Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet22/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Eslatma: Hozirgi miloddan boshlab VI asrgacha so‘g‘d yozuvi, V—X asrlarda O‘rxun—Enasoy (boshqa nomlari: run, runik, dulbarchin) yozuvi, VI—VII asrlardan XIV—XV asrlargacha uyg‘ur yozuvi, VIII asrdan (720-yildan) XX asrning boshlarigacha (1929-yilgacha) arab yozuvi amalda bo‘ldi. Arab yozuvi 800 yil davomida uyg‘ur yozuvi bilan yonma-yon ishlatildi. Arab yozuvida eng nodir yozma yodgorliklarimiz, ming yillik tariximiz bitilgan bo‘lsa-da, bu yozuv o‘zbek tili fonetikasi va tabiatiga mos kelmaganligi uchun jadidlar XX asr boshlaridayoq eski o‘zbek yozuvini isloh qilishga kirishdilar. 1921-yildan boshlab lotin yozuvi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tish harakati boshlandi. 1930-yildan to 1940-yilga qadar xalqimiz lotin yozuvidan foydalandi. 1940-yil may oyida kirill (rus) grafikasi asosidagi o‘zbek yozuviga o‘tildi.
Jahonda 220 dan ortiq yozuv bor. Dunyo xalqlarinig 30 % dan ortig‘i lotin alifbosidan foydalanishadi.
So‘z tarkibidagi fonetik o‘zgarishlar
Ona tili (5-sinf)
Rost (ros) , g‘isht (g‘ish) kabi so‘zlarining oxiridagi tovush talaffuzda tushib qoladi, ammo ular yozuvda saqlanadi. Oid, shoir so‘zlarida esa ikki unli orasida talaffuzda y undoshi orttiriladi, lekin yozuvda asl holati saqlanadi.
O‘rni, singlisi, pasay kabi so‘zlardagi o‘zgarish adabiy me’yor sanaladi.
AL va KHK darsligidan:
So‘z tarkibida yuz beradigan asosiy fonetik o‘zgarishlarga singarmonizm, assimilatsiya, dissimilatsiya, metateza, tovush tushishi, tovush qo‘shilishi, tovush o‘zgarishi kabilar kiradi.
Nutq jarayonida tovushlarni ketma-ket keltirish yo‘li bilan turli xil ma’noli birliklarni hosil qilamiz. Masalan, t-o-sh, b-o-sh, q-o-l.
Yuqoridagi so‘zlar tarkibidagi tovushlar alohida-alohida emas, balki uzluksiz talaffuz qilinadi, so‘zlar uzluksiz talaffuz qilinganda, uning tarkibidagi bir tovush hali to‘liq talaffuz qilinmay turib, nutq a’zolari ikkinchisiga tayyorlanib turadi. Natijada tovushlar zanjiri vujudga keladi.
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Masalan, oq so‘zi asosiga ­–gach qo‘shimchasini qo‘shsak, asos oxiridagi chuqur til orqa q dan so‘ng til orqa g undoshi kelib, chuqur til orqa tovushidan til orqa tovushiga birdaniga o‘tishi qiyinlashadi. Talaffuz noqulayligi vujudga keladi. Ana shu noqulaylikni bartaraf qilish, qulaylikka erishish uchun ikkinchi tovush ham chuqur til orqa tovushiga aylantiriladi.
Solishtiring: oqqach, soqqani, ekkani kabi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli nutq jarayonida ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish