Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


Al va KHK darsligi mashqlaridagi ma’lumotlar



Download 2,11 Mb.
bet235/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Al va KHK darsligi mashqlaridagi ma’lumotlar:
A. Cho‘lpon: Turonlik-unvonimiz, turkistonlik-shonimiz,
Vatan-bizim jonimiz, fido o‘lsun qonimiz.
A. Bedil: Fikrsiz aqlning zangi bo‘ladi,
Ilm-la egovla, yangi bo‘ladi,
Oynadan ibrat ol, bir kun artmasang,
Ustida bir enlik changi bo‘ladi.
M. Yusufning “Ilm istang” she’ri “Alp o‘g‘lonlar o‘lkasi bu Ko‘hna Turon” deb boshlanadi.
A. Firdavsiy: Tilingni so‘zlashga soz, muhayyo qil,
Tilingni o‘q qil-u, aqlni yoy qil.
Iqbol Mirzo: Ma’naviyat olamida dur terdik, Mayoq bo‘lib yo‘lsizlarga yo‘l berdik.
Kaykovus: Eng yaxshi nizom to‘g‘rilikdir.
A. Bedil: Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar.
Beruniy: Yolg‘on doim rostdan yengiladi. U xuddi suv yuzasidagi ko‘pikday yo‘q bo‘lib ketadi.
Rudakiy: Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas.
Azim Suyun: Kamolotga intilmagan xalq xalq emas. Xalqni aldab bo‘lmaydi. Xalq hamma narsani biladi. Millatni sevmoqlik – baxt, Kurashib yashamoq – saodat.
A. Navoiy: So‘zni ko‘nguldan chiqarmaguncha tilga keltirma va har nekim ko‘ngulda bor – tilga urma.
Forobiy: Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim.
Beruniy: Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Zamaxshariy: Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o‘qimoq bilandir.
Xurshid Davron - “O‘z tilini unutgan xalqning” deb boshlanuvchi she’r muallifi.
A. Ibrohimovning “Biz kim, o‘zbeklar...” asaridan:
Biz kim, o‘zbeklar ko‘pni ko‘rgan, o‘z boshidan ne-ne kunlarni, ne-ne tarixiy sinovlarni o‘tkazgan, shonli o‘tmishiga, qadim-qadimdan o‘z davlatiga ega bo‘lib kelayotgan xalqmiz.
O‘zbeklar uchun milliy qiyofamiz, qadriyatlarimizni, tilimiz, adabiyotimiz, dinimiz va shu kabilarni himoya qiladigan yakka-yu yagona maskan – bu O‘zbekiston Respublikasidir.
O‘zbek xalqining ichi to‘q, baquvvat, tagli-tugli, palagi toza. O‘zbeklarning tafakkur ummoni buyukdir. So‘zimizda, so‘zlarimizda shu ummonning tomchilari ifodalanadi, ummonimiz bemisl bo‘lgani uchun ham so‘zlarimiz ko‘p. Millionlab xalqni birlashtirgan omillardan biri millatimizning ma’naviy belbog‘i – ona tilimizdir.
Biz kim, o‘zbeklar asta yig‘lab, barala kuladigan xalqmiz.
Xalqimizning habibligi shundaki, u irq-u millat ajratmay, banibasharni birday sevadi”.
“Jahon qomusiy lug‘ati”dan: O‘zbek – jahon xalqlari orasidan birinchilardan bo‘lib, turkiy xalqlar o‘rtasida esa eng oldin o‘troqlashgan, madaniy turmush kechiruvchi, jahon sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan millatdir.
A. Fitrat: O‘zbek o‘g‘lonlari botir bo‘lur.
Chingiz Aytmatov: Qadimgi Gretsiya Yevropada sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida qanday o‘rin tutgan bo‘lsa, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o‘lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida xuddi shunday o‘rin egallaydi.
I. A. Karimov: O‘zbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do‘ppisida suv tashib bo‘lsa-da, daraxt ko‘kartiradi. O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir.
E. A’zamovning “Bayramdan boshqa kunlar” qissasidan: “Uning fe’liga tushunish, ko‘nglidagini payqash – bamisoli yangi tug‘ilgan chaqaloqning hayotini bashorat qilmoq bilan barobar. Ta’b-tabiati ko‘klam na’malarining o‘zginasi: bir qarasangiz, quyoshdek charaqlagan, xiyol o‘tmayoq jala, shafqatsiz bo‘ron....” Asar qahramoni Safura nutqida parazit so‘zlarni ko‘p qo‘llaydi, ona tilini buzib gapiradi.
A. Oripovning “Ona tilim” she’ri “Ming yildirki, bulbul kalomi” deb boshlanadi.
A. Navoiy: Olibmen taxti farmonimg‘a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson...
A. Sobirov she’ri “O‘zbek degan so‘z ostida ona xalqim
Buyukligi mujassam.
Yetti tog‘-u qirlar osha olislarga tarqalgan,
Soddaligi jam...” misralari bilan boshlanib, xuddi shunday misralar bilan tugaydi.
Herman Vamberining “Turkiy xalq” asaridan: “O‘zbek degan so‘z qaysi ma’noni bildiradi deganda, eng avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, bu so‘z “o‘z” va “bek” so‘zlaridan iborat bo‘lib, shulardan birinchisi “asl”, “ajoyib”, “tagi mustahkam”, “sardor” ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi asl bekdir.
O‘zbek degan nom ancha oldindan ma’lum bo‘lib, “musulmoncha tarbiyalangan” degandek tushunilgan, ya’ni ular...musulmon Osiyo madaniyatiga yo‘l ochishgan; o‘troq va asl dehqon; harbiy millat; savdoda og‘ir, vazmin, sanoatda mo‘tadil...
O‘zi 30-40 yoshlarga borib qolgan o‘g‘il ham otasini bir qarashidanoq sergak tortadi va hech qachon otasi bor paytda birinchi o‘tirmaydi...”
Turdi Farog‘iy “Tor ko‘ngullik beklar...” g‘azalida o‘zbek xalqining 92 urug‘ vakillarini tenglikka chaqirgan. Respublikamizda “qipchoq” atamasi bilan bog‘liq joy nomlari keng tarqalgan.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish