KIRISH. TIL – IJTIMOIY HODISA
Ona tili (5-sinf)
Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra ularning miqdori 7000 ga yaqin. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar.Tillarning barchasi insonlar o‘rtasidagi aloqa-aralashuvni ta’minlash vazifasini bajaradi.
Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.
Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o‘zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o‘lik tildir.
Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o‘zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |