Bugungi kunda dunyo miqiyosida oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, ichki suv havzalari biologik potensialidan, jumladan, baliq resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etmoqda



Download 7,56 Mb.
bet16/22
Sana21.07.2022
Hajmi7,56 Mb.
#834797
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Fozilov

9-rasm. Dog‘li eshvoyi (Triplophysa strauchi
21 sm.gacha. Og‘irligi 120 gr. Tarqalishi Tabiiy areali – Balxash, Zaysan, Sassiqko‘l va Olako‘l havzalari, Tarim va Ili daryolari hisoblanadi. O‘zbekistonda esa Damachi baliqchilik xo‘jaligiga (Toshkent viloyati) Qozog‘iston suv havzalaridan tasodifan keltirilgan. Suv havzalarida baliqlantirish ishlari olib borilayotgan paytda, baliq chavoqlari bilan birga Tuyabo‘g‘iz (Ohangaron daryosi havzasi) va Oqdaryo (Zarafshon daryosi havzasi) suv omborlariga borib qolgan. Ikkinchi yili jinsiy voyaga etadi. Uvildirig‘i 5000-50000 tagacha, 3-4 ga bo‘lib, aprel-iyun oylarida tashlaydi. Suv osti hayvonlari va boshqa baliq uvildiriqlari bilan oziqlanadi. Markaziy Osiyo endemigi. Balxash va boshqa ko‘larda oz miqdorda ovlanadi. Sla kabi yirtqich baliqlarga oziq bo‘lishi bilan foyda keltiradi. Ovlash ahamiyatiga ega emas.
Xolbruk gambuziyasi (Gambusia holbrooki) Mosquitofish, eastern mosquitofish, Gambuziya Xolbruka 1859-yil Girard tomonidan aniqlangan. Og‘zi yuqoriga qaragan. Jag‘larida tishlari bor. Yelkasuzgich qanotida 6-9 ta, anal suzgich qanotida 8-11 shu’la bor. Urg‘ochilari erkaklariga nisbatan katta va rangi ochroq. Erkaklarida anal suzgich qanoti trubkasimon ko‘rinishda. Rangi kumushsimon-kulrang yoki sarg‘ish-qaromtir dog‘lari bo‘ladi. Tana uzunligi 8 sm gacha. Tarqalishi Tabiiy areali – AQSH. Evropada (1921), SSSR (1925, Gruziya)
10-rasm. Xolbruk gambuziyasi (Gambusia holbrooki)
va O‘zbekistonda (1930 yillarda) iqlimlashtirilgan. Hozirda barcha tekislik suv havzalarida uchraydi, suv havzalarining sayoz, qirg‘oqoldi qismlarini egallaydi. Qalin suv o‘tlari bosgan, turg‘un, suvi iliq joylarni xush ko‘radi. 1-2 oyda jinsiy voyaga etadi. Ichki urug‘lanish tirik tug‘uvchi baliq, yoz davomida 4-5 marotaba urchiydi (birinchi urchishi – mayning oxirlarida , iyunning boshlarida ). Bir urchishda 10-100 tagacha chavoq tug‘adi, chavoqlari 50 kunda voyaga etadi. Shu sababli ko‘l, ariq va soylarda, suv omborlari va sholipoyalarda juda tez ko‘payib ketadi. Hasharotlarning lichinkasi kabi mayda umurtqasiz hayvonlar, suvo‘tlar va mayda o‘simliklar bilan oziqlanadi, ba’zan baliqlar uvildirig‘ini, chavoqlarini ham yeydi. Bezgak pashshasining lichinkasini ko‘plab qirishi tufayli shu kasalni yo‘qotishda katta foyda keltiradi. Shuninig uchun ham ko‘plab mamlakatlarda bezgak pashshasi bilan kurashish maqsadida ko‘paytiriladi. O‘rta Osiyoda ham shu maqsadda XX asrning 30-yillaridan ko‘paytirila boshlangan. Ovlash ahamiyatiga
ega emas.
Mikroperkops (Micropercops cinctus) Freshwater sleeper, Mikroperkops 1872- yil Dabry de Thiersant tomonidan aniqlangan. Og‘zi to‘g‘riga qaragan, pastki jag‘i oldinga chiqib turadi. Jag‘ tishlari bir necha kator bo‘lib, tuksimon. Tangachasi yon tomonida ktenoidli, yelkasida, oyquloq qopqog‘ida va qopqoqoldi qismida sikloidli. Yon chizig‘i yo‘q. Birinchi yelka suzgich qanotidagi shu’lalar VIII-IX, ikkinchisida I-II 8-13 ta, anal suzgich qanotida I-II 7-11 ta shu’la mavjud. Ko‘ndalang qatordagi tangacha soni 31-36 ta. Tana uzunligi 6 sm.gacha. Tarqalishi Tabiiy areali: Xitoy, Koreya, Rossiya (Uzoq Sharq).O‘zbekistonga Xitoydan tasodifan keltirilgan. Sirdaryo va uning irmoqlarida. Baliqchilik xavzalari, Aydar-Arnasoy ko‘llar sistemasida keng tarqalgan. Suv havzalarining suv o‘simliklari ko‘p o‘sgan joylarini va iliq sayozliklarni xush ko‘radi. 2 yoshida jinsiy voyaga etadi. Urchishi porsiyali bo‘lib, apreldan setyabrgacha davom yetadi. Uvildirig‘ini (30-150 ta cho‘ziq uvildiriq) qattiq substratga tashlaydi. Erkaklari tashlangan uvildiriqni qo‘riqlaydi va g‘amxo‘rlik qiladi. Suv umurtqasizlari bilan oziqlanadi. Ovlash ahamiyatga ega emas.


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish