Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet166/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

AL va KHK darsligidan:
GAP VA UNING GRAMMATIK BELGILARI
Juda muhim. Siz o‘z fikr-mulohazalaringizni boshqalarga yetkazish uchun so‘zlarni bir-biriga bog‘lab gap tuzasiz. So‘zlarni tilning ma’lum qoidalari asosida bir-biriga bog‘lab so‘z birikmasi va gap hosil qilish sintaktik hodisadir, ana shunday hodisalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi esa sintaksis deb yuritiladi.
Eslab qoling. Sintaksis yunoncha sintaxis so‘zidan olingan bo‘lib, yopishtirish, bog‘lash demakdir. Demak, so‘zlarning va gaplarning (qo‘shma gap doirasida) o‘zaro bog‘lanish qonun – qoidalarini, ularning xillarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi sintaksis sanaladi. Bu bo‘lim gapda so‘zlarning bog‘lanishini – so‘z birikmalarini, gap va uning tuzilishi hamda mazmuniy turlarini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, sintaksis so‘z birikmasi va gap haqidagi ta’limotdir.
Biz o‘z fikrimizni o‘zgalarga yetkazish uchun gaplardan foydalanamiz.
1. Vatanimizni, milliy qadriyatlarimizni chin dildan sevamiz. 2. Mehnat qilgan rohat ko‘radi. 3. Men akademik litsey talabasiman.
Yuqoridagi uchta gap uch xil fikrni, uch xil ma’noni ifodalaydi. Shu bilan birga ulardan ifodalanayotgan voqeaning zamoni, kim tomonidan bajarilayotganligi, bo‘lishsizligi aniq va noaniqligi kabi qator ma’nolar ham anglashiladi. Bu ma’nolar gap kesimining kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Birinchi gapda sevamiz kesimi tarkibidagi -miz, ikkinchi gapda rohat ko‘radi kesimi tarkibidagi -a, -di, uchinchi gapda talabasiman kesimidagi -man shakllari shaxs, zamon, bo‘lishli, aniqlik ma’nolarini ifodalaydi.
Bu ma’nolar kesimlik ma’nolari sanaladi. Shuningdek, yuqoridagi ma’nolar kesimning nol shakli orqali ham ifodalanishi mumkin.
Masalan: Bu - litsey deganda uchinchi shaxs, hozirgi zamon bo‘lishli, aniqlik ma’nolari maxsus shakllar bilan ifodalangan emas. Ohang ana shularning hammasini ifoda etadi. Maxsus shakllar qatnashmagan holda kesim nol shaklga ega bo‘ladi. Kesimlik ma’nolari maxsus shakllar yordamida hamda 0 (nol) shakl yordamida ifodalanadi.
Demak, har qanday gapning asosida kesim yotadi.
Juda muhim. Gapning gap bo‘lmagan boshqa sintaktik birliklardan farqi ham kesimlik belgisidir.
Masalan: Men keldim - gap. Bu gapda keldim so‘zi grammatik shakllanib kesim vazifasida kelyapti. Mening kelishim - gap emas. Kelishim kesimlik shakliga ega emas va kesim vazifasida kelmayapti. Kesimlik belgisiga ega bo‘lgan har qanday so‘z gap bo‘lib kela oladi. Masalan: Bahor... Go‘zalsan!
Eslab qoling. Kesimlik belgisiga ega bo‘lib, tugallangan ohang bilan talaffuz qilinuvchi va ma’lum bir fikr ifodalovchi sintaktik birlik gap deyiladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish