqda yo bir cho‘ziq unliga aylantirish (masalan, muallim ni malim) yoki qator kelgan unlilar o‘rtasiga ayrim undoshlarni qo‘shish yo‘li bilan tilimizga moslashtirishga harakat qilinadi. Masalan: soat so‘zi Farg‘onada sohat, Toshkentda sog‘at tarzida talaffuz qilinadi.

O‘ tovushi ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar kabi so‘zlarda torroq, bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol kabi so‘zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi.

Mo‘tadil, mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.


Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish