Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu bois(dan),shu tufayli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida bog‘lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi. Yozi bilan tinimsiz mehnat qildik, shu sababli mo‘l hosil oldik. (Olimjon Xoldor). Zinnatullinning ishi shoshqich emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi. (T.Malik)
Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha deb so‘zi yordamida bog‘lanadi. Ergash gaplarning kesimi buyruq va shart maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe’llari bilan ifodalanganda, asosan, maqsad ma’nosi, o‘tgan zamon fe’llari bilan ifodalanganda esa, ko‘proq sabab ma’nosi anglashiladi. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. (“Uch og‘a-ini botirlar”).
Do'stlaringiz bilan baham: |