Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar
Bilib oling. Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. (Maqol). Kimning ko‘ngli ochiq bo‘lsa, uning el o‘rtasidagi martabasi ulug‘ bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |