O‘ (o‘) unlisi, asosan, so‘zning birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘t, ko‘1, ko‘za, o‘jar, to‘lqin kabi.
Ko‘pgina so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida o‘ kelsa, ikkinchi bo‘g‘inida i unlisi yoziladi: do‘ppi, ko‘prik, to‘qimoq, so‘zlik kabi.
Rus tili orqali o‘zlashgan tort, tok, kubok, bochka, nota kabi so‘zlardagi o unlisi o‘zbekchada o‘ ga moyil aytilsa ham, asliga ko‘ra o yoziladi. Lotin yozuviga asoslangan alifbomizga ko‘ra mo‘tabar, mo‘tadil, mo‘jiza kabi so‘zlarda o‘ unlisidan keyin tutuq belgisi qo‘yilmaydi, ammo o‘ cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
Qo‘sh unlilar
Arab-fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda unli tovushlar yonma-yon va qo‘shaloq holda kelishi mumkin. Masalan:
a) faoliyat, faol, jamoa, itoat, shoir, majmua, memuar, voqea, doimo, mushoira;
b) badiiy, inshoot, matbaa, mudofaa, mutolaa, manfaat, murojaat, taalluqli, taassurot,taassuf.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosi
Ona tili (5-sinf)
So‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yo‘qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holiday talaffuz etiladi, lekin b, d, z yoziladi.
So‘z oxirida g va k hamda g‘ va q tovushlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan jarangli-jarangsizlik belgisi bo‘yicha farqlanish yo‘qolib, har ikki undosh bir xil k va q holiday talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k, q va g‘ harflari orqali yoziladi.
Q undoshi bilan tugagan o‘zakka jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda, bu qo‘shimcha –qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi.
Xuddi shunday o‘zaklarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, o‘zak oxiridagi q undoshi g‘ ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog‘i, qishlog‘i.
G‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zak va qo‘shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar o‘zgarmaydi. Masalan: bug‘ga, bog‘ga.
B, b va M, m harflaridan oldin kelgan n harfi m holiday o‘qiladi, lekin n yoziladi.
J, j harfi jo‘ja, jajji kabi so‘zlarda til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi. Jurnal, jirafa kabi so‘zlarda esa til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
X, x harfi q, g‘ tovushlari bilan bir xil o‘rinda, tilning orqa qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushni ifodalaydi.
H, h harfi esa bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan undosh tovushni ifodalaydi.
F undoshi fil, futbol singari so‘zlarda p holida o‘qilsa ham, f bilan yoziladi.
Afzal, afg‘on kabi so‘zlarda f undoshi, p yoki v holida o‘qilsa ham, f bilan yoziladi.
Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Solishtiring: shudring, ko‘ngil, dengiz, singil; menga, osmonga, kongress, shtanga.
Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi ( ‘ ) qo‘yiladi. Masalan: Is’hoq, as’hob(do‘stlar).
Ch, ch harflar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
Tutuq belgisi a’lo, ra’no kabi so‘zlarda unlidan keyin kelib, uning cho‘ziqroq aytilishini ifodalaydi.
San’at, in’om singari so‘zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo‘yiladi va unlini undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi.
Mo‘jiza, mo‘tadil kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziq talaffuz qilinsa ham tutuq belgisi qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |