Bozori attoron – parfumeriya(atir-upa) va kiyinish, yasanish uchun sotiladigan narsalar bozori; bozori sarrofon – yirik pulni yoki chet el pulini maydalab beruvchilar bozori; bozori bazzozon – gazlama sotuvchilar bozori; bozori tuxumduzon – tuxum yoki urug‘lar sotiladigan bozor.
M. Yusuf: Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni...
M. Yusuf: Bu tuproqning farzandlari bek bo‘ladi...
Chustiy: Unda beravzan ekan har bir bino...
Dor so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1. Arqon va yog‘ochlardan iborat dorbozlik qurilmasi.
2. Kishini osib o‘ldirish uchun o‘rnatiladigan maxsus qurilma.
3. Kiyim quritish uchun tortiladigan arqon.
4. Kiyim – boshni ilish uchun shipga parallel ravishda tortiladigan ip yoki arqon.
Eski o‘zbek tilidagi dor ma’nosi uy, hovli (masalan, “Boburnoma”da...safe dorlar tikibdurlar) va shaxs otini yasovchi qo‘shimcha –dor, chunonchi, amaldor, jahondor, xazinador so‘zlaridagi holatlar bunga aloqador emas. Toponim – yer atamasi. Grekcha toponim (topos – joy,yer; onoma – so‘z) so‘zi joy nomlari bilan almashinib ishlatiladi.
Toponimlar turli so‘z turkumlaridan, har xil mazmundagi so‘zlar va ularning qo‘shilmasidan hosil bo‘lishi mumkin. Toponimlar ichida xo‘jalik terminlari ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Qozon turkcha so‘z bo‘lib, rus, ukrain, belorus va bolgarlar toponimikasida keng uchraydi. Bu toponim garchi bir ma’noda uchramasa-da, lekin geografik nom sifatida mavjuddir.
Qozon – Tataristonning poytaxti, Turkmanistonda Qozonjik shahri, Ozarbayjonda Qozonbuloq va Qozonko‘l gidronimlari, Kavkazda va Qrimda Qazantip qo‘ltig‘i va burni, Olatovda Qozon daryosi mavjud.
Bolgariyadagi Bolqon tog‘larida Qozonliq shahri va vodiysi bor. Jahonga mashhur Qozonlik gullar plantatsiyasi ham Dunaydagi Qozon oralig‘ida joylashgan.
Yana shunga o‘xshash bir qancha geografik nomlarni Turkiya va Eronda uchratish mumkin.
Bobur: Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim...
A. Fitrat: Vatan mening jon-u tanim sajdaxonamdir...
Rudakiy: O‘z nafsini mag‘lub etgan marddir...
A. Qahhor A.P.Chexovning 22 tomlik to‘plamini o‘qib chiqqan, uni o‘ziga ustoz deb bilgan.
T. Sodiqova: Zilday zamin darz ketibdi, Qilday maysa dastidan...
Huvaydo: Bir g‘aribning ko‘nglini shod aylasang, Yo‘l bosib Ka’ba sari bormoq abas.
Barot Yarash – “Sen millatning mulkisan” she’ri muallifi.
“Hayrat ul-abror”dan: 1. So‘z guharig‘a erur anga sharaf, Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf. 2.Til bu chamanning varaqi lolasi, So‘z dururidin bo‘lubon jolasi. 3. So‘zdin o‘likning tanida ruhi pok, Ruh dog‘i tan aro so‘zdin halok. 4. Turguzib o‘lgani kalomi fasih, O‘zig‘a “jonbaxsh” laqab deb Masih. 5. Tengriki, insonni qilib ganji roz, Soz bila hayvondin anga imtiyoz. 6. G‘uncha og‘izliq, sanami no‘shlab, So‘zdin agar aylasa, xomush lab. 7. Donayi dur so‘zini afsona bil, So‘zni jahon bag‘rida durdona bil.
Hamza – “Mevalar mojarosi” she’ri muallifi.
E. Vohidov – “Nutq haqida” she’ri muallifi.
Said Anvarning “Tabib”asari: Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushganida, o‘rtancha o‘g‘li Akramjon o‘zini ataylab o‘rikdan tashlamoqchi bo‘ladi. Ota kasalini ham unutib dast turib ketadi. Chaman xola o‘g‘liga yaxshiyam sen borsan deydi.
Rudakiy: Odamlar aqlining chirog‘i bilim, Balodan saqlanish yarog‘i bilim.
Qizlarning bu “ittik”(o‘tkir zo‘r) payloqchisini ko‘plashib uyg‘otdilar, aravadan ko‘plashib tushirdilar.(A. Cho‘lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |