Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so‘zlarda to‘liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi



Download 2,11 Mb.
bet30/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so‘zlarda to‘liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi.


O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda “a” singari talaffuz etiladi, biroq hamisha “o” yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k.
Badiiy, ommaviy, Lutfiy singari so‘zlarda “i” cho‘ziq aytiladi, lekin doimo “iy” yoziladi.
Yutuq, butun, tovuq, sovuq, sovun kabi so‘zlarda “i”ga monand talaffuz etilsa-da, qoidaga binoan “u” yoziladi.
Milliard, material, million, radio, ukrain, said, doim, shoir, teatr, okean singari so‘zlar talaffuzida unlilar orasida “y” undoshi qo‘shib aytilsa-da, yozuvda tushib qoladi.
Taassurot, taalluqli, taajjub, matbaa, saodat, maorif, muomala, inshoot kabi so‘zlar orasidagi unlilar yozuvda saqlanadi.
AL va KHK darsligidan:
A(a) harfi lablanmagan, til oldi, keng unli tovushni ifodalaydi. Bu unli yumshoq o‘zakdagi til orqa k, g va boshqa til oldi undoshlari bilan yonma-yon kelganda old qator, ochiq tovush sifatida aytiladi: aka, man, olam, kalla, gala kabi.
Lekin chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng kelganda orqa qator unlidek aytiladi va asliga muvofiq yoziladi: qand, qarz, g‘aliz, xamir, xat kabi.
A(a) harfini to‘g‘ri yozishda quyidagilarga e’tibor bering:
- bahor, zamon, palov, tamom, savol kabi so‘zlarda a unlisi o ga moyil aytilsa ham, a yoziladi;
- a’lo, a’zo, ma’no, ta’na kabi so‘zlarda tutuq belgisi ta’sirida cho‘ziqroq aytilsa ham, bitta a yoziladi;
- mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub kabi so‘zlarda cho‘ziq talaffuz qilinadi va ikkita a yoziladi;
- disk, bank, tank, stolb kabi rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarning oxiri qo‘sh undosh bilan tugagani uchun o‘zbek tilida bu so‘zlarda a qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: diska,banka, tanka, stolba;
- xavf, gavda, navbat, vafo, varaq kabi so‘zlarda v undoshi bilan yonma-yon kelganda o ga moyil aytilsa ham, asliga ko‘ra a yoziladi;
- ayrim ruscha-o‘zlashma so‘zlardagi ya tovushlar birikmasi o‘rnida a aytiladi va yoziladi: sentabr, oktabr, flaga kabi.
O(o) harfi lablangan, til orqa keng unli tovushni ifodalaydi. Yondosh tovushlardan qat’i nazar so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kelib, cho‘ziq unli sifatida talaffuz qilinadi va asliga ko‘ra yoziladi: ona, bobo, nom, havo, oq, qoramol kabi. O‘zlashma so‘zlarda u yoki o‘ bilan o o‘rtasida aytilsa ham o tarzida yoziladi.
Masalan: opera, bolt, nota, boks, tort, rol, tok (elektr) kabi.
Bunday so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarida o unlisi i kabi talaffuz qilinsa ham o yoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi.
Qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida o tovushi imlosiga oid quyidagi o‘zgarishlarga diqqat qiling:
parvo, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying, parvoyi, avzoyimiz, avzoyingiz, avzoyi kabi.
Fe’l asosli so‘zlardan ot yoki sifat yasovchi -v, -q, -qi qo‘shimchalari a unlisi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda a tovushi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: sina + v > sinov, sayla + v > saylov, tara + q > taroq, sayra + qi > sayroqi kabi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish