1-jadval. Budjet taqchilligini qoplashning ichki manbalari
27
.
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirishning tashqi manbalarini
tasniflash O‘zbekiston Respublikasi hukumatining xalqaro moliya institutlari,
hukumatlar va xorijiy mamlakatlar moliya bozorlaridan jalb qilinayotgan qarz
mablag‘larini guruhlashdan iborat (2-jadval).
Bo‘lim
Paragraf
Nomi
51
x
Moliyalashtirishning tashqi manbalari
1
Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan
mablag‘lar
2
Xalqaro moliya institutlarning, tashkilotlarning kreditlari
3
Xorijiy davlatlar kreditlari
4
Boshqa tashqi manbalardan mablag‘ jalb etish
2-jadval. Budjet taqchilligini qoplashning tashqi manbalari
28
.
50-bo‘lim «Ichki manbalar» quyidagi paragraflardan tashkil topgan:
501 «Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar»;
503 «Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar»;
504 «O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘larining moliya
yili boshidagi qoldiqlari»;
505 «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining qoldig‘i»;
27
Budjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida yo’riqnomasi O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 11 oktyabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2146.
28
Budjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqida yo’riqnomasi O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 11 oktyabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2146.
122
506 «O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi mablag‘larining qoldig‘i»;
507 «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
yo‘l jamg‘armasi mablag‘larining qoldig‘i»;
508 Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi
mablag‘lari;
509 «Boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar».
51-bo‘lim «Tashqi manbalar» quyidagi paragraflardan tashkil topgan:
511 «Davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar»;
512 «Xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari»;
513 «Xorijiy davlatlar kreditlari»;
514 «Boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag‘lar».
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat budjetining
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet tasnifi yotadi. Budjet
tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish
maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish uchun foydalanish va u
budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi
budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini
moliyalashtirish manbalarini guruhlash hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma
budjetlarnii bir yagona davlat budjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy
tashkiliy funksiyasini amalga oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta
iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari bir xil alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb
yuritiladi. Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo‘linmalari
hisoblanadi. Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli
darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida
shakllantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish
kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |