Hozirgi zamonda tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan internet biznesining asosiy turlaridan biri – kriptovalyutalar bilan amalga oshiriladigan turli xildagi moliyaviy operatsiyalar bo’lib, ularda faol va ishning ko’zini bilgan xolda ishtirok etish uchun ularning ma’no-mohiyatini bilish juda muhimdir. Shuni ta`kidlash kerakki, kriptovalyutalar bilan ishlashning boshqalaridan asosiy farqi – ularning tuzilmasi tarqoq (markazlashmagan) xoldaligidir. Kriptovalyutalar tizimida biror bir yagona markaz yoki bank mavjud emas va barcha tarmoq R2R kurinishidiga pirring arxitekturasi asosida ishlaydi. Ya`ni, bunday tarmoq bir huquqqa ega bo’lgan mijoz dasturlaridan iborat. Kriptovalyutaning har bir mijoz dasturi, o’z navbatida, o’z-o’zini ta`minlovchi tuzilmadan iborat bo’lib, ular global kriptovalyuta tarmog’iga ulanadilar va sutkasiga 24 soat mobaynida batamom avtomatik ravishda ishlaydilar. Kriptovalyutalarning emissiyasi esa mayning (ma’dan qidirib topish) tamoili asosida amalga oshiriladi. «Mayning» – bu kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatlarini kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini xosil qilish uchun ishlatilish jarayonidir.
Bunda har bir blok qandaydir to’g’rilik kriteriyalariga hamda murakkablik darajasiga ega bo’lishi lozim. Buning uchun xeshlashtirish algoritmlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, maynerlar bir vaqtning o’zida yangi kritptopullarni topadilar va kriptovalyutaning barcha mumkin bo’lgan turlardagi tranzaktsiyalarini amalga oshiradilar. Agarda maynerlar o’z ishlarini to’xtatsalar, kriptovalyuta ham yuqolib ketadi. Eng katta miqdorda aylanadigan kriptovalyutalarning (Bitcoin, Litecoin) mayningi uchun xozirgi davrdagi oddiy shaxsiy kompyuterlarning resurslari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ham maynerlar ёки «fermalar» deb ataluvchi juda katta hisoblash quvvatiga ega bo’lgan tezkor va quvvatli kompyuter stantsiyalaridan foydalanadilar. Kriptovalyutalar ularni qalbakilashtirishdan xeshlashtirish algoritmlari asosida himoyalanganlar va ularni rasshifrovka qilish (himoyasini buzish) xozirgi kunda amaliy jihatdan mumkin emas. Ushbu masalaga biroz oydinlik kiritish uchun orqaga qaytamiz va buning uchun avvalo pul o’zi nima – degan savolga javob beramiz: Pul – biror bir mamlakatning yoki kelishuv asosida bir nechta davlatning tovar va hizmatlar oldi-sottisi uchun umumiy ekvivalent sifatida qabul qilinadigan valuytasi bo’lib, u qog’oz, metal yoki electron ko’rinishda bugungi kun iqtisodiyotida amal qiladi. Valyutaning eng muhim jihatlaridan biri – unda emissiya qiluvchi (pul chiqaruvchi) biror bir muassasa (O’zbekistonda Markaziy bahk) belgilanadi va tegishli qonunlarga muvofiq to’lovlardabelgilangan hududlarda o’z qiymatida qabul qilinishi qat’iy belgilanadi . Bugungi kundagi pullar fiat pullar (nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar) hisoblanib, ularni muomalaga chiqarish uchunsarflanadigan harajatlar odatda pul ustida ko’rsatilgan qiymatdan ancha arzon bo’ladi. Masalan, AQSH da 100 dollarlik bitta kupyurani chiqarish uchun atigi 14 tsentlik harajat ketadi.
Agar yarim asr oldin pullarning qiymati oltin ekvivalenti bilan ta’minlangan bo’lsa, xozirgi kunga kelib, ular mamlakatda yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy yig’indisi bilan ta’minlanishi belgilangan. Biroq, naqdsiz pullar bilan amalga oshiriladigan har bir tranzaktsiya (pul o’tkazishlar amaliyoti) bevosita biror bir moliya muassasasi orqali amalga oshirilishi yo’lga qo’yilgan. Bunda o’ziga hos nazorat yo’lga qo’yilgan bo’lib, havfsizlik va ko’rsatilgan hizmatlar uchun moliyaviy vositachilar (banklar, birjalar va boshqalar) komission haq olishi belgilangan. To’g’ri, naqd pul bilan hech qanday haq to’lamasdan ham to’g’ridan-to’g’ri to’lovlarni amalga oshirish mumkin, ammo bu amal yirik bitimlarda va uzoqdagi xamkorlar bilan amalga oshiriladigan to’lovlar u chun juda noqulay hisoblanadi. Buning ustiga, naqd pularning qalbaki bo’lib chiqishi ehtimoli ham bor albatta. Yigirma birinchi asr axborot texnologiyalari asri bo’lgani uchun komp’yuter va internet texnologiyalari shiddat bilan rivojlanishi oqibatida to’lovlarni mukammallashtirish va yanada osonlashtirish ustida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Toshkentda ham 2018 yil 28 aprel kuni 25 mamlakat va 100 ga yaqin tashkilot vakillari ishtirokida blokcheyn va kriptovalyutalar bo’yicha Burunjahon sammiti o’tkazildi.
Sammitning saytida (http://tashkent.wbcsummit.org/) "MDH ning uchunchi o’rindagi eng yirik iqtisodiyoti – O’zbekistonga hush kelibsiz! Mamlakat iqtisodiy siyosatidagi o’zgarishlar va tayyorlanayotgan qonunchilik islohotlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Markaziy Osiyoning yangi kriptopoytaxti sifatida tanlandi", deyilgan edi.
Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu risola yuqorida qisqacha ravishda tavsif etilgan xuddi shu va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga va imkoniyat darajasida o’rganishga bag’ishlangan.